• Axborot birliklari, axborotning oʻlchov va hajm tushunchalari.
  • Pedagogik dasturiy vositalar va ularning imkoniyatlari




    Download 3.08 Mb.
    bet8/21
    Sana20.04.2022
    Hajmi3.08 Mb.
    #19999
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
    Bog'liq
    3. Raqamli texnologiyadan foydalanish 27.03.2022
    24 Sayt dizaynini yaratish bosqichlari, 2928-Текст статьи-7932-1-10-20200909
    3. Pedagogik dasturiy vositalar va ularning imkoniyatlari.
    Axborotning turlari: matn, tasvir, animatsiya, audio va video. Maʼlumki, axborotlarni insonlar bir-biriga uzatish jarayonida matn koʻrinishdagi, jadval koʻrinishdagi, tovush koʻrinishdagi va tasvir koʻrinishdagi maʼlumotlardan foydalanadi.
    Matn – bu maʼlumotlarni ifodalash shakli boʻlib, u mazmunan yagona, yaxlit va tanlangan tilning belgilari ketma-ketligidan iborat. Matn hujjat asosidir. Axborot tizimiga matn kiritish klaviatura, nurli pero, mikrofon, yoki skaner yordamida amalga oshiriladi. Matnlarga ishlov berish matn muharriri deb ataluvchi maxsus amaliy dasturlar majmuasi tomonidan amalga oshiriladi. Tarmoq orqali matnlar maʼlumotlar boʻlaklari koʻrinishida uzatiladi.
    Tasvir – bu biror voqea, hodisa yoki jarayonlarni oʻzida ifodalagan rasm boʻlaklari va ranglardan iborat maʼlumotdir. Foto, manzara, matematik funksiyalar grafigi, statistik maʼlumotlar diagrammasi va shunga oʻxshash maʼlumotlar tasvir hisoblanadi. Kompyuter yordamida tasvirlarga ishlov berishni toʻrt guruhga ajratish maqsadga muvofiq hisoblanadi:
    1. Kulrang va rangli tasvirlar;
    2. Ikki xil va bir necha “rangli” tasvirlar;
    3. Uzluksiz egri va toʻgʻri chiziqlar;
    4. Nuqtalar yoki koʻpburchaklar iborat tasvirlar.
    Bu turkumlash tasvirni koʻrib idrok qilish mexanizmi bilan emas, balki ularni taqdim etish va qayta ishlashga yondashish bilan bogʻliq.
    Animatsiya maʼlum tezlikda tasvirlarni almashtirish mahsulidir. Bunda maʼlum vaqt oraligʻida, maʼlum sondagi bir xil oʻlchamga ega boʻlgan tasvirlar tezkor almashtiriladi. Natijada multiplikatsiyaga oʻxshash harakatlanuvchi (animatsion) tasvir hosil boʻladi. Filmlar va video maʼlumotlarning asosini animatsiyalar tashkil etadi, chunki filmlar namoyishida bir soniyada 25-30 ta tasvir tezkor almashtiriladi. Shundan qilib, videofilm tarkibidagi tasvirlarni hisoblab chiqish mumkin, yaʼni bir soatlik film 3600 soniyani, undagi tasvirlar esa 90 mingtani tashkil etadi.
    Axborot birliklari, axborotning oʻlchov va hajm tushunchalari. Har qanday mahsulotning oʻlchov birligi mavjud, masalan litr, metr, kilometr, kilogramm, volt, amper, kubometr va boshqalar. Xuddi shunga oʻxshash axborotning ham oʻlchovi mavjud. Ikkilik sanoq tizimida axborotning eng kichik birligi bit hisoblanadi, bir bit bu bitta “1” yoki bitta “0”. Bunda signalning mavjudligi “1” bilan yoki yoʻqligi “0” bilan ifodalanadi. Bitlarning butun deb qaraladigan tutash ketma-ketligi bayt deb ataladi. Bayt 8 bitga teng deb qabul qilingan. Shuningdek katta hajmdagi maʼlumotlar sigʻimini oʻlchash uchun kilobayt (kb), megabayt (mb), gigabayt (gb), terabayt (tb) va h.k.oʻlchamlar mavjud:
    1 Kb =1024 bayt,
    1 Mb=1024 Kbayt,
    1 Gb =1024 Mbayt,
    1 Tb =1024 Gbayt.
    Zamonaviy tarmoqlarda maʼlumotlarni uzatish ketma-ket amalga oshiriladi, yaʼni bir bayt axborot bitlar boʻyicha uzatiladi. Tarmoq sohasida kilobayt va megabaytlar fanning boshqa sohalaridagidek oʻnli sanoq tizimiga mos keladi.
    Multimedia bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika va animatsiya effektlari asosida oʻquv materiallarini oʻquvchilarga etkazib berishni mujassamlangan holdagi koʻrinishidir.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




    Download 3.08 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogik dasturiy vositalar va ularning imkoniyatlari

    Download 3.08 Mb.