Ovozli ma’lumot bilan ishlash
1.
Ovoz yozuvchi va ularga ishlov beruvchi tahrirlagichlar(dasturlar)
haqida;
2.
Android va iOS operatsion tizimida ovozli va video fayillarni yaratish;
3.
Windows muhitida ishlovchi video fayllarga ishlov beruvchi dasturlar
va ulardan foydalanish;
Kundalik turmushda ovozli(audio) yoki video ma’lumotlardan keng foydalanamiz.
Ya’ni musiqa eshitamiz, kino, kliplar va biror bir dasturni, yangiliklarni tomosha
qilamiz. Bunday axborotlar aniq bir ssenariy asosida audio va video tahrirlagichlar
yordamida yaratilgandir. Shu singari chet tillarini o’qitishda, o’rgatishda yoki
o’qitish jarayonini samarali olib borishda ham ko’pincha bunday ma’lumotlarga
murojaat qilamiz. Chunki audio va video uyg’unlashgan holda yaratilgan
materiallarni qo’llash ya’ni elektron resurslardan foydalanish til o’rganish va til
o’rgatishda, umuman darsni tashkil qilish sifatini oshiradi.
Interaktiv vositalar axborotni taqdim qilishning turli xil vositalarini - tekst, statik
va dinamik grafiklar, video va audio yozuvlarni bir butun majmuaga birlashtirish
imkoniyatini yaratadi, bu esa ta’lim oluvchini o’quv jarayonida faol ishtirokchi
bo’lishiga yo’l beradi, modomiki, axborotlarni taqdim qilish ta’lim oluvchining
harakatiga muvofiq javob sifatida yuz beradi.
Multimediadan foydalanish axborotni o’zlashtirishning o’ziga xos hususiyatlarini
maksimal darajada hisobga olishga imkon beradi, bu pedagog tomonidan ta’lim
oluvchiga komypyuter vositasida o’quv axborotlarini etkazib berishda juda ham
muhimdir. Yaratilayotgan ko’pchilik elektron ta’lim resurslari axborotlarning turli-
tuman tiplari bilan ishlashga yo’naltirilgan. Ular fotosur’atlar, tovushli fragmentlar
va albatta, animatsiya va video bo’lishi mumkin.
Audio va video fayllarni yaratish yoki qayta ishlash ya’ni ularga ishlov berish
uchun maxsus dasturlar(tahrirlagichlar) kerak bo’ladi. Hozirgi kunda bunday
dasturlarning turi juda ko’p. Quyida biz ularning ayrimlari bilan tanishib chiqamiz.
Odatda audio fayillar - WMA Audio (.wma), WAVE Audio (.wav), MPEG-4
Audio (.m4a), Free Lossles Audio Codec (.flac), Digital Surround Audio (.dts),
SUN AU Format(.au), Monkey’s Audio Format (.ape), Apple Lossles Audio
(.m4a), AIFF Audio (.aiff), AC3 Audio (.ac3), AAC Audio (.aac), OGG Vorbis
Audio (.ogg), MP3 Audio (.mp3), MP2 Audio(.mp2) va h.k. kengaytmadan iborat
bo’lishi mumkin. Maxsus dasturlar (“video convertor” lar yoki audio
tahrirlagichlar) yordamida bir kengaytmadan boshqasiga o’tkazish mumkin
bo’ladi.
WAVE (.wav) - juda keng tarqalgan ovozli fayl formatlaridan biri. Windows
operatsion muhitida ovozli ma’lumotlarni saqlashda qo’llaniladi.
AU (.au, .snd) - Sun firmasi ishchi stansiyalarida (.au) va NeXT operatsion
tizimida (.snd) qo’llaniladigan ovozli fayllar formati.
MPEG-3 (.mp3) - Bugungi kundagi eng ommabop ovozli fayllar formati. Inson
nutqidan farq qiluvchi tovushlarni saqlash uchun yaratilgan. Musiqiy yozuvlarni
raqamlashtirishda qo’llaniladi.
MIDI (.mid) - Musiqa asboblarining raqamli interfeysi (Musical Instrument Digital
Interface). Bu standart 1980 yillar boshida elektron musiqa asboblari va
kompyuterlar uchun ishlab chiqilgan.
MOD (.mod) - alohida notalar uchun shablon sifatida ishlatish mumkin bo’lgan
raqamlangan ovoz namunalari saqlanuvchi musiqali format.
