• Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida informatika va axborot texnologiyalari ta’limining asosiy vazifalari
  • (A1+); A2(A2+)
  • Informatika va axborot texnologiyalari o‘quv fanini o‘qitishning asosiy maqsadi




    Download 371.5 Kb.
    bet2/33
    Sana22.10.2022
    Hajmi371.5 Kb.
    #27788
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
    Bog'liq
    Loyih a o‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi
    Article 41 0, жилд инглиз тили, Dasturiy ta’minot va uning rivojlanib borish tendentsiy, Ms word dasturida ishlash-fayllar.org (1), ehm larning rivojlanish bosqichi, Excel dasturida matematik formulalar bilan ishlash, Хат банкаси, Қурбонов Баходир Дурдиевич
    Informatika va axborot texnologiyalari o‘quv fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:
    o‘sib kelayotgan avlodni zamonaviy axborot texnologiya vositalari bilan ishlash malakalari, mustaqil, mantiqiy va algoritmik fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdan va olgan bilimlarini hayotda tatbiq etishga o‘rgatishdan iborat.
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida informatika va axborot texnologiyalari ta’limining asosiy vazifalari:
    inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotida informatika va axborot texnologiyalarining ahamiyatini anglash;
    o‘quvchilarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ularni amaliyotda qo‘llash haqida bilimlar berish;
    kompyuterda masalalar yechish texnologiyalari va asosiy bosqichlarini ketma-ketlikda to‘g‘ri bajarishga o‘rgatish;
    algoritmik tuzilmalarni, algoritmlash va dasturlash asoslari haqida bilim berish;
    kompyuterning dasturiy ta’minoti va ularning imkoniyatlarini ajrata bilish hamda amaliyotda qulay olishga o‘rgatish;
    o‘quvchilarni aqliy rivojlantirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini, mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirish;
    fanlar integratsiyasini inobatga olgan holda o‘quvchilarda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, kreativlikni shakllantirish;
    axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini o‘rgatib borish;
    ta’lim-­tarbiya olishning keyingi bosqichlarida davom ettirishlari, ongli ravishda kasb tanlashga zarur bo‘lgan tayanch kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.
    8-9 sinflardagi amaliy mashg‘ulotlarda “Iqtisod va soliq saboqlari”, “Tejamkorlik saboqlari” o‘quv kurslariga bog‘liq bo‘lgan masalalar yechilishi lozim.
    O‘qituvchi amaliy mashq darsida nazorat ishi natijalariga ko‘ra o‘quvchilarda aniqlangan bo‘shliqlarni bartaraf etish maqsadida xatolarni tushuntiradi, o‘quvchilar esa nazorat ishida berilgan topshiriqlarga o‘xshash topshiriqlarni yechadi va hulosalar chiqaradi. Bunda o‘qituvchiga tabaqalashtirilgan ta’lim prinsipiga tayanishi tavsiya etiladi.
    Informatika va axborot texnologiyalari fanining mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda tayanch va fanga oid umumiy kompetensiyalarning elementlari (A1(A1+); A2(A2+)) bosqichma - bosqich shakllantiriladi.
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-7 sinflarning har birida Informatika va AT -17 soatdan, jami - 51 soat, 8-sinfda Informatika va AT - 34 soat, 9-sinfda - 68 soat o‘qitiladi. Darslar ikki guruhga bo‘lib o‘tiladi.


    Download 371.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




    Download 371.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Informatika va axborot texnologiyalari o‘quv fanini o‘qitishning asosiy maqsadi

    Download 371.5 Kb.