O`quv-uslubiy majmua namangan 2022-2023 y Annotatsiya




Download 0,68 Mb.
bet13/189
Sana06.06.2024
Hajmi0,68 Mb.
#260946
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   189
Bog'liq
болалар нутқини ўстириш мажмуа

2. Muloqot vositalari. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish murakkab psixologik jarayon bo’lib, u faqat bolaning eshitgan nutqiga taqlid qilishidan iborat emas. Bu jarayon bolalarda muloqot faoliyatini rivojlantirish va birinchi navbatda, muloqotga ehtiyoj mavjudligi bilan bog’liqdir. Nutqni rivojlantirish nafaqat bolani atrof-muhit bilan tanishtirish, balki uni umumiy ruhiy rivojlantirish uchun ham zarur. Oilada bola nutqini o’stirishdan maqsad og’zaki nutqni adabiy til me’yorlariga muvofiq holda egallashi, faol nutqqa kirishishini ta’minlashdan iborat. Farzand nutqini shakllantirish va rivojlantirishda ota-ona o’zi oldiga quyidagi vazifalarni qo’ygani ma’qul:
- farzandida so’zlashish odobini tarbiyalash;
- lug’at boyligini shakllantirish, boyitish, mustahkamlash vafaollashtirish;
- nutqni grammatik jihatdan shakllantirish va rivojlantirish;
- ravon nutqni takomillashtirish;
- badiiy asarlar bilan tanishtirish;
- savod o’rganishga tayyorlash.
Go’dak nutqini shakllantirishning asosiy genetik vazifasi –kichkintoylarda katta odam bilan muloqotga kirishish qobiliyati va vositalarini vujudga keltirishdan iboratdir. Emotsional – erkin muloqot ushbu yoshda yetakchi faoliyat turi hisoblanadi. Kichkintoy 2-2,5 oyligidan boshlab xatti-harakatlari bilan kattalardan o’zi bilan muloqotga kirishishni “talab qila» boshlaydi. Muloqotning birinchi shakli – hissiy-erkin bo’lib, go’dakning atrofidagilarga nisbatan qiziqishi uning his-tuyg’ularga boy munosabati orqali tavsiflanadi. Muloqotning bunday shakli bola ha yotining birinchi yarim yilligiga xosdir. Muloqotning yanada rivojlangan ikkinchi shakli – ya’ni, hissiy-vositali (vaziyatli-amaliy) shakli bola hayotining ikkinchi yarim yilligida ro’y beradi. Bu muloqot predmetlar orqali vositali muloqotga aylantiriladi. Ushbu yoshda bolaning qiziqishlari atrof muhitga yo’naltiriladi. Unda yangi taassurotlarga ehtiyoj paydo bo’ladi. Bu yoshda nutqni shakllantirish va rivojlantirishning asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
- bolada kattalarga nisbatan emotsional bog’liqlik va ishonch hissini tarbiyalash;
- uning o’ziga nisbatan atrofidagilarning ijobiy diqqat-e’tibor talab qilishini qondirish;
- kichkintoyning qiziqishlarini rivojlantirishga ko’maklashish.
Masalan: «Qo’lingqani? Qo’lingni ko’rsat! Kim keldi? Akang keldimi? “
Ushbu davrda bola kattalar ko’magida narsa-buyumlardan foydalanish usullarini o’rganadi (qoshiq bilan ovqatlanish, piyoladan choy ichish, qalamda rasm chizish, stulchaga o’tirish va boshqalar). Narsa-buyumlardan foydalanish ehtiyoji nutqiy muloqotni talab etadi. Ilk yoshda bola oldida turgan asosiy vazifa narsalardan foydalanish usullarini o’zlashtirish asosida nutqni egallashdan iborat bo’ladi.

Download 0,68 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   189




Download 0,68 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`quv-uslubiy majmua namangan 2022-2023 y Annotatsiya

Download 0,68 Mb.