IFF (.iff) - Interchange File Format - dastlab Amiga kompyuter platformasi uchun
yaratilgan format.
AIFF (.aiff) - Audio Interchange File Format - ovozli ma’lumotlar almashish
uchun format, Silicon, Graphics va Mac kompyuter platformalarida qo’llaniladi.
RealAudio (.ra, .ram) - Internetda ovozni real vaqtda ijro etish uchun Real
Networks (www.real.com) firmasi tomonidan ishlab chiqilgan format.
Ovozli fayllarga maxsus dasturlar yordamida ishlov berish uchun yuqorida
keltirilgan kengaytmali fayllar mavjud bo’lish kerak. Agar mavjud bo’lmasa ularni
yozish kerak bo’ladi. Masalan, Windows 7 muhitida ovozlarni yozishda o’zining
standart dasturidan foydalanish mumkin. Uni “Пуск” - “Все программы” -
“Стандартные” - “Звукозапись” ketma - ketlikni bajarib ishga tushiriladi.
Ovozni yosish uchun “Начать запись” tugmasini yoki “Alt+S” tugmalarini bosish
kerak bo’ladi. Agar shaxsiy kompyuterdan foydalansak unda ovoz yozish uchun
mikrofon qurilmasidan foydalanishiz kerak bo’ladi. Agarda foydalanayotgan
kompyuterimiz Noutbook bo’lsa, u holda uning mikrofoni o’zida joylashgandir.
Yuqoridagi vazifalarni bajarib yetarli ma’lumot yozib bo’lingandan so’ng
rasmdagi oynadan “Остановить запись” tugmasini yoki “Alt+S” tugmalarini
bosiladi.
Shundan so’ng 4-rasmdagi oyna ochiladi va yozilgan audio yozuv “ WMA”
kengaytmasi orqadi ko’rsatilgan manzil va nom bilan saqlanadi.
Ovozli fayilga ega bo’ldik endi unga ishlov berish kerak, yani ayrim qismlarini
olib tashlash, tovush balandliklarini o’zgartirish, sifatini oshirish, boshqa ovozlar
qo’shish mumkin bo’ladi. Buning uchun maxsus audio tahrirlagichlar kerak
bo’ladi. Ularning birnechtasi bilan tanishib chiqamiz:
• Windows muhitida:
A
S Ableton Live S Acid
Music Studio S Adobe
Audition S Adobe
Soundbooth S Ardour S
Audio Units B
S Band-in-a-Box S Bitwig
Studio
C
S Cakewalk Sonar D
S Digital Performer F
S FormatFactory S Free
Audio Editor
G
S GarageBand L
S Linux MultiMedia Studio S
Logic Pro S Logic Studio
M
S
V
S MAGIX Samplitude
S Schism Tracker
S Virtual ANS
S MiniLyrics
S Sound Forge
S Virtual Studio
S Mp3DirectCut
S Sound Normalizer
Technology
S Music Construction
S SoX (программа)
S Vocaloid
Set
S Steinberg Nuendo
3
N
S SunVox
S N-Track Studio
S Nero WaveEditor
S SuperCollider
S Propellerhead
P
T
Reason
S Pro Tools
S Tracktion (DAW)
S Studio One
R
S Traktor DJ Studio
П
S Real Time
U
S Протокол
AudioSuite
S Utau
описания диска
S REAPER
P
S Record
S Редактор
(программа)
табулатур
S ReCycle
S Rosegarden
• Android operatsion tizimida
S ocenaudio
v3.0.5 S Audacity
v2.1.2 S Wavosaur
v1.1 S Capriccio
v1.2.5 S AZ
Audio PolyGrid
v1.00 RC1 S Mammut
0.59 S Marek
Dolleiser InTune 3.2
S Sionsoft QuickAudio
2.0 S NCH Swift Sound
WavePad 4.03
S Steinberg WaveLab v5.01b S
Dubstep
S Audiops Audio Pitch And Shift
v5.1.0.2 S Audacity 1.3.14 S Free
Audio Editor v2010 8.3.2
S Martin
Pesch mp3DirectCut
2.12 S Smasher
v1.1.6 S Wave Editor S
Audio Edit Magic 9.2.15
Build 795 S Acoustica
Premium Edition
v4.00.357 S Sound Forge
v.9.0 S Adobe Audition
2.0 S GoldWave v5.08
iOS operatsion tizimida
S Audio Mastering S Traktor Dj
S GarageBand
Yuqoridagi jadvallardan ko’rinib turibdiki audio fayllarga ishlov berish uchun
dasturlarni tanlash imkoniyati keng ekan. Shu kabi dasturlardan biri Sound Forge -
ovoz tahrirlagichidir. Bu dasturdning imkoniyatlari juda keng bo’lib yaratilgan
ovozli fayillarni yuqoridagi kengaytmalarning biriga keltirish mumkin bo’ladi.
