|
Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi
|
bet | 21/33 | Sana | 22.10.2022 | Hajmi | 371.5 Kb. | | #27788 |
Bog'liq Loyih a o‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi Article 41 0, жилд инглиз тили, Dasturiy ta’minot va uning rivojlanib borish tendentsiy, Ms word dasturida ishlash-fayllar.org (1), ehm larning rivojlanish bosqichi, Excel dasturida matematik formulalar bilan ishlash, Хат банкаси, Қурбонов Баходир ДурдиевичAxborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi:
A2
operatsion tizimning elementlaridan foydalana oladi.
axborot manbalaridan axborotlarni izlab topadi va yig‘a oladi.
sodda grafik muharrir va uning imkoniyatlarini biladi;
izlab topilgan grafik axborotlarni saqlaydi va foydalana oladi;
matn muharriri va protsessori farqini, ularning imkoniyatlarini biladi;
izlab topilgan matnli axborotlarni saqlaydi va foydalana oladi;
matn protsessorining belgi, so‘z, satr, xatboshi, matn, blok, sahifa tartib raqami kabi tushunchalarini biladi va amalda qo‘llay oladi;
axborotlar ustida bajariladigan amallarga oid vazifalarni bajara oladi;
axborotga oid o‘lchov birliklarini biladi;
turli sanoq tizimlarida sodda amaliy masalalar yecha oladi;
axborot texnologiyalarining ichki va tashqi omillari, multimedia texnologiyalari haqida bilimga ega bo‘ladi;
elektron manbalaridan turli ko‘rinishdagi axborotlarni izlab topadi va kompyuterda yig‘a oladi;
Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar va ularning imkoniyatlarini biladi; elektron pochta va axborotlarni himoya qilish imkoniyatlaridan foydalana oladi; kompyuter texnikasi va vositalarining rivojlanish tarixi, taraqqiyot davrlari va avlodlarini biladi;
taqdimot tayyorlash va loyihalashni biladi;
kompyuterlarning arifmetik va mantiqiy asoslarini biladi va ularga oid sodda amaliy masalalarni yecha oladi.
A2+
Axborotlarni kodlash va dekodlashga oid amallarni bajara oladi;
axborot o‘lchov birliklariga oid masalalarni hal eta oladi;
kompyuterlarning arifmetik va mantiqiy asoslariga oid amaliy masalalarni hal eta oladi;
turli sanoq tizimlarida amaliy masalalar yecha oladi.
Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi:
A2
matn protsessorida shrift, xatboshi va sahifa formatlaridan foydalana oladi;
matn ko‘rinishidagi axborotlarni matn muharriri va protsessoriga kiritishni, tahrir qilishni va saqlashni bajara oladi;
matn protsessorida hujjatga rasmlar, chizmalar, jadvallar, formulalar joylashtira oladi va formatlay oladi;
matn protsessori yordamida ijodiy ishlar va sodda hujjatlarni tayyorlay oladi;
operatsion tizim yoki maxsus dasturlar yordamida fayllarni arxivlay oladi; taqdimot slaydlarini hosil qiladi;
ularga multimedia elementlarini tatbiq eta oladi;
axborot hajmi, uzatish tezligi bilan bog‘liq masalalarni, axborotlarni qayta ishlashni mustaqil bajara oladi;
elektron pochta, Internet va boshqa resurslardan olingan axborotlarni tahrir qila oladi.
Web-sahifa ko‘rinishida sodda axborot resurslarini tayyorlay oladi.
A2+
mantiqiy mulohazalarni hal eta oladi;
tarkibiy Web-sahifa ko‘rinishida axborot resurslarini tayyorlay oladi;
texnologiya imkoniyatlaridan foydalanib taqdimat yarata oladi.
|
| |