• Oʻquv jarayonida raqamli texnologiyalardan asosan quyidagicha foydalanilmoqda: - passiv qoʻllash
  • ZiyoNET taʼlim portali orqali elektron(virtual) kutubxona yaratish




    Download 3.08 Mb.
    bet5/21
    Sana20.04.2022
    Hajmi3.08 Mb.
    #19999
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
    Bog'liq
    3. Raqamli texnologiyadan foydalanish 27.03.2022
    24 Sayt dizaynini yaratish bosqichlari, 2928-Текст статьи-7932-1-10-20200909
    4. ZiyoNET taʼlim portali orqali elektron(virtual) kutubxona yaratish


    1. Maktabgacha taʼlimda raqamli texnologiyalardan foydalanish
    Raqamli axborot texnologiyalarining vositalari qatoriga: kompyuter, skaner, video koʻz, videokamera, LCD prorektor, interaktiv elektron doska, faks modem, telefon, elektron pochta, multimedia vositalari, Internet tarmoqlari, mobil aloqa tizimlari, maʼlumotlar omborini boshqarish tizimlari, sunʼiy intellekt tizimlarini kiritish mumkin.
    Raqamli axborot texnologiyasi vositalari muayyan amallarni ongli va rejali amalga oshirishda oʻzlashtiriladi. Bu jarayon quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
    - kompyuter, shuningdek, printer, modem, mikrofon va ovoz eshittirish qurilmasi, skaner, raqamli videokamera, multimedia proyektori, chizish plansheti, musiqali klaviatura kabilar hamda ularning dasturiy taʼminoti;
    - proyektori dasturiy taʼminot;
    - virtual matn konstruktorlari, multiplikatsiyalar, musiqalar, fizik modellar, geografik multiplikatsiyalar, ekran protsessorlari va h.k.;
    - axborotlar majmui — maʼlumotnomalar, ensiklopediyalar, virtual muzeylar va h.k.;
    - texnik koʻnikma trenajѐrlari (tugmachalar majmuidan tugmachalarga qaramasdan maʼlumot kiritish, dasturiy vositalarni dastlabki oʻzlashtirish va h.k.).
    Axborot texnologiyalari vositalarining markazida turuvchisi kompyuterdir. Hozirgi kunda kompyuterlar taʼlim tizimida asosan toʻrt yoʻnalishda:
    - oʻrganish obyekti sifatida;
    - oʻqitishning texnik vositalari sifatida;
    - taʼlimni boshqarishda;
    - ilmiy-pedagogik izlanishlarda foydalanilmoqda.
    Oʻquv jarayonida raqamli texnologiyalardan asosan quyidagicha foydalanilmoqda:
    - passiv qoʻllash – kompyuter oddiy hisoblagich kabi;
    - faol muloqot – kompyuter oʻquvchiga yoʻl – yoʻriq berish va imtihon olishda;
    - interfaol muloqot – kompyuter sunʼiy intellekt sifatida, yaʼni oʻquvchi bilan muloqot qilishda foydalaniladi.
    Taʼlimda zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etilishi:
    - fan sohalarini axborotlashtirishni;
    - oʻquv faoliyatini intellektuallashtirishni;
    - integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirishni;
    - taʼlim tizimi infratuzilmasi va uni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga olib keladi.
    Pedagogik taʼlim jarayonlarini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida samarali tashkil etish:
    - masofaviy oʻquv kurslarini va elektron adabiyotlarni yaratuvchi jamoaga pedagoglar, kompyuter dasturchilar, tegishli mutaxassislarning birlashuvini;
    - pedagoglar oʻrtasida vazifalarning taqsimlanishini;
    - taʼlim jarayonini tashkil qilishni takomillashtirish va pedagogik faoliyatning samaradorligini monitoring etishni taqozo etadi.

    Download 3.08 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




    Download 3.08 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ZiyoNET taʼlim portali orqali elektron(virtual) kutubxona yaratish

    Download 3.08 Mb.