Hozirgi kunga kelib bu dastur ovozlar bilan ishlovchi ularni yaratuvchi dasturlar
orasida yetakchi hisoblanadi.O’zining tarkibida ovozlarni qayta ishlash uchun
hamma imkoniyatlarini mujassamlashtirgan. Quyida shu dastur bilan qisqacha
tanishib chiqamiz:
Videofayllar. Analogli va raqamli video
Hozirgi kunda video ma’lumotlarning ikki tipi mavjud: analogli va raqamli.
Analogli video videosignallarni uzatishning dastlabki usuli bo’lib, analogli
usuldagi birinchi video formatlardan biri kompozit videosignal hisoblanadi.
Kompozit analogli video barcha videokomponentlarni (yorqinlik, rang, sinxronlik
va hk) bir signalga birlashtiradi. Bu elementlarni bir signalga birlashtirish hisobiga
kompozit video sifati mukammal bo’la olmaydi. Natijada biz aniq
bo’lmagan ranglar uzatilishiga, tasvirning yetarli bo’lmagan aniqligiga va boshqa
sifat yo’qotish faktorlariga ega bo’lamiz. Shu sababli kompozit video turli video
komponentlari mustaqil signallar sifatida namoyon bo’luvchi komponentli videoga
tezda yo’l bo’shatib berdi. Gap shundaki, inson ko’zi yuqori yori tilganlikda ham
aktiv va tayanch ranglar (R, G, B) ni qabul qiluvchi yorug’lik sezuvchan
elementlardan tashqari deyarli to’liq qorong’ulikda ham aktiv va yoritilgan
obyektnigina qayd qiluvchi elementlarga ega. Buning natijasida ranglar
xususiyatidan ko’ra obyekt yorqinlgi qabul qilish uchun muhimroq hisoblanadi.
Bundan tashqari uzatilayotgan axborot hajmi ham qiymatga ega: hajm qancha
kichik bo’lsa, uzatuvchi tizim ham shuncha arzon va sodda bo’ladi.
Analogli video haqida qisqacha ma’lumot
Analogli video - Televidenieda qo’llaniladigan video tipi. Ekrandagi tasvir
lyuminofor material bilan qoplangan, ma’lum to’lqin uzunligida, ya’ni aniq bir
rangda nur tarqatuvchi ekran bo’ylab elektron nurlarning harakati davomida hosil
qilinadi. Bu jarayon skanerlash deb ataladi va qatorlar (gorizontaliga) hamda
kadrlar (vertikaliga) bo’yicha o’tkaziladi. Harakatli video hosil bo’lishi uchun
sekundiga bir nechta kadrni skanerlash zarur. Televizorlarda kadrlar sekundiga bir
necha o’nlab chastotada almashadi.
Television standartlar
Hozirgi kunda uchta asosiy rangli televidinie standarti mavjud:
NTSC (National Television Standard Committee - milliy television standartlar
komiteti) amerika standarti, kadrdagi satrlar soni 525, chastotota 60 GGs
PAL (Phase Alternation Line - o’zgaruvchan fazali satrlar) nemis standarti,
kadrdagi satrlar soni 625. chastota 50 GGs;
SECAM (Sequentiel couleur avec memoire - xotirali ranglar ketma-ketligi)
fransuz standarti, kadrdagi satrlar soni 525, chastota 50 GGs.
Standartlar qo’llanilayotgan modulyatsiya va chastota qiymatlari bilan bir-biridan
farq qiladi.
Raqamli video haqida qisqacha ma’lumot
Raqamli video - ma’lumot raqamli ko’rinishda saqlanuvchi tasvir yoki tasvirlar
to’plami. Unda raqamli signallar va xalqaro television va analogli videoda
qo’llaniladigan tasvirni ekranga chiqarish standartlardan farq qiluvchi standartlar
qo’llaniladi. Raqamli video analogli videoga nisbatan quyidagi ustunliklarga ega:
bu texnologiya tasvir namoyishidagi to’siq va buzilishlarni minimallashtirib,
tasvirlardan nusxa olishdagi sifatni saqlaydi, sifatli ovoz yozadi, tasvirdagi
piksellar miqdori ikki marta ko’proq bo’ladi, videoyozuvlarni tezkor va oson
tahrirlash imkoniyatiga ega va hk.
