• UQTIRISH XATI
  • O‘quv dasturi (5-9- sinf) Toshkent – 2017




    Download 371.5 Kb.
    bet1/33
    Sana22.10.2022
    Hajmi371.5 Kb.
    #27788
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
    Bog'liq
    Loyih a o‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi
    Article 41 0, жилд инглиз тили, Dasturiy ta’minot va uning rivojlanib borish tendentsiy, Ms word dasturida ishlash-fayllar.org (1), ehm larning rivojlanish bosqichi, Excel dasturida matematik formulalar bilan ishlash, Хат банкаси, Қурбонов Баходир Дурдиевич, Каримов Шерзод маълумотнома, kollej, 10-sinf-informatika, Mavzu Klient-server arxitekturalari, O‘qituvchi nutqi mutolaa san’ati fanidan-fayllar.org, Хиз хати № 2023-24


    L O Y I H A


    O‘zbekiston respublikasi XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI


    RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI

    INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
    FANI o‘quv DASTURI
    (5-9- SINF)

    Toshkent – 2017

    Ushbu dastur O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 187-sonli Qarori bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’limining davlat ta’lim standarti hamda umumiy o‘rta ta’limining informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha malaka talablari asosida tuzilgan dastur bo‘lib, Xalq ta’limi vazirining 2017 yil __________________ dagi _____ -sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan va umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-9 sinflari uchun amaliyotga joriy etiladi.



    UQTIRISH XATI




    Informatika va axborot texnologiyalari (Informatika va AT) – o‘sib kelayotgan avlodga axborotlar bilan ishlash texnologiyalari va ulardan foydalanish jarayonlarini puxta o‘zlashtirishni ta’minlashdan iborat. O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashi, mantiqiy tafakkur qila olish qobiliyati, aqliy rivojlanishi, o‘z-o‘zini anglash salohiyatini shakllanishi va o‘sishi ko‘p jihatdan axborot texnologiyalariga bog‘liqdir.
    Inson o‘z hayotida shaxsiy, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o‘z o‘rnini egallashi, duch keladigan muammolarning yechimini hal etishi, eng muhimi o‘z sohasi, kasbi bo‘yicha raqobatbardosh bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan tayanch kompetensiyalarga ega bo‘lishi lozim.
    Bundan tashqari, ta’limda har bir o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida o‘quvchilarda, shu fanning o‘ziga xosligi, mazmunidan kelib chiqqan holda, sohaga tegishli fanga oid kompetensiyalar ham shakllantiriladi.
    Fanning maqsadi o‘quvchilarda milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish kompetensiyalarini shakllantirish orqali ularni mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan shaxs etib tarbiyalashdan iborat.
    Informatika va axborot texnologiyalari o‘quv fani o‘rta umumta’lim maktablarining 5-sinfidan boshlanadi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida umumta’lim o‘quv fani sifatida uzviy davom etadi.
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablari Informatika va axborot texnologiyalari ta’limida o‘rganilgan o‘quv materiallarining akademik litsey va kasb-hunar kollejlari Informatika va axborot texnologiyalari ta’limida aynan takrorlanmasligi, o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlari, umumiy o‘rta ta’lim tayyorgarligiga mos kelishi hamda informatikaga oid tushunchalarni asta-sekin oddiydan murakkabga shakllantirilishi e’tiborga olingan.
    Ilg‘or milliy va xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda fanni o‘qitishda rivojlangan davlatlarda keng qo‘llanilayotgan STEM (science, technology, engeenering and mathematics - fan, texnologiya, muxandislik va matematika) o‘qitish konsepsiyasiga hamda dasturlashning tayanch tushunchalarini (mantiqiy amallar, algoritmlar, blok-sxemalar va x.k.) shakllantirish metodologiyasiga tayanish maqsadga muvofiq.

    Download 371.5 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




    Download 371.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘quv dasturi (5-9- sinf) Toshkent – 2017

    Download 371.5 Kb.