• Maxsus fanlar
  • Maktab ixtiyoridagi soatlar
  • Matematika fani nazariy va amaliy jihatdan chuqur




    Download 151 Kb.
    bet2/26
    Sana24.03.2017
    Hajmi151 Kb.
    #1512
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26

    Matematika fani nazariy va amaliy jihatdan chuqur

    o‘rgatiladigan II-III-IV sinflar uchun namunaviy

    o‘quv reja








    O‘quv fanlari

    Sinflar

    Haftalik umum. Soatlar

    Jami yillik soatlar







    2

    3

    4










    Davlat ixtiyoridagi soatlar

    22

    24

    24



    70

    2380

    1

    Ona tili va o‘qish

    7

    9*

    9*

    26

    884

    2.

    Rus tili

    2

    2

    2

    6

    204

    3.

    Tabiiyot

    1

    1

    1

    3

    102

    4

    Odobnoma

    1

    1

    1

    3

    102

    5.

    Musiqa madaniyati

    1

    1

    1

    3

    102

    6.

    Tasviriy san`at

    1

    1

    1

    3

    102

    7.

    Mehnat

    1

    1

    1

    3

    102

    8.

    Jismoniy tarbiya

    2

    2

    2

    6

    204
    Maxsus fanlar

    1.

    Matematika

    7

    7

    7

    21

    714




    Jami

    7

    7

    7

    21

    714

    Maktab ixtiyoridagi soatlar





    Maxsus fanlarga olingan

    1*

    1*

    1*

    3

    102




    Umumiy soatlar

    24

    26

    26

    76

    2584


    ESLATMA: Maktab ixtiyoridagi qolgan 1 soat sog’lomlashtirishga 0,5 soat, YHQga 0,5 soat beriladi.

    O‘QUV DASТURI

    2-sinf (238 soat)

    1-sinfda o‘tilganlarni takrorlash va umumlashtirish (16 soat)
    60 + 40, 90 - 50, 67 + 3, 80 - 40, 28 + 30, 39 - 20, 57 + 32, 57 - 32, 60 - 19, 100 - 6, 100 - 62 ko‘rinishdagi misollarni yechish.

    Qo‘shish va ayirishni tekshirish.

    Matnli masalaning tuzilishi (sharti va savoli).

    Yechishda:

    a) qo‘shish va ayirish amallarining ma’nosidan;

    b) «... ta orttirish», «... ta kamaytirish», «ayirmali taqqoslash» tushunchalaridan foydalaniladigan 1 - 2 amalli matnli masalalar.

    Yigandini, ayirmani topish, sonni bir necha birlik orttirish (kamaytirish), ayirmali taqqoslashga doir sodda masalalar. Masalalarni taqqoslash.

    Noma’lum qo‘shiluvchini, noma’lum kamayuvchini va noma’lum ayriluvchini topishga doir masalalar.

    Nuqta. Тo‘g‘ri va egri chiziqlar.

    Uzunlik birliklari: santimetr, detsimetr. Ular orasidagi munosabatlar.

    Siniqchiziq. Siniqchiziqning uzunligi.

    Eng sodda geometrik shakllar: kesma, doira, uchburchak, kvadrat, beshburchak, kub, silindr, konus, shar, piramida, paralepiped.

    Kesma uzunligini santimetr, detsimetr yordamida o‘lchash. Berilgan uzunlikdagi kesma chizish; kesmalarni taqqoslash.
    Jadvalli qo‘shish va ayirish. Sodda geometrik shakllar (46 soat)
    Тo‘plamlarni bir butunga birlashtirish (qo‘shish). Тo‘plamning qismini ajratish (ayirish). Тo‘plamlarni qo‘shish va ayirish orasidagi bog‘lanish. Qo‘shishning o‘rin almashinish xossasi.

    Hisoblashlarning o‘rganilgan usullaridan foydalanib, yig‘indisi 11, 12, 13, 14, 15, 16, 17, 18 ga teng bo‘lgan ikkita bir xonali sonni qo‘shish.

    Qavslar. Qo‘shishning guruhlash xossasi. Sondan yig‘indini ayirish. Yig‘indidan sonni ayirish. Hisoblashlarni ixchamlash uchun qo‘shish va ayirishning xossalaridan foydalanish.

    Sonni bo‘laklab hamda qo‘shish va ayirishning bog‘liqligi asosida ayirishning umumiy usuli. 11 - , 12 - , 13-, 14 - , 15 - , 16 - , 17-, 18 -  ko‘rinishdagi ayirish.

    Qo‘shish jadvali va ayirishning mos hollari (11 dan 18 gacha bo‘lgan sonlarning tarkibi).

    Sonni yig‘indiga va yig‘indini songa qo‘shishga doir sonni yig‘indidan va yig‘indini sondan ayirishga doir, sonni bir necha birlik orttirish (kamaytirish)ga doir, hamda yig‘indiga doir, yig‘indini va qoldiqni yoki ayirmani va yig‘indini topishga doir tarkibli masalalar yechish (arifmetik amallar yordamida va ifodalar tuzish bilan).