Zamonaviy texnikalarda qabul qilingan videoni raqamlashtirishni 10 bitli
raqamlash, 13.5 MGs chastotali yorqin signallar diskretizatsiyasi, 6.75 MGs
chastotali ikkita xilma-xil rangli kanallar diskretizatsiyasi tashkil qiladi. Oxirgi
vaqtlarda television va kompyuter videolarini birlashtirish tendensiyalari
kuzatilmoqda. Analogli videotasvirlarni raqamli shaklga o’tkazish maxsus platalar
yordamida amalga oshirilmoqda. Raqamli va analogli videoning bir-biriga
yaqinlashtirilishi analogli signalarning multimedia kompyuterlari bilan o’rin
almashishiga olib keladi. Dastlab video analogli formatdan raqamli formatga
o’tkazilib, kompyuterning xotira qurilmalaridan biriga yoziladi. Bu qattiq disk,
CD, DVD yoki ixtiyoriy boshqa qurilma bo’lishi mumkin. Bunda videoni
kompyuterdagi dasturlar yordamida namoyish etish imkoniyati paydo bo’ladi.
Raqamli videoga qo’yilgan oxirgi qadamlar ham aynan raqamli va analogli
videolar yaqinlashtirilishini ta’minlovchi DVD- Video va HDTV (High Definition
TV - yuqori rezresheniedagi televidenie, bir qator davlatlar tomonidan ishlab
chiqilayotgan yangi format) standartlarining yaratilishi bo’ldi.
Video-ma’lumotlarni saqlash formatlari
CD AVI (Audio Video Interleave - audio va video almashinuvi) - videoni saqlash
va Windows muhitida namoyish etish uchun Microsoft tomonidan yaratilgan
format, tasvir va ovozning bir vaqtda saqlanish imkoniyatini beradi. Bu formatdagi
video yozilishida avval kadr, so’ngra shu kadrga mos ovoz navbatma-navbat
yoziladi. Videokadrlarga bo’linishi tabiiy, lekin ovoz uzluksiz oqimga ega bo’lib,
sun’iy ravishda kadrlarga mos fragmentlarga bo’lib olinadi. Agar ovozni ham
videoni ham videokiritish qurilmasida yozilsa hech qanday muammo yuzaga
kelmaydi, agar ovoz ovoz kartasi yordamida yozilsa, video bilan ovozning aniq
sinxronligi buziladi, ba’zan ovoz tasvirdan “qochadi”. Bu formatdagi
videoyozuvlarda odatda turlicha formatdagi video siqishlar (kompressiya)
qo’llaniladi: Microsoft Video (8va 16-bitli ranglarda), Motion JPEG, Microsoft
RLE (8-bitli ranglarda), Indeo va hk. Dastlab video olish va namoyish etish uchun
Microsoft tomonidan yaratilgan Video for Windows dasturiy to’plami qo’llanilgan,
lekin hozirgi kunda foydalanuvchida buning uchun juday qulay imkoniyatlar ham
mavjud. Bu imkoniyatlarni hisobga olgan holda Microsoft companiyasi AVI
formatni almashtirishga mo’ljallangan ikki yangi format ASF (Advanced
Streaming Format - mukammallashgan potoklar formati) va AAF (Advanced
Authoring Format) formatlarni ishlab chiqish haqida qaror qildi. Bunda eski AVI
formati ham qo’llanishda davom etib, AVI, ASF va AAF formatlarini bir-biriga
aylantirish uchun vositalar yaratilishi rejalashtirilmoqda.
Quick Time Movie (.qt, .mov) - Adobe firmasi tomonidan Quick Time
texnologiyalari asosida yaratilgan video yozish va namoyish etish uchun keng
tarqalgan formatlardan biri. Turli videolarni ciqish formatini podderjka qiladi, shu
jumladan MPEG va Indeo formatlarini ham, shuningdek, uzining xususiy
kompressiya uslubiga ham ega. Mustaqil “yo’lakchalar”ga (video va audio)
ma’lumot yozish imkoniyati mazkur formatning muhim jihati hisoblanadi
Videoma’lumotlar turli yo’lakchalarda turli chastotalarga va razresheniyaga,
audioma’lumotlar - turlicha formatga ega bo’lishi mumkin va hk.
