|
O’t oldirish tizimining vazifasi va uning turlari Reja
|
bet | 1/3 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 11,16 Kb. | | #143116 |
Bog'liq O’t oldirish tizimining vazifasi va uning turlari-fayllar.org
O’t oldirish tizimining vazifasi va uning turlari
O’t oldirish tizimining vazifasi va uning turlari
Reja:
1. Tok manbai
2. O’t oldirish g’altagi
3. Uzgich-taqsimlagich
4. O’toldirish shamlari
Tayanch so’z va iboralar
O’t oldirish shami, Uzgich taqsimlagich, teshib o’tish kuchlanishi, elektr startyor, tizim, quvvat, kontakt, kuchlaniish, transistor, drossel, termokompensatsiya, cho’lg’am, rostlagich, kengayish jarayoni, kompensatsiya, koeffisent, generator, nixrom, tolalar.O’t oldirish tizimi, benzinli dvigatel silindrlarida yonilg’I-havo aralashmasining silindrlarning ishlash tartibiga mos ravishda, o’z vaqtida va ishonchli o’t oldirish uchun xizmat qiladi. Ishchi aralashmani o’t oldirish, o’t oldirish shami elektrodlari orasidagi elektr razryad natijasida hosil bo’ladigan uchqun vositasi bilan amalga oshiriladi. O’t oldirish shamlarining elektrodlari orasida uchqun hosil bo’lishi, ularga uzatilgan yuqori kuchlanish ta’sirida sodir bo’ladi. Ishci aralashmani ishonchli o’t oldirish uchun o’t oldirish sham elektrodlari orasidagi uchqunli razryad yetarli energiyaga ega bo’lishi zarur. Hozirgi zamon dvigatellarida uchqunli razryad nergiyasi 20-100 mDj ni tashkil qiladi va u dvigatelni hamma ish rejimlarida ma’yorida ishlashini ta’minlaydi.
Benzinli dvigatelga ega bo’lgan avtomobillarda, akkumulatorlar batareyasi yoki generatorning past kuchlanishini elektr razryad hosil bo’lishi uchun yetarli bo’lgan qiymatga ko’tarish va uni kerakli daqiqada taalluqli silindrning o’t oldirish shamiga uzatish imkoniyatini beruvchi turli xil o’t oldirish sistemalari ishlatiladi. Bu sistemalar uchqunli razryad uchun zarur energiyani bevosita akkumulator yoki generatorga emas, balki oraliq energiya to’plagichdan oladi. To’plagich turiga qarab o’t oldirish sistemalari ikkiga bo’linadi:
- energiyani magnit maydoniga to’plash;
- energiyani elektr maydonga to’plash.
Avtomobil dvigatellarida, aksariyat hollarda, energiyani induktiv g’altakning magnit maydonida to’plash asosida ishlayotgan o’t oldirish sistemalari tadbiq topgan bo’lib, ularning quyidagi turlari mavjud:
- kontaktli;
- kontakt-tranzistorli;
- kontaktsiz-tranzistorli;
- mikrofrosissorli.
Kontaktli tizimni ko’pincha batareyali yoki klassik o’t oldirish deb ham yuritiladi.
Kontaktli o’t oldirish tizimi rasmga asosan quyidafi qismlardan tashkil topgan:
|
| |