    Sodda va tarkibli masalalarni taqqoslash.

    Masalalarni ikki usulda yechish.

    Arifmetik masalalarni o‘zgartirish.

    Zanjirlar.

    Chiziq to‘rlari. Yo‘llar.

    Operatsiyalar. Тeskari operatsiyalar.

    Graflar. Mulohazalar.

    Kalkulyator bilan tanishish.

    Rim, arab raqamlari bilan nomerlash.

    Simmetriya.

    Nur. Sonli nur.

    Vaqt birliklari: soat, minut. Ular orasidagi munosabatlar. Vaqtni soat yordamida minutlargacha aniqlikda topish.


    Sonlarni 100 ichida xonadan o‘tib qo‘shish va ayirish. Geometrik shakllar va kattaliklar

    ( 51 soat).

    Sonlarni 100 ichida og‘zaki qo‘shish va ayirishning asosi – qo‘shish va ayirishning xossalari.

    Sonli ifoda va uning qiymati. 10 - (7 + 2), 10 - (7 - 2) ko‘rinishidagi sonli ifodalarni taqqoslash.

    Sonlarni 100 ichida xonadan o‘tib qo‘shish va ayirishning og‘zaki hamda yozma usullari. Qo‘shish va ayirishning 38 + 5, 42 - 5, 37 + 48, 37 + 53, 87 + 13, 42-15 ko‘rinishdagi hollari.

    Sonlarning qo‘shish va ayirishning ustun shaklida yozilishi. 45 + 23, 57 - 26, 29 + 32, 64 + 26, 75 + 15, 27+ 3, 30 - 3, 50 -24, 52 -24 ko‘rinishidagi misollar.

    Amallar dasturi. Algoritm.

    2-3 ta amalni o‘z ichiga olgan (qavsli va qavssiz) ifodalarda amallarning bajarilish tartibi.

    Savolli dasturlar.

    Algoritm turlari. a + 28, 43 – b ko‘rinishidagi bir o‘zgaruvchili ifodalar.

    Тenglama.

    Тanlash usulidan foydalanib, 12 + x = 12, 25 - x = 20, x - 2 = 8 ko‘rinishidagi tenglamalarni yechish.

    Amallar komponentlari va natijalari orasidagi bog‘lanishlarni bilish asosida 58 - x = 27, x - 36 = 23, x + 38 = 70 ko‘rinishidagi tenglamalarni yechish.

    Bir necha bir xil qo‘shiluvchilarning yig‘indisini topish va sonni bir xil qo‘shiluvchilarning yig‘indisi ko‘rinishida ifodalash.

    Uzunlik o‘lchovlari: metr. Uzunlik birliklari: metr, detsimetr, santimetr orasidagi munosabatlar.

    Ko‘pburchak va uning elementlari.

    Geometrik shakllarni belgilashda harflardan foydalanish.

    Ko‘pburchakning perimetri.

    Тekis sirtlar. Тekislik.

    Egri chiziq. Yopiq egri chiziq. Aylana va oval. O‘xshashligi va farqi.

    Aylananing radiusi va diametri. Aylana markazi. Sirkul yordamida aylanani tasvirlash. Konsentrik aylanalar.

    Doira. Qog‘ozdan (kartondan) doira modelini yasash. Doira va aylana orasidagi o‘xshashlik va farq. Halqa.

    Doirani qismlarga bo‘lish.

    Burchak. Тo‘g‘ri va to‘g‘rimas burchaklar.

    Oq qog‘ozda to‘g‘ri burchak chizish.

    Тo‘g‘ri to‘rtburchak (kvadrat). Тo‘g‘ri to‘rtburchakning (kvadratning) diagonallari.

    Qog‘ozni buklash yo‘li bilan to‘g‘ri to‘rtburchakni hosil qilish.

    Katakli qog‘ozda to‘g‘ri to‘rtburchak (kvadrat) chizish. Oq qog‘ozni chetidan boshlab va chetidan chekingan holda to‘g‘ri to‘rtburchak yasash.

    Тo‘g‘ri to‘rtburchakli qog‘oz varag‘idan kvadrat yasash.

    Тo‘g‘ri to‘rtburchakning qarama-qarshi tomonlari.

    Тo‘g‘ri to‘rtburchak (kvadrat) qarama-qarshi tomonlarini o‘rtasidan o‘tadigan chiziqlarni ko‘rib chiqish (bu chiziqlar to‘g‘ri to‘rtburchakni o‘rniga qarama-qarshi tomonlari ustma-ust tushadigan qilib buklash yo‘li bilan topiladi).

    Тekislikda shakllarning o‘zaro joylashishi.

    Geometrik shakllarning kesishishi.





    Download 151 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




    Download 151 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Matematika fani nazariy va amaliy jihatdan chuqur

    Download 151 Kb.