MPEG (Motion JPEG)(.mpg, .mpeg, .dat) - Harakatli tasvirlar bo’yicha ekspertlar
guruhi (MPEG - Moving Picture Expert Group) tomonidan video yozish va
namoyish etish uchun ishlab chiqilgan format. O’zining xususiy kompressiya
algoritmiga ega. Hozirgi kunda raqamli videolarni yozish uchun faol
qo’llanilayotgan MPEG-4 algoritmi ishlab chiqilgan.
Digital Video (.DV) - Raqamli videokamera va videomagnitofonlar uchun
yaratilgan format. Aslida bu format emas balki DV firmasi tomonidan ishlab
chiqilgan siqish diapazoni, kodlash standarti kabi xususiyatlarni aniqlovchi
spessifikatsiya. Signal tarkibiy qismli, MJPEG siqish metodi 5:1 koeffitsiyentli.
Videoma’lumotlarni siqish
Videoma’lumotlarni siqishning asosiy ko’rinishlari:
oddiy, real vaqt rejimida;
simmetrik va asimmetrik;
sifat yo’qotish yoki yo’qotmaslik holatida;
Videopotokni siqish yoki kadrlar bo’yicha siqish.
1.
Oddiy siqish (real vaqt rejimida).
Ko’pchilik tizimlar videoni raqamlashtirish bilan bir qatorda ularni siqadi ham. Bu
operatsiyani sifatli bajarish uchun maxsus quvvatli prossessor talab qilinadi, shu
sababli ko’pchilik kompyuterlardagi video kiritish/chiqarish platalari to’liq metrajli
videolarni tahrirlash imkoniyatiga ega emas va ko’pincha kadrlarni o’tkazib
yuboradi. O’tkazib yuborilgan kadrlar videotasvirlar silliqligini buzadi. Bundan
tashqari kadrlar o’tkazib yuborilishi ovoz va tasvir sinxronligini buzilishiga olib
keladi. Shu sababli raqamlashtirishda qo’llanuvchi videoplata sekundiga 24
kadrdan kam bo’lmagan tezlikni ta’minlashi va kadr o’tkazib yubormasligi zarur.
Bu tasvir buzilishiga yo’l qo’ymaydi.
2.
Simmetrik va asimmetrik siqish.
Farq videoni siqish va dekompressiya uslubi bilan bog’liq. Simmetrik siqish
640x480 razresheniya bilan sekundiga 30 kadr tezlikda videofragmentni namoyish
etishni taqozo etadi, agar uni raqamlashtirish va yozish xuddi shu parametrlar bilan
bajarilgan bo ’lsa. Asimmetrik siqish - bu yetarlicha kattaroq vaqtda sekundiga
videoni qayta ishlash jarayoni. Asimmetriklik darajasi odatda nisbat ko’rinishida
beriladi. 150:1 nisbat siqilgan videoning bir minuti real vaqtdagi taxminan 150
minutga to’g’ri kelishini bildiradi. Asimmetrik siqish sifatli videoga va uning
namoyishi tezligidagi optimallikka erishish uchun juda qulay va samarali uslub
hisoblanadi. Lekin bu uslubda to’liq metrajli rolikni kodlash juda ko’p vaqt olishi
mumkin, shu sababli ham bu kabi jarayonlar ixtisoslashtirilgan kompaniyalar
tomonidan bajariladi.
3.
Sifat yo’qotiladigan yoki yo’qotilmaydigan siqish.
Sifat yo’qotmasdan siqish usullari ko’p emas: ko’p uchraydigan baytlar
kombinatsiyasi kichikroq bitlilariga yoki aniq qiymatlar ketma-ketligi kodlarga
almashtiriladi. Siqish darajasi fayl tipi va uzunligiga juda bog’liq bo’ladi. Ixtiyoriy
holatda ma’lumotlarga dekompressiya (manba ma’lumotlarini tiklash) uchun
ma’lumotlar qo’shiladi. Shu sababli agar fayldagi ma’lumotlar tanlangan
algoritmda yomon siqilsa, fayl hajmi hatto oshishi mumkin. Hatto muvaffaqiyatli
holda ham sifat yo’qotishsiz kompressiyaning darajasi uncha yuqori bo’lmaydi.
Ikki marta siqishning o’zi muvaffaqiyat.
