Maktabgacha katta yoshdagi bоlalar bilan mulоqоt




Download 0,68 Mb.
bet12/189
Sana06.06.2024
Hajmi0,68 Mb.
#260946
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   189
Bog'liq
болалар нутқини ўстириш мажмуа

5. Maktabgacha katta yoshdagi bоlalar bilan mulоqоt. Bola tilining grammatik tizimini o’z vaqtida shakllantirish – uni to’la qonli nutqiy va umumiy psixologik rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi. Tilning grammatik tizimini bola predmetli harakatlarni o’zlashtirish bilan uzviy bog’liqlikda bilishni rivojlantirish asosida egallaydi. Maktabgacha yoshdagi bola nutqining grammatik tizimini shakllantirish morfologiya (so’zlarni rodlar, sonlar, kelishiklarga qarab o’zgartirish), so’z hosil qilish (maxsus vositalar yordamida bir so’z negizida boshqa so’zni hosil qilish), sintaksis (oddiy va qo’shma gaplarni tuzish) ustidagi ishlarni o’z ichiga oladi.
Bolalarning grammatik rivojlanishi boshqarishni pedagog eng avvalo ham bolaning o’zi bilan (dialog shaklida), ham boshqa bolalar bilan birgalikdagi muloqot faoliyati vositasida amalga oshirishi lozim. Bolalarda grammatik tizimni – sintaksis, morfologiya, so’z hosil qilishni shakllantirish o’zining alohida xususiyatlariga ega bo’lib, ularni rivojlantirish uchun pedagog turli vositalarni qo’llashi darkor. Morfologiya va so’z hosil qilishni o’zlashtirish uchun rag’batlantiruvchi til o’yinlari; sintaksisni rivojlantirish uchun esa keng fikr bildirish, motivatsiyani yaratish muhim.
Ma’lumki, bolalar o’z iqtidoriga qarab turlicha darajada rivojlanadi va o’z navbatida pedagogning rahbarligi ham bosqichli xususiyatga ega bo’ladi.
Bolahayotiningbeshinchiyilidapedagograg’batlantirishga (gapso’zhosil
Qilish va so’z ijodkorligi xususida bormoqda); oltinchi yilda – gap tarkibini eng oddiy tahlil qilish, nutqning grammatik to’g’riligini shakllantirishga (so’z o’zgartirishda); yettinchi yilda – hosila so’zlar o’rtasidagi rasmiy-semantik munosabatlarni oddiy tahlil qilishga, nutqiy ijodkorlikka, murakkab sintaktik tuzilmalarni ixtiyoriy tuzishga alohida e’tibor berishi lozim. Didaktik o’yinlar va grammatik mazmundagi mashqlar bolalarning tilga oid o’yinlarini, ularning grammatika sohasidagi faolligini rag’batlantirishning muhim vositasidir. Pedagog bolalarga so’z birikmasini o’ylab ko’rish, so’ngra gapda so’zlarni bir-biri bilan to’g’ri bog’lash qobiliyatini o’rgatishi zarur. Bolalar fikrlarida murakkab sintaktik tuzilmalarni shakllantirishni yozma nutq vaziyatida, ya’ni bola matnni aytib turadigan, katta yoshli kishi esa, uni yozib boradigan vaziyatda amalga oshirish tavsiya etiladi.
Bolaga bir turdagi tuzilmalardan foydalanmagan holda so’zlarning to’g’ri tartibini qo’llashni o’rganishda yordam beradigan mashqlarga alohida e’tiborni qaratish zarur. Muhimi, bolada gap tarkibi haqida va har xil turdagi gaplarda lektsikadan to’g’ri foydalanish haqida oddiy tasavvurlar shakllansin. Buning uchun bolalarga gapda so’zlarni biriktirishning turli usullarini, so’zlar o’rtasidagi ayrim mazmunli va grammatik bog’liqliklardan foydalanishni hamda gapni intonatsion jihatdan rasmiylashtirishni o’rgatish zarur. Shunday qilib, nutqning grammatik tizimini shakllantirish jarayonida sintaktik birliklar bilan amallar bajarish ko’nikmasi shakllanadi, muayyan muloqot sharoitida va ravon monologik fikrlarni tuzish jarayonida til vositalarini ongli ravishda tanlash ta’minlanadi. Bola tilining grammatik tizimini shakllantirish uning nutqi (tili)
Rivojlanishining umumiy oqimida ro’y berishi lozim; pedagogik rahbarlik shakllari va metodlari umumiy nutqiy rivojlanishning bosqichma-bosqich xususiyatga egaligini, eng avvalo dialog va monologni, so’zgacha bo’lgan mazmunli-semantik tizimdan vaziyatga oid ixtiyoriy iborali nutqqa o’tish (undan keyinchalik dialog va monolog rivojlanadi), bolalarning nutqiy havaskorligi sohasi sifatida tengdoshlar bilan muloqotning dialogik shakllarini o’zlashtirishni hisobga olishi lozim.

Download 0,68 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   189




Download 0,68 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maktabgacha katta yoshdagi bоlalar bilan mulоqоt

Download 0,68 Mb.