|
Oshkor bo'lish podkasti
|
Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 15,27 Kb. | | #146831 |
Bog'liq Oshkor bo\'lish podkasti
Oshkor bo'lish podkasti
“Xullas, bu siz uchun ajoyib yil bo’ldi” , Marselo o’zining ajoyib inglizcha nutqida boshladi.
“O , ha . Juda ko’p sayohat bo’ldi” , dedi Nora , rok yulduzidek gapirishga harakat qilib.
“Endi, agar men Pottersville albomi haqida so’rasam….. Qo’shiq so’zlarining hammasini siz yozdingiz, shundaymi? “
“Asosan , ha “, Nora taxmin qildi , qo’lidagi kichik va tanish krotga qarab.
“Ularning hammasini u yozdi” , gapga aralashdi Joanna.
Marselo bosh irg’ab qo’ydi, boshqa yigit esa tirjaygancha, komputer orqali ovoz balandligini tekshirayotgan edi.
“Menimcha, “Feathers”(“Patlar”) mening sevimli qo’shig’im” , dedi Marselo ichimliklar kelganda.
“Sizga yoqqanidan xursandman”
Nora bu intervyudan chiqish yo’lini o’ylab ko’rdi. Bosh og’rig’imi? Yomon oshqozonmi yoki?
“Ammo men siz bilan gaplashishni xohlagan narsa bu – siz ozod qilishga qaror qilgan birinchi narsa. “Stay out of my life”(“Hayotimdan chetda qoling”). Bu shaxsiy bayonotdek tuyuldi.”
Nora majburan tabassum qildi. Qo’shiq matnlari hamma narsani haqiqatdan ham so’zlardi.
“Shubhasiz , bu yerda (ingliz tilida qanday aytilardi) …..ga tegishli yoki yo’qligi haqida ba’zi taxminlar bor.
“Cheklash buyrug’i?” taklif qildi Joanna , yordamlashib.
“Shunday! Cheklash buyrug’I”
“Xo’p, men hamma narsani qo’shiqda ko’rsatishni afzal ko’raman. Menga bu haqda gapirish juda qiyin.”
“Ha tushunaman. Siz yaqinda Rolling –Stone dagi intevyuyingizda sobiq yigitingiz Dan Lord haqida biroz gapirib berdingiz va unga qarshi cheklash buyrug’ini berilishi qanchalik qiyin ekanligini ta’kidladingiz. U sizni kuzatib yurgandan keyin uyingizga bostirib kirishga urinmadimi? Keyin u “Beautiful Sky” (Chiroyli osmon) qo’shig’I matnini yozdi deb jurnalistlarga aytib o’tdingiz.
“Jesus”(Iso)
Nora ko’z yoshlari va kulgusi chorrahasida turib qoldi va negadir u buni uddaladi
“Men buni u bilan haliyam birga bo’lgan paytimda yozgandim. Lekin bu unga yoqmadi. U mening bu guruhda ekanligimni yoqtirmasdi. Dan bundan narfatlanardi . U akamni yomon ko’rardi. U Ravidan nafratlanardi. Dan asl a’zolardan bo’lgan Ellani yomon ko’rardi.Nima bo’lmasin, u juda rashkchi edi.
Bu juda jumboqli edi . Bir hayotda, o’zi orzu qilgan hayotda Dan o’zi bilan ishqiy munosabatda bo’lgan Nora bilan turmush qurishdan zerikdiki, uning muvaffaqiyatini ko’rolmay shu hayotda uning uyiga bostirib kirdi.
“U ahmoq”, dedi Nora. Men yomon shaxslar uchun portugalcha haqoratli so’zlarni bilmayman.
“Cabrao. Bu kimdir ahmoq ekanligini anglatadi”.
“Yoki tentak” , deb qo’shib qo’ydi yosh yigit.
“Ha, u cabrao. U butunlay boshqa odam bo’lib chiqdi. Bu g’alati. 6
|
| |