• O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiiy geografiyasi” fanini o’qitishning asosiy vazifalari
  • “O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiiy geografiyasi” fani quyidagilarni o’rganadi
  • O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiiy geografiyasi” fanini o’tish jarayonida o’qituvchiga innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo’llash borasida tavsiyalar
  • O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiiy geografiyasi




    Download 0.73 Mb.
    bet1/7
    Sana21.10.2022
    Hajmi0.73 Mb.
    #27685
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    3-4-5-Amaliy mashgulot
    AXSAN, Tarmoq prosessorlari, Angliyada Plantagenet sulolasining hukmronligi, 10-sinf-konspekt-new, Dori vositalari xaqida tushuncha dorilarning boshqa omillar bilan uzaro munosabati, 1.Jahon tarixi kafedrasi. Kurs ishi umumiy talablari, Unli va undosh tovushlar tasnifi, Orfoepiya, 8-Amaliyot, Assembler tilida dasturlash, Davlatov Asatilla, oraliq, 100-ehtimolliklar-nazariyasi, Редкие газы

    3-AMALIY MASHG’ULOT
    O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiiy geografiyasi” fanini o’qitish jarayoniga innovatsion pedogogik texnologiyalarni tadbiq etish bo’yicha
    Ma’lumotnoma
    Ma’lumotnomadan maqsad: O’qituvchiga oo‘quvchilarda tabiiy jarayon va hodisalar, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish, tabiatni muhofaza qilish va uni asrash haqida tushunchalarni shakllantirish, tahliliy fikrlashga o‘rgatish, olgan nazariy bilimlarini amalda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.
    O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiiy geografiyasi” fanini o’qitishning asosiy vazifalari:
    -inson va tabiat haqidagi tizimli va majmuali bilimlarni tarkib toptirish;
    - joy nomlari va geografik atamalarni to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish;
    - hozirgi zamon jamiyat va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning mohiyati va xususiyatlari to‘g‘risida tasavvur hosil qilish, yosh avlodning ekologik madaniyatini, milliy boyliklarga nisbatan tejamkorlik munosabatini o‘stirish;
    - turli axborot manbalaridan foydalangan holda, tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy obyekt hamda hodisalarni tavsiflash, geografik haritalar, statistik va grafik tavsiflar bilan ishlashning amaliy ko‘nikmalarni tarkib toptirish;
    - geografik bilimlar asosida o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash doirasini kengaytirish;
    - o‘quvchilarni Vatanga mahabbat, milliy iftihor, fuqarolik mas’uliyati ruhida tarbiyalash.
    Umumiy o’rta ta’lim maktablarida O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiiy geografiyasi o’qitiladi. O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiiy geografiyasi fani II qismdam iborat bo’lib, o’quv yilining I-II-choraklarida, ya’ni 34 soat hajmda O’rta Osiyo tabiiy geografiyasi, III-IV-choraklarda O’zbekiston tabiiy geografiyasi o’qitiladi. O’rta Osiyo tabiiy geografiyasi asosiy fanlardan biri hisoblanadi. Chunki bu fanni o’qitish orqali o’quvchilar o’zi yashab turgan Vatani O’rta Osiyo tabiiy sharoiti va tabiiy resurslarni chuqur o’rganadilar hamda tabiiy unsurlarning birbiriga uzviy bog’liq va aloqadorlik qonuniyatlarini tushunib yetadilar. Natijada O’rta Osiyo tabiatini chuqur va xar tomonlama biluvchi uni tabiiy boyliklaridan oqilona foydalanib, muxofaza qiladigan yosh avlod voyaga yetadi.
    “O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiiy geografiyasi” fani quyidagilarni o’rganadi:

    • O‘rta Osiyo va O‘zbekistonning tabiiy sharoiti va resurslariga tavsif beradi; O‘zbekiston tabiati tekisliklardan tog‘larga tomon o‘zgarib borish qonuniyatini va uning ahamiyatini tushunadi;

    • aholining zamonaviy bosqichdagi tabiiy va migratsion harakatining mohiyati va ularga ta’sir etuvchi omillarni tushunadi;

    • jahon va O‘zbekistonda urbanizatsiya (shaharlashuv) jarayonining mohiyatini tushunadi;

