|
O’rta yoshdagi bolalar nutqiini o’stirishning metodik masalalari
|
bet | 11/189 | Sana | 06.06.2024 | Hajmi | 0,68 Mb. | | #260946 |
Bog'liq болалар нутқини ўстириш мажмуа4. O’rta yoshdagi bolalar nutqiini o’stirishning metodik masalalari.
Ilk turdagi nutqiy rivojlanishda 4-5 yoshdan maxsus tayyorgarliksiz hikoya qilib berish boshlanadi. Bolalar sehrli ertaklar va bo’lgan voqealarni bir-biriga so’zlab beradilar, o’yinchoqlardan foydalangan holda o’ziga xos hikoyalar to’qiydilar. Agarda bola yetti yoshida tanish an’anaviy ertakni (“Zumrad va Qimmat», “Egri va To’g’ri» kabi) mustaqil hikoya qilib beraolsa, o’yinchoqlar, sur’atlar asosida kichik og’zaki insho to’qiyolsa bular uning nutqi yetarli darajada rivojlanayotganini bildiradi. Bola nutqini ma’nodosh, shakldosh va ko’p ma’noli so’zlar,
Umumlashtiruvchi nomlar bilan boyitishga harakat qiling. Unga yangi so’zlarni o’zlashtirishiga yordam bering. Bolada to’g’ri gapirishga intilishni qo’llab-quvvatlang. Bolaning so’zlarni to’g’ri talaffuz qilishiga ahamiyat bering.
- tez aytish va qisqa she’rlarda tovushlarni to’g’ri ifodalashiga erishing. Uning ifoda, intonatsiya sur’ati va baland-pastligiga rioya qilishga o’rgating.
Yuqorida bayon qilinganlar asosida shunday xulosaga kelish mumkinki, maktabgacha katta yoshga yetib bola eng oddiy notiqlik sirlarini o’rgana boshlaydi, o’z fikrlarini mantiqan va ifodali bayon qiladi, u nafaqat so’zlarni to’g’ri talaffuz qilish va gap tuzishni, balki so’zlar qaysi tovushlardan va gaplar qaysi so’zlardan tashkil topishini anglab olishni o’rganadi. Bularning barchasi maktabda muvaffaqiyatli ta’limolish, bola shaxsini har tomonlama kamol toptirish uchun zarurdir.
Ota-onalarning vazifasi esa farzandi nutqining to’g’ri rivojlanishi uchun g’amxo’rlik qilishdan iborat.
Xulosa:
Tarbiyachi navbatdagi topshiriqni bajarishga bolalarni jalb etishdan avval har bir bola haqida qandaydir yaxshi so’z aytishga, ularni dadillashtirishga harakat qilishi kerak. Masalan: «Quyonlarni boqishni Alisherga ishonib topshiraman. Uning qo’llari judayam sahiy!» «Odina- g’amxo’r», «Madina juda xushchaqchaq», «Iroda – mehnatsevar» va shunga o’xshash bolalarga berilgan baholar ularda o’ziga ishonchni, xatti-harakatlarigabahoberaolishnivujudgakeltiradi. Bolalar o’zlarining yaxshi javoblari va a’lo xulqlari bilan javob berishga, o’z tengdoshlariga nisbatan samimiy bo’lishga harakat qiladilar
|
| |