• Kvalifikatsiyalar nomi
  • 3. Ko`p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi
  • O’quv rejadagi tartib raqami: 1.05 Ajratilgan soat
  • Tuzuvchilar
  • Innovatsion ta’lim texnologiyalari va metodlari” fanidan tuzilgan namunaviy dasturga
  • O’rta professional ta’limning 11. 02. 02. Maktabgacha ta’lim kasbi bo’yicha innovatsion ta’lim texnologiyalari va metodlari fanidan




    Download 39.92 Kb.
    bet1/15
    Sana03.07.2021
    Hajmi39.92 Kb.
    #15351
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

    O’RTA PROFESSIONAL TA’LIMNING

    4.11.02.02. Maktabgacha ta’lim kasbi bo’yicha

    INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARI VA METODLARI

    fanidan

    O’QUV DASTURI

    Kvalifikatsiyalar nomi:

    1. Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi

    2. Inklyuziv guruhlarga ega maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi

    3. Ko`p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi

    4. Qo`shma turdagi maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi





    O’quv rejadagi tartib raqami:

    1.05

    Ajratilgan soat:

    40



    Toshkent- 2020

    O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi tasarrufidagi Toshkent pedagogika kollejining “Maktabgacha ta’lim” kasbi bo’yicha pedagogik kengashining 2020 yil “26” oktiyabrdagi 2-sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan hamda Toshkent pedagogika kollejining 2020 yil 27 oktiyabrdagi 110 - sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan.



    Tuzuvchilar:

    Mannapova Ulmasay Sotiboldiyevna



    Angren pedagogika kolleji “Kasbiy va maxsus fanlar” kafedrasi mudiri, yetakchi o`qituvchi.

























    Taqrizchi:

    Ovasapova

    Natalya Vyacheslavovna





    Angren shahar Maktabgacha ta’lim b`olimi mudiri
























    Innovatsion ta’lim texnologiyalari va metodlari” fanidan tuzilgan namunaviy dasturga



    TAQRIZ

    O'zbekistonda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli o'zgarishlar, standartlashtirilgan metodologik qo'llanmalarni tarkibi o'zgaruvchanligi, individual xususiyatlarni hisobga olish va ijodiy qidirish komponenti bilan tavsiflangan yangi ta’lim texnologiyalari foydasiga voz kechishni talab qiladi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida innovatsion texnologiyalar vaqtni emas, balki pedagogik jarayonni takomillashtirishga, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarini har tomonlama rivojlantirishga imkon beradi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun tarbiyachi tayorlashda “Innovatsion ta’lim texnologiyalari va metodlari” fanining o’qitilishi muhim o’rin tutadi. Innovatsion ta’lim texnologiyalari va ilg`or horijiy tajribalar fani bo’lajak tarbiyachilarni maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachilik faoliyatiga samarali tayyorlaydi. Ushbu fanni o`rgatish jarayonida o`quvchilarda kasbga nisbatan qat’iy barqaror qiziqish va muhabbatni uyg`otish, bolalarga g`amxo`rlik bilan munosabatda bo`lishlarini, bolalar bilan ishlashda yangi innovatsion ta’lim texnologiyalari va ilg`or horijiy tajribalar bo`yicha bilim va tushunchalariga ega bo`lishini ta'minlaydi. Bunda bo’lajak tarbiyachilar MTT tarbiyalanuvchilariga “Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yilgan Davlat talablari”, Ilk qadam” Davlat dasturi, “Bola xuquqlari to’g’risidagi konvensiya”va “Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim” bo`yicha yangi innovatsion ta’lim texnologiyalari va metodlari asosida bilim berib borishga o`rgatiladi. Dasturning maqsadi dolzarb pеdagogik muammolarning nazariy asoslarini ochib bеrish va bo`lajak tarbiyachilarni turli faoliyat jarayonida bola shaxsini rivojlantirishga erishish, jismoniy, ruhiy sog`liqlarini saqlash va mustahkamlashga, pеdagogik jarayon tamoyillari va maqsadlarini insonparvarlashtirish, dеmokratlashtirishga qaratilgan.

    Innovatsion ta’lim texnologiyalari va metodlari bu ta’lim shakllarini optimallashtirish maqsadida texnik vositalar, bola salohiyati hamda ularning o`zaro ta’sirini inobatga olib o`qitish va bilim o`zlashtirishining barcha jarayonlarini aniqlash, yaratish va qo`llashning tizimli metodlarini o`z ichiga oladi.

    Innovatsion ta’lim texnologiyalari va metodlari bu tarbiyachining ta’lim-tarbiyaviy vositalari yordamida bolalarga muayyan sharoitda va ma’lum ketma-ketlikda ta’sir ko`rsatishi va aks ta’sir maxsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirishga imkon yaratadi.Tarbiyachi didaktik jarayonni amalga oshirishda o`rgatishning samarali shakllaridan foydalana olishini nazarda tutadi.

    Ta’kidlash joizki, davlat ta’lim standartlari bo`yicha bolalar bog`chasida innovatsion texnologiyalar nafaqat ta’lim muhiti bilan chegaralanmaydi, balki boshqaruv sohasida sifat jihatidan yangi yechimlar, xodimlar faoliyati tartibli joriy etilishi maqsadga muvofiqdir.

    “Innovatsion ta’lim texnologiyalari va metodlari” fani o`quv dasturi

    TTS-da ko`rsatilgan barcha talablarga javob beradi.

    Taqrizchi: Angren shahar MTB mudiri

    Ovasapova.N.V



    1. Katalog: assets -> files

      Download 39.92 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 39.92 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’rta professional ta’limning 11. 02. 02. Maktabgacha ta’lim kasbi bo’yicha innovatsion ta’lim texnologiyalari va metodlari fanidan

    Download 39.92 Kb.