    • aholi zichligi va joylashuviga ta’sir etuvchi geografik omillarni, dunyodagi yirik davlatlar, O‘zbekiston aholisining o‘sishi, yosh-jins tarkibi va joylashuvini tavsiflaydi;

    • insoniyatning asosiy irqlarini farqlaydi, ularning paydo bo‘lishini geografik muhit bilan bog‘laydi va hududiy tarqalishini tavsiflaydi;

    • O’zbekiston, qo’shni davlatlar, jahonning yirik davlatlari aholisining

    • milliy va diniy tarkibini tavsiflaydi;

    • tabiiy resurslarning ahamiyati tushunadi va asosiy turlarini ajratadi;

    • tabiat va inson o‘rtasidagi munosabatlarning dolzarb ekologik muammolarining mohiyati, sabab va oqibatlarini tushunadi;

    • O‘zbekiston va qo‘shni mamlakatlarda yagona ekologik muhit va transchegaraviy ekologik muammolar mavjudligini tushunadi;

    • O‘zbekistondagi tabiatdan foydalanish bilan bog‘liq muammolar – suv resurslarning tanqisligi, yerlarning sho‘rlanishi, cho‘llashishning mohiyati, sabablari va ularning oldini olish choralarini tavsiflaydi;

    • Orol va Orolbo‘yidagi ekologik muammolarning dolzarbligini tushunadi; O‘zbekiston milliy iqtisodiyotida amalga oshirayotgan islohotlarning mamlakat, alohida hududlari, jumladan o‘zi yashaydigan hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’sirini tushunadi;

    • ishlab chiqarishni hududiy tashkil etish omillarini tushunadi, alohida tarmoq yoki korxonalar misolida ularni izohlaydi;

    • jahon xo‘jaligi va milliy iqtisodiyot tarmoqlar tarkibini, turli xo‘jalik tarmoqlarining ahamiyatini tushunadi;

    • dunyoning yirik mintaqa va davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganligi va ixtisoslashuvini tavsiflaydi va o‘zaro taqqoslaydi;

    • O‘zbekiston, uning hududlari sanoati va qishloq xo‘jaligining ixtisoslashuvi, unga ta’sir etuvchi omillarni tavsiflaydi;

    • dunyoning siyosiy xaritasi, uning tuzilishini hamda o‘zgarib borish xususiyatini tushunadi;

    • Markaziy Osiyo va O‘zbekistonning iqtisodiy va siyosiy geografik o‘rnini tavsiflaydi;

    • xalqaro geosiyosiy munosabatlarning hozirgi zamondagi xususiyatlari, ularning muammoli jihatlari va O‘zbekiston uchun ahamiyatini tushunadi;

    • O‘zbekiston faol hamkorlik qiladigan xalqaro tashkilot va uyushmalar faoliyatining mohiyatini tushunadi;

    • insoniyatning global muammolari, ularning shakllanish sabablari haqida tushunchaga ega bo‘ladi.

    O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiiy geografiyasi” fanini o’tish jarayonida o’qituvchiga innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo’llash borasida tavsiyalar:



    • ijtimoiy tarmoqda har bir sinf uchun maxsus guruh tashkil qilish;

    • tashkil qilingan guruhda uyga vazifalar va qo’shimcha topshiriqlar berib borish;

    • tashkil qilinga guruhda O’zbekiston va O’rta Osiyo tabiiy geografiyasidan qo’shimcha video roliklar berib borish;

    • O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiiy geografiyasi mavzulari murakkab va muhim bo’lgani uchun dars jarayonida electron maketlardan foydalanish va buni maxsus guruhda ham berib borish;

    • yozuvsiz xarita bilan bajariladigan mashg’ulotlar doimiy tarzda olib borish;

    • ayrim mavzularni tabiat qo’ynida o’tish;

    • o’quvchlar o’rtasida reytingni tashkil qilish.

    Bugungi kunda zamonaviy talim tiziminining asosiy maqsadlaridan biri o’quvchining bilim olishga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishning eng oson va qisqa yo’lini topa olishdir. Buning uchun bizga zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamga keladi. Ayni paytda an’anaviy darslardan voz kechib, noan’anaviy darslardga o’tilyapdi. Biz quyida bir qancha noan’anaviy darslarga to’xtalib o’tamiz.

    Download 0.73 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 0.73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiiy geografiyasi

    Download 0.73 Mb.