• Taʼlim jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanish quyidagi natijalarga olib keladi
  • Raqamli axborot texnologiyalarining taʼlim jarayonlariga joriy etilishi




    Download 3.08 Mb.
    bet6/21
    Sana20.04.2022
    Hajmi3.08 Mb.
    #19999
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
    Bog'liq
    3. Raqamli texnologiyadan foydalanish 27.03.2022
    24 Sayt dizaynini yaratish bosqichlari, 2928-Текст статьи-7932-1-10-20200909
    Raqamli axborot texnologiyalarining taʼlim jarayonlariga joriy etilishi:
    - oʻrganilayotgan hodisa va jarayonlarni modellashtirish orqali fan sohasini chuqur oʻzlashtirilishiga;
    - oʻquv faoliyatining xilma-xil tashkil etilishi hisobiga tinglovchining mustaqil faoliyati sohasining kengayishiga;
    - interaktiv muloqot imkoniyatlarining joriy etilishi asosida oʻqitish jarayonini individuallashtirish
    - sunʼiy intellekt tizimi imkoniyatlaridan foydalanish orqali tinglovchining oʻquv materiallarini oʻzlashtirish strategiyasini egallashiga;
    - axborot jamiyati aʼzosi sifatida unda axborot madaniyatining shakllanishiga;
    - oʻrganilaѐtgan jarayon va hodisalarni kompyuter texnologiyalari vositasida taqdim etish, oʻquvchilarda fan asoslariga qiziqishni va faollikni oshirishga olib kelishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.
    Taʼlim jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanish quyidagi natijalarga olib keladi:

    • berilayotgan materialni chuqur va mukammal oʻzlashtirish imkoniyati va uni taʼlim oluvchi xotirasida uzoq muddat saqlanishi va zarur boʻlganda amaliyotga qoʻllash darajasi ortadi;

    • axborotni turli shaklda (matn, video, ovoz, grafika, animatsiya ,...) berilishi taʼlim oluvchilarni diqqatini tortadi va ularni fanga qiziqishini uygʻotadi;

    • kompyuter “nazoratchi” funksiyasini bajarib taʼlim oluvchining didaktik topshiriqlar, test savollari, muammoli vaziyatlarga bergan javoblarini, yaʼni oʻzlashtirganlik darajasini aniqlab natijalarini monitorda koʻrsatadi;

    • dars jarayonida taʼlim oluvchilar faoliyatini boshqaruvchi vosita boʻlib xizmat qiladi va bajarilishi lozim boʻlgan topshiriqlar soni keskin ortadi, buning natijasida egallanishi lozim boʻlgan bilimlar hajmining oshishiga olib keladi;

    • oʻquv mashgʻulotining tarkibiy tuzilishini modifikatsiyalash, yaʼni oʻqituvchi tomonidan bajarilayotgan koʻpgina tashkiliy ishlarni kompyuter texnikasi yordamida amalga oshirilib vaqt tanqisligi muammosi kamayadi;

    • Taʼlim oluvchi faol ishtirokchiga aylanib, mustaqil taʼlim olish imkoniyati sohalari kengayadi va oʻqituvchi bilan erkin hamda teng muloqotga kirisha oladigan hamkorga aylanadi.

    Umumiy maqsadli amaliy dasturiy taʼminot — soha mutaxassisi boʻlgan foydalanuvchi axborot texnologiyasini qoʻllaganda uning ishiga yordam beruvchi koʻplab dasturlarni oʻz ichiga oladi. Bular:
    • kompyuterlarda maʼlumotlar bazasini tashkil etish va saqlashni taʼminlovchi maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT);
    • matnli hujjatlarni avtomatik ravishda loyihalashtiruvchi, ularni tegishli holatda rasmiylashtiruvchi va chop etuvchi matn muharrirlari;
    • grafik muharrirlar;
    • hisoblashlar uchun qulay muhitni taʼminlovchi elektron jadvallar;
    • taqdimot qilish vositalari, yaʼni tasvirlar hosil qilish, ularni ekranda namoyish etish, slaydlar, animatsiya, filmlar tayyorlashga moʻljallangan maxsus dasturlar.



    Download 3.08 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




    Download 3.08 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Raqamli axborot texnologiyalarining taʼlim jarayonlariga joriy etilishi

    Download 3.08 Mb.