Qurilmani ixchamligi va ishonchliligi




Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/154
Sana10.01.2024
Hajmi2,55 Mb.
#133982
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   154
Bog'liq
UMK OT (3)

1.4. Qurilmani ixchamligi va ishonchliligi 
 
Ishonchlilik – vaqt bo‘yicha o‘rnatilgan foydalanish ko‘rsatgichlarini berilgan 
vaqt oralig‘ida saqlagan holda, berilgan ish tartibiga, foydalanish shartiga, texnik 
hizmat ko‘rsatishga, tamirlashga, saqlash va bir joydan boshqasiga ko‘chirish 
shartlariga mos ravishda ob’ektni berilgan vazifani bajarish xususiyati [1,2]. 
Ishonchlilik bu xususiyatlar to‘plami bo‘lib, ob’ektning vazifasiga va uning 
foydalanish sharoilariga bog‘liq holda buzulishga barqarorlik, uzoq muddatlilik, 
ta’mirlashga layoqatlik va saqlanishlik kabi xususiyatlarni yoki bu xususiyatlarning 
ma’lum qismidan iborat bo‘lishi mumkin va ob’ektning tashkil etuvchi qismilari 
uchun ham bu xususiyatlar o‘rinlidir.


24 
Ishonchlilik ko‘rsatgichi miqdor bilan harakterlanadi, ushbu ob’ektga 
ishonchlilikni ifodalaydigan qaysidir darajadagi ma’lum xususiyatlar tegishlidir. Bir 
hil ishonchlilik ko‘rsatgichlarini (masalan, texnik resurs, ishlab berish muddati) 
o‘lchash mumkin va o‘lchov birligi mavjut, bir qator boshqa ko‘rsatgichlar esa 
o‘lchami yo‘q (masalan, buzulmasdan ishlash extimoli, tayyorlik koeffitsienti). 
Yashovchanlik – ma’lum turdagi buzilishlar yoki nosozlik bo‘lgan hollarda 
ham ob’ektni ishchi holatini saqlab qola olish (qisman yoki to‘liq) xususiyati. 
Ishchi holat – bu ob’ektni berilgan vazifani bajarish imkoniyatini 
harakterlovchi, ko‘rsatgichlarining barcha qiymatlari texnik-normativ talablariga, 
konstruktorlik hujjatlariga mos holati. 
Buzilish – ob’ektni ishchi holatini izdan chiqish voqeasi. Buzilish ko‘rsatgichi 
– belgilar (alomatlar) to‘plami bo‘lib, ularning mavjutligi orqali buzilish sodir 
bo‘lganlik dalili keltiriladi. 
Buzilishlar turi: 
➢ vazifasini bajarishdan to‘xtash (ob’ekt asosiy vazifalarni bajarishni 
to‘xtatadi); 
➢ parametrik buzilish (ob’ektning bazi ko‘rsatgichlari ruxsat etib 
bo‘lmaydigan darajada o‘zgaradi). 
Buzilish tabiati: 
➢ tasodifiy, 
inobatga 
olinmagan 
yuklanishlar, 
materialdagi 
shkastlanishlar, boshqarish tizimidagi nosozliklar va xizatchilarning 
yo‘l qo‘ygan xatoligi vahokazo; 
➢ tizimli, qonuniy va albatta bo‘ladigan xodisalar ta’sirida, nosozliklarni 
sekin asta yig‘ilib borishi natijasida: charchash, eskirish, qarish, 
zanglash vahokazo. 
Buzilishlarni turlarga ajratishdagi asosiy belgilar: 
➢ hosil bo‘lish harakteri; 
➢ hosil bo‘lish sababi; 
➢ bartaraft etish harakteri; 
➢ buzilish oqibatlari; 


25 
➢ ob’ektni keyinchalik ishlatilishi; 
➢ topishning osonligi; 
➢ hosil bo‘lish vaqti. 
Buzilishni yuzaga kelish harakteri: 
➢ to‘satdan buzilish – ob’ekt ko‘rsatgichlarini keskin o‘zgarishida 
namoyon bo‘luchi buzilish; 
➢ sekin asta buzilish – ob’ekt sifatini sekin asta yomonlashuvi oqibatida 
sodir bo‘luvchi buzilish. 
To‘satdan buzilishlar odatda elementlarni mexanik jaroxatlanishi ko‘rinishida 
(dars ketish - nozik parchalanish, uzilish vahokazo) va buzilish yaqinlashib 
kelayotganlik alomatlari ko‘rinmaydi. To‘satdan buzilish oldingi ish vaqtiga bog‘liq 
bo‘lmagan, yuzaga kelish vaqti xoxishiy bo‘lishi bilan harakterlanadi.
Sekin asta buzilishlar detal va materiallarning eskishi bilan bog‘liq. 
Buzilishlarni hosil bo‘lish sabablari: 
➢ konstuksion buzilish, ob’ektni konstuksiyasidagi kamchilik va 
noto‘g‘ri konstruksiya tufayli sodir bo‘ladi; 
➢ ishlab chiqarishda yo‘l qo‘yilgan hatolik sababli buzilish, texnolgiya’ni 
normadan 
chekinishi 
yoki 
texnologiyani 
yetarli 
darajada 
rivojlanmaganligi bilan bog‘liq ob’ektni tayyorlashdagi hatoliklar 
tufayli sodir bo‘ladi; 
➢ foydalanishdagi buzilish, foydalanish qoidalariga rioya qilinmaganda 
yuzaga keladi. 
Buzilishlarni bartaraf etish harakteri: 
➢ turg‘un buzilish; 
➢ o‘xtin-o‘xtin buzilish (hosil bo‘ladi/yo‘q bo‘lib ketadi). Buzilish 
oqibati – yengil buzilish (yengil bartaraft etiluvchi); 
➢ o‘tracha buzilish bir-biriga ulangan qurilmalarni buzilishiga olib 
kelmaydi (ikkilamchi buzilish); 
➢ og‘ir buzilish ikkilamchi buzilishlarga sababchi bo‘ladi yoki insonning 
hayotiga va sog‘lig‘iga havf tug‘diradi. 


26 
Ob’ektni keyinchalik foydalanishiga qarab buzilishlar quyidagilarga 
bo‘linadi: 
➢ butkul buzilishlar, bu buzilishlarni tuzatilmaguncha ob’ekt ishlashining 
imkoniyati yo‘q; 
➢ qisman buzilish, bu holda ob’ektni qisman ishlatish mumkin. 
Buzilishlarni oson aniqlash bo‘yicha ko‘rinib turgan (yaqqol) va yashiringan 
(berk) buzilishlar bo‘lishi mumkin. 
Buzilishlarni sodir bo‘lish vaqti bo‘yicha ular quydagilardan iborat: 
➢ sozlash davridagi buzilish, ya’ni foydalanish davrining boshlanishida 
hosil bo‘ladigan buzilishlar; 
➢ normal foydalanish davrida yuzaga keladigan buzilishlar; 
➢ eskirishdagi buzilish, ya’ni material va detallarning yemirilishi va 
eskirishi natijasida tiklab bo‘lmaydigan buzilish sodir bo‘lishi. 
Qurilmalarda ko‘pincha uchraydigan buzilishlar turi: 
➢ vazifasini bajarishdan to‘xtash (butunlay buzilish) – ob’ektni asosiy 
vazifalarini bajarishdan to‘xtashi (masalan, tranzistorlarni kuyishi); 
➢ parametrik buzilishlar – ob’ektning ko‘rsatgichlari yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan 
darajada o‘zgarishi (masalan, manba kuchlanishini o‘zgarishi); 
➢ tasodifiy buzilishlar – loyihalashtiruvchilarning xatosi sababli, manbadagi 
buzilishlar tufayli, xom ashyodagi nosozlik oqibatida yoki ko‘p ishlatilish 
natijasida eskirishi, zanglash hamda eskishi sababli tizimli buzilish hosil 
bo‘lishi mumkin. 
O‘rnatiladigan tizimlarga nisbatan umumiy vazifalarni bajaruvchi 
kompyuterlar uchun energiyani istemoli masalasi juda ham muhim masala emas. 
Masalan shaxsiy kompyuter yoki server markaziy elektor tarmog‘idan ta’minlanadi 
va ular energiya istemoliga jiddiy cheklovlar qo‘ymaydi. Undan tashqari, shaxsiy 
kompyuterning g‘ilofining hajmi majburiy sovutish vositasini o‘rnatish uchun 
yetarli darajada katta. Umumiy masalalar uchun mo‘ljallangan kompyuterlarga
aksincha o‘rnatiladigan tizimlar istemol enenrgiyaga keskin cheklov qo‘yiladigan 
sharoitda ishlashlari kerak, chunki avtonom enenrgiya manbali o‘rnatilgan tizimlar 


27 
soni doimiy oshib bormoqda. Shu bilan bir qatorda foydalanuvchilar tizimlarning 
ixcham bo‘lishiga talabgordirlar (masalan, mobil telefonlar, tonometr, elektron 
soat). Energiya istemolini cheklash uchun turli yechimlar ishlatiladi: 
mikrosxemaning takt chastotasini kamaytirish, vaqtincha istemol quvvatini 
kamaytirish. 
Zamonaviy o‘rnatiladigan tizimlarning ko‘pi yetarli darajadagi ixcham 
qurilmalarga joylashtirilishi kerak, mobil telefon, televizorning boshqarish 
qurilmasi, energiyaning istemol datchiklari kabi qurilmalarga. Juda ko‘pchilik 
hollarda o‘rnatiladigan tizimlarning bosma platalarini geometriyasi uni joylashtirish 
mo‘ljallangan qurilma g‘ilofining o‘lchamiga bog‘liq. Bajarilishni 
ixchamlashtirish – hozirgi zamon o‘rnatiladigan tizimlarini loyihalashtirish va 
tayyorlashdagi muammolardan biridir. 
Yana bir muhim muammo, bu tayyor maxsulotni testlash imkoniyati
loyihalash jarayonida va shuningdek ishlab chiqarish jarayonida. Ko‘pchilik 
o‘rnatiladigan tizimlarda ichki testlash dasturlari bo‘lishi kerak, ular tez va yuqori 
darajada ishonchlilik bilan boshqarish dasturlarini aniq ishlashligiga ishonch xosi 
qilishni taminlaydi.
O‘rnatiladigan tizimlarning loyihalashtiruvchilari uchun inson va 
boshqariladigan ob’ektning muloqot masalalarini yechish juda ham muhim masala 
hisoblanadi. Loyihalashda datchiklar turini tanlash, qurilmaning o‘zini konstruktiv 
bajarilishiga, elektron bloklarni apparat yechimiga va nixoyat ishlov berish 
algoritmlari uchun jiddiy etibor qaratish kerak bo‘ladi.
O‘rnatilgan tizim foydalanuvchi yoki atrof muhit bilan muloqatda bo‘lishi 
kerak. Harakatni boshqarish qurilmalari infra qizil datchiklar yordamida to‘siqlarni 
aniqlash va ularni aylanib o‘tishni taminlashi kerak, robot tashqaridan berilgan 
buyruqqa etibor qilishi kerak, maishiy hizmat qurilmalari boshqarish qurilmasidan 
berilgan buyruqqa binoan ish tartibini o‘zgartirishi kerak, qo‘riqlash xabar berish 
tizimi binoni saqlash datchiklari bilan va shuningdek insonni boshqarish azolari 
bilan muloqatda bo‘lishi kerak.


28 
Narxni arzonlashtirish. Ko‘pchilik o‘rnatiladigan tizimlar uncha qimmat 
bo‘lmagan ommaviy haridorgir qurilmalarni boshqarish uchun mo‘ljallangan, ular 
mikroto‘lqinli pech, mobil telefonlar, o‘yinchoqlar. Bundek qurilmalarning 
ommaviyligi ularni oxirgi narxi bilan aniqlanadi, bu esa loyihalashtirish va ishlab 
chiqarishga qattiq cheklashlar o‘rnatilishini taqazo qiladi. O‘rnatiladigan tizimlar 
bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘p yechimlarga ega, joriy etilish bosqichida ham 
(mikrokontroller yoki dasturlanuvchi mantiqiy matritsa, buyurtma KIS va 
shtampovka qilingan interfeys sxemalari), shuningdek aniq element asosini tanlash 
bosqichida 
ham. 
Shuning 
uchun 
narxini 
arzonlashtirish 
maqsadida 
loyihalashtirishni to‘g‘ri strategiyasini tanlash – o‘rnatiladigan tizimlarni 
loyihalashtirishdagi asosiy muammolaridan biridir. 
O‘rnatiladigan tizimlar aksariyat dasturiy joriy etiluvchi tizimlar toifasiga 
kiradi (Software-Intensive yoki Software-Dominated Systems). Bu tizimning 
bajaradigan vazifalarini ko‘pini dasturiy joriy etilishini bidiradi. Dasturlanuvchanlik 
va tarkiblashtira olinishi o‘rnatiladigan tizimlarning barcha bosqichlarida va 
komponentlarida mavjut va u holat jadallik bilan yuqori darajada rivojlanmoqda. 
Hatto “o‘rnatiladigan dasturiy ta’minot” atamasi paydo bo‘ldi (Embedded 
Software), u bugungi kun dasturiy ta’minoti va uni yaratish texnologiyasining 
alohida xususiyatlariga urg‘u berish uchundir. O‘rnatilgan tizimlarning element 
asosini elektron, optik, mexanik va boshqa fizik komponentlar tashkil etadi 
(elementlar, modullar, bloklar), ular yordamida o‘rnatiladigan tizimlar jismoniy 
joriy etiladi. 
Bugungi kunda bundek elementlar ro‘yxatidan murakkab protsessor 
mikrosxemalari 
(mikroprotsessorlar), 
kontrollerlar, 
akseleratorlar, 
hisoblagichlarning tizimli platalari joy olgan. O‘z navbatida bundek elementlar
qatoriga doimiy hotira blokiga joylashtirilgan dasturiy vositalar (zagruzchik, 
protokol steklari va boshqalar) kiradi. Shundek qilib, hatto ananaviy hisoblash 
vositalarni element asosining tasavvuri faqat konstruksiya va sxemotexnikani
bayon qilish chegarasidan chiqib ketib ko‘pincha arxitektura, sistemotexnika, 
dasturlash masalalariga to‘qnash kelmoqda. 


29 

Download 2,55 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   154




Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish