|
O’quv Amaliyot Hisoboti Guruh
|
bet | 2/10 | Sana | 30.10.2022 | Hajmi | 4.53 Mb. | | #28580 |
Bog'liq Kundalik1.1 Asosiy ma’lumotlar
Men amaliyot o’tash uchun tanlagan “Askar Akfa MCHJ” Qoraqalpog’iston Respublikasi Beruniy tumanida tashkil topgan. Ushbu kompaniya plastik va temir hom-ashyolaridan foydalangan holda eshiklar, deraza romlari, panjaralar va turli boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarib xalqimizga xizmat qilib kelmoqda. Bundan tashqari kompaniya qurilish obyektlari ustida ham ishlar olib boradi, qurilish tenderlarida qatnashadi va davlat buyurtmasi asosida inshoatlarni qurib bitqazishni o’z zimmasiga oladi. “Askar Akfa MCHJ” kompaniyasi hisobchilari faqatgina o’z buxgalteriyasi bilan shug’ullanibgina qolmay, buyurtma asosida boshqa kompaniyalarning ham hisob-kitobini bajarib kelishmoqda. Men 1C dasuriga qiziqqanim sababli ushbu kompaniyaning buxgalteriya bo’limida amaliyot o’tashga qaror qildim.
1.2 Texnika xavfsizligi
Har bir tashkilot yoki korxonada texnika xavfsizligi muhim ahamiyatga ega. Bu har bir shaxs uchun hayotiy faoliyat xavfsizligini ta’minlaydi. Shuning uchun ham tashkilotlarda texnika xavfsizligi bo’yicha turli talablar qo’yilgan. Bu talablarga quyidagilarni misol qilish mumkin:
Yong’in xavfsizligi oynasi;
Xona haroratini normallashtiruvchi vosita bo’lishi;
Tikka quyosh nuri tushmasligini ta’minlash;
Xonada kompyuterlar zararini kamaytirish uchun kaktus yoki maxsus gullar bo’lishi;
Kabellar ochiq holda bo’lmasligi kerak;
Kompyuterlarni ulash uchun maxsus shit bo’lishi kerak;
Kompyuter xonalarida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilgan bo’lishi kerak;
Bundan tashqari yana ko’plab talablar bo’lib bu talablarning har biri hayotiy faoliyat uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
1.3 Korxona va undagi kompyuter jihozlari bilan tanishish
Har bir amaliyotchi avval o’zi amaliyot o’tayotgan tashkilot yoki korxona bilan tanishib chiqishi lozim. Xonalarning 3 tasi ishchilar xonasi, 1 ta kadrlar bo’limi xonasi va 1 ta majlislar zali mavjud.
Hisobxonada 1C dasturi o’rnatilgan bo’lib, bu dastur orqali quydagi ishlar qilinadi:
1C dasturida menyular paneli quydagilardan tashkil topgan:
АКТ свирка - har bir mijozning kirim-chiqimini ko’rsatadi
Контрагенты – Mijozlar ro’yxati
Справичник – Mijozlar haqida tolliq malumotlar jamlanmasi
Товары – kunlik kirim chiqim yoqilg’isi haqida
Зарплаты- har bir ishchining oylik maoshi haqida
Балансь – korxonaning hisoobraqami
Анализ – baza bo’yicha mijozlarning to’lliq oldi berdisi haqida malumot.
II - BOB: 1C: Korxona - O'rnatilgan dasturlash tili
|
| |