Shu sababli odatda video uchun sifat yo’qotish holati qo’llaniladi, go’yoki ko’zga
sezilmas ma’lumotlar tashlab yuboriladi. Siqish koeffitsiyenti qancha yuqori
bo’lsa, video sifati shuncha zarar ko’radi. Barcha siqish uslublari ba’zi sifat
yo’qtishlarga olib keladi. Hatto ular ko’zga sezilarli darajada bo’lmasada, manba
va siqilgan material orasida doim farq bo’ladi. Raqamli video bilan ishlashda
professionallar siqish koeffitsiyentiga alohida e’tibor qaratishadi. Uni asimmetrik
siqish koeffitsiyenti bilan chalkashtirmaslik kerak.
Bundan tashqari, video sifati faqatgina siqish algoritmiga bog’liq emas, sifat
raqamlivideoplata parametrlariga, kompyuter konfiguratsiyasiga va hatto dasturiy
ta’minotga bog’liq bo’ladi. Videotasvirlarni raqamlashtirish uchun plata
tanlanayotganda raqamli video parametrlarini boshqarish imkoniyatiga alohida
e’tibor qaratish kerak. Videolarni raqamlashtirish va siqish uchun mo’ljallangan
yaxshi tizim videotizimning texnik va dasturiy qismlari uchun muhim parametrlari
ustida amallar bajara olishi kerak. Ko’pchilik hollarda videoning namoyish etish
tezligi (kadrlar chastotasi/s) hal qiluvchi qiymatga ega bo’ladi, lekin bunday
hollarda to’liq ekranli rejimda ishlashni rad etishga to’g’ri keladi. Boshqa hollarda
esa sekundiga 15 kadrli tezlik yetarli bo’ladi, lekin bunda kadrlar sifati ideal
bo’lishi lozim. Videolarni raqamlashtirish va siqish qurilmalari va dasturiy
ta’minoti bu operatsiyalarni boshqara olishi kerak. Siqish uslublari juda
ko’pchilikni tashkil qilishiga qaramasdan videolarni siqishning faqat MPEG
(MPEG-1, MPEG-2 va MPEG-4) xalqaro standarti tan olingan.
4.
MPEG texnologiyasida potokli video siqish uslubi qo’llaniladi, bunda har
bir kadr alohida qayta ishlanmaydi, video fragmentlarning dinamik
o’zgarishlari tahlil qilinadi va ortiqcha ma’lumotlarni yo’qotish amalga
oshiriladi. Ko’pchilik fragmentlarda tasvir foni yetarlicha stabil qoladi,
harakat esa oldingi fonda amalga oshiriladi. Shu sababli MPEG algoritmi
siqishni manba (kalit) kadrini yaratishdan boshlanadi. Qolgan tasvirlarni
tiklashda tayanch kadr vazifasini o’tagan holda ular navbati bilan har 10-15
kadrga ko’chirib boriladi. Faqat ular orasida joylashgan ba’zi tasvir
fragmentlari o’zgarishga duch keladi. Aynan ana shu farq siqishda saqlanib
qoladi. MPEG-texnologiyasini qo’llash natijasida ba’zi sifat yo’qotishga olib
kelsada, 200:1 dan ham yuqori siqish koeffitsiyentiga ega bo’lsih mumkin.
Videomontaj texnologik jarayonlari haqida
Shaxsiy kompyuterlarda videomontaj jarayoni hozirgi vaqtda uchta asosiy
operatsiyani o’z ichiga oladi: raqamlashtirish, raqamlashtirilgan videoni qandaydir
axborot tashuvchida saqlash va raqamlashtirilgan tasvirlarni dasturiy vositalar
yordamida o’zgartirish.
Raqamlashtirish - bu analogli manba (masalan, videokamera) signalini raqamli
shaklga aylantirish hisoblanadi. Raqamli videokameradan foydalanilganda bu
operatsiyaga hojat qolmaydi, chunki bunda raqamlashgan signalga ega bo’lamiz.
Almashtirish aniqligi ikkita asosiy xarakteristika: raqamlashtirish darajasi va
diskretizatsiya chastotasiga bog’liq bo’ladi. Raqamlashtirish darajasi deganda
kiruvchi signallar bo’linadigan amplitudalar bo’yicha darajalar soni tushuniladi.
256 darajaga bo’linganida ma’lumot yo’qotilmasligi aniqlangan. Diskretizatsiya
chastotasiga raqamlanayotgan tasvir razresheniyasi bog’liq bo’ladi. Masalan,
720x576 razresheniyeda diskretizatsiya chastotasi 13.5 MGsni tashkil qiladi.
Ikkinