• KALIT SO’ZLAR
  • O’rta Osiyo hududidan topilgan madaniy yodgorliklar




    Download 36.48 Kb.
    bet1/3
    Sana01.02.2023
    Hajmi36.48 Kb.
    #40472
      1   2   3
    Bog'liq
    mustaaqil ish (2)
    Bioxilma-xillikni saqlash masalalari. Reja, Tat, Makroiqtisodiyot tahlili va pragnozlash, Nizomiy nomidagi toshkent davlat, MENGA JUDA ZARUR, курс иши баённомаси (1), ЮТУҚЛАР РЎЙХАТИ , 4-kurslarga buyruqdan ko\'chirma (5), Andijon davlat universiteti rektori, METHODOLOGY GUIDE, iqtisodda tezis, 11-sinf darslik 2018, sintaktik aloqa, pratsedura, foydalanuvchim prat va funk

    O’rta Osiyo hududidan topilgan madaniy yodgorliklar.
    Andijon davlat universiteti San`atshunoslik fakulteti
    Cholg`u ijrochilligi yo`nalishi 203-guruh talabasi
    Abdukayumova Begoyim


    • ANATATSIYA: Ushbu maqola O’rta Osiyo hududidan topilgan madaniy yodgorliklar hadiqa qisqacha tushuntrilib o’tilgan. Bu maqolada qaysi viloyatdan va vohadan nimalar topilganligi haqida bilib olishingiz mumkin.

    • KALIT SO’ZLAR: Arxeologiya, ekspeditsiya, Turkmaniston, rahbarlar, qal’a, kompleks, Buxoro viloyatida antik davr,

    O’rta Osiyo hududida mill.avv.IV-milodiy IV asrlarga oid yodgorliklarda keng miqyosda arxeologik tadqiqotlar olib borildi. O’zbekiston hududida M.E. Masson rahbarligida Termz arxeologiya ekspeditsiyasi, Ya,G’.G’ulomov nomidagi Arxeologiya institutining arxeologiya guruhi O’zbekistonning barcha viloyatlarida, S.P.Tolstoy rahbarligidagi Xorazm arxeologiya -etnografiya ekspeditsiyasi, Xorazm vohasida V.M.Masson rahbarligida Baqtriya ekspeditsiyasi, G.A.Pugachenkova rahbarligida Xamza nomidagi san’atshunoslik ekspeditsiyasi xodimlarining Surxondaryo viloyatidagi faoliyatlarini qayd etish mumkin.


    M.E.Masson rahbarligida Turkmaniston hududida Turkmaniston arxeologiya ekspeditsiyasi xodimlari arxeologik tadqiqotlarni olib bordi. Tojikiston hududida A.N. Bernshtam, pomir-oloy tog’ tizimi atroflarida A.M.Mandelshtam, Beshkent cho’lida arxeologik tadqiqotlarni olib bordilar.
    O’rta Osiyo hududida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida olingan ashyolar antik davr tarixini yoritishda muhim manba bo’ladi.
    O’zbekiston hududida antik davr yodgorliklarida arxeologik tadqiqotlar. O’zbekiston hududiqa antik davrga oid yodgorliklarni o’rganish Surxondaryo hududida olib borildi.
    XX asrning 30-yillar boshlari va o’rtalarida M. Emasson rahbarligidagi Termiz arxeologiya-kompleks ekspeditsiyasi xodimlari eski Termizning qal’a qismida qazish ishlarini olib borib, mil.avv.III asrga oid ashyolarni olishga muvaffaq bo’ladilar. Shu bilan birga, Kushon davriga oid Ayritomda qazish ishlarini olib bordi, natijada noyob ashyolar, ya’ni “arfa chalayotgan ayol” haykali topilgan.
    1937-1940-yillarda S.P.Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi Amudaryoning qurib qolgan o’zani Aqchadaryo havzasidagi tarixiy obidalarni ro’yxatga oldi, arxeologik xaritaga joylashtirdi, Jonbos qal’a, Tuproq qal’a yoqgorliklarida qazish ishlarini olib bordi. Ekspeditsiya a’zolari 1946-yildan 1991-yilgacha bo’lgan tarixiy davrda Qo’yqirilgan qal’a, Ko’zaliqir, Ayozqal’a 1,2,3, Qalaliqir, Quyisoy-2 yodgorliklarida keng miqyosda qazish ishlarini olib bordi. Qo’yqirilgan qal’a o’zining rejalashtrilishi me’moriy inshooti bilan diqqatga sazovor.
    S.P. Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi xodimlari keng miqyosda tarixiy obidalarni ro’yxatga olishni olib bordi, natijada 400 ga yaqin obidalar topilib, ular antik va o’rta asrlarga oiddir. 1967-yildan boshlab O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog’iston va Xorazm viloyati hududida arxeologiya qidiruv va qazish ishlarini olib bordi. E. Bijanov Ustyurtdagi qadimgi tosh davri manzillarini, V.N.Yagodin Kerdar madaniyati, Xorazm va ko’chmanchilar aloqalari, A.V.Gudkova Tokqal’a, G.Xo’janiyazov Qo’rg’oshin qal’a, Burliqal’a, Akchingul yodgorliklarida, M.Mambetullaev Katqal’a, Tuprokqal’a, Voyangan, Xiva, K.Sobirov Katqal’a Xazorasp yodgorliklarida arxeologik qazish ishlarini olib bordilar.

    Download 36.48 Kb.
      1   2   3




    Download 36.48 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’rta Osiyo hududidan topilgan madaniy yodgorliklar

    Download 36.48 Kb.