• Kalit so‘z”
  • =СЦЕПИТЬ(I3;I7;I12;I17;I22;I27)
  • O‘quv jarayoni bilan bog‘liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar o‘qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish




    Download 160 Kb.
    Sana29.04.2022
    Hajmi160 Kb.
    #20495
    Bog'liq
    qarshiga1
    maqola2014-1, bmi qoida, integrativnyy-podhod-k-podgotovke-kak-osnova-povysheniya-kachestva-professionalnogo-obrazovaniya, Amir Temur Tuzuklari, boshqaruvi, СПИСОК(mahalla) махалла 10.042020 (3), ao3, 42053178, Loyhalashtirish, autoref-integrativnyi-podkhod-v-podgotovke-budushchego-pedagoga-k-tvorcheskoi-deyatelnosti, O\'zbekiston tarixi. Milliy Istiqlol davri (Qamariddin Usmonov)

    4.O‘quv jarayoniga zamonaviy AKT va innovatsion pedagogik texnologiyalar tadbiqi
    ANIQ FANLAR UCHUN AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANIB DIDAKTIK MATERIALLAR TAYYORLASH
    Xolmurodova Zuhra Nishonovna, NavDPI o‘qituvchisi, Zuhra_8441@mail.ru,+99890-717-21-84
    Bizga ma’lumki, o‘quv jarayoni bilan bog‘liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar o‘qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan va multimedia qo‘llanmalardan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o‘ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo‘yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, ijodkorlikka undash, erkin muloqot yuritishga, ijodiy fikrlashga o‘rgatish, ilmiy izlanishga jalb qilish va boshqa tadbirlar ta’lim ustivorligini ta’minlaydi.
    Zamonaviy axborot texnologiyalarini ta’lim tizimiga tadbiq etish, iqtisodiy samara berishi bilan bir qatorda, o’quv jarayonida yangi o’qitish uslublarini qo’llashga keng imkoniyatlar ochadi. Ta’lim tizimida axborot texnologiyalarini qo’llash, asosan, shaxsiy kompyuterlar va axborot texnologiyalarining pedagogik-dasturiy vositalari yaratilishi bilan bog’liq.
    Axborot texnologiyalaridan o’quv jarayonini boshqarishda foydalanish ta’limning samaradorligini oshirishga olib keladi. Buning sababi, o’quv jarayonini to’liq nazorat qilish va uni yangilab borish imkoniyatlarining yaratilishidir.
    Bizga ma’lumki, matematika darslarida o’quvchilar o’qishning dastlabki kunlaridanoq mustaqil ravishda xulosa chiqarishga o’rganadilar. Ular avvalo kuzatishlar natijasida, so’ngra esa mantiqiy tafakkur qilish natijasida xulosa chiqaradilar. Ana shu chiqarilgan xulosalar matematik qonuniyatlar bilan tasdiqlanadi.
    Matematika fani o‘qituvchisining vazifasi o’quvchilarda mustaqil mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish bilan birga ularda matematikaning qonuniyatlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini tarbiyalashdan iboratdir.
    Biz quyida matematika darslarida qo‘llash mumkin bo‘lgan didaktik materailni axborot texnologiyalari yordamida yaratish usullaridan biri haqida fikr yuritamiz.
    MS Office dasturlari to’plami bilan har qanday fan o’qituvchisi bemalol ishlay oladi. Ana shunday dasturlardan biri bo’lgan MS Excel dasturida matematika fanini qiziqarli tashkil etish uchun samarali didaktik vositani tayyorlash jarayonini ko’rib o’tamiz.
    MS Excel dasturining ish varag’iga quyidagi ko’rinishda qiziqarli savollar ketma-ketligini tuzib olamiz:

    Bunda oquvchining javobi” ustunini bo’sh qoldiramiz. Bu ustunning mos katakchalariga o‘quvchi o‘zining javob variantini yozadi.
    Oquvchi javobi uchun izoh” ustunining mos katakchalariga “=ЕСЛИ(G3=4;1;0)”, “=ЕСЛИ(G7=2;1;0)”, “=ЕСЛИ(G12="aksioma";1;0)”, “=ЕСЛИ(G17=25,12;1;0)”, “=ЕСЛИ(G22=113,04;1;0)”,“=ЕСЛИ(G27="a^2+b^2=c^2";1;0)” formulalarini yozib qo‘yamiz.
    Kalit so‘z” ustuniga esa mos ravishda “=ЕСЛИ(H3=1;"O";" ??? ")”, “=ЕСЛИ(H7=1;"F";" ??? ")”, “=ЕСЛИ(H12=1;"A";" ??? ")”, “=ЕСЛИ(H17=1;"R";" ??? ")”, “=ЕСЛИ(H22=1;"I";" ??? ")”, “=ЕСЛИ(H27=1;"N";" ??? ")” formulalarini yozamiz.
    Kalit so‘z uchun maydoncha tashkil etib, unga mos ravishda =СЦЕПИТЬ(I3;I7;I12;I17;I22;I27) formulasini yozamiz. Natijada o‘quvchi yozayotgan javoblar asnosida kalit so‘z harflari paydo bo‘lib boradi.
    Ushbu material bilan ishlash jarayonida o‘quvchilarga “Oquvchi javobi uchun izoh” va “Kalit so‘z” ustunlarini yashiringan holatda tayyorlangan faylni beramiz.
    O‘quvchilar javob yoza boshlagach, Kalit so‘zning harflari (OFARIN) ketma-ket paydo bo‘la boshlaydi.



    Ta’lim tizimida axborot texnologiyalarining qo‘llanilishi o‘quv jarayonini pedagogik dasturiy vositalar yordamida amalga oshirishdek muhim imkoniyatni yaratdi. Biz ta’lim jarayonida axborot–kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlaridan foydalangan holda darslarga tayyorgarlik ko‘rsak, samarali natijalarga eg bo‘lamiz.
    Download 160 Kb.




    Download 160 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘quv jarayoni bilan bog‘liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar o‘qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish

    Download 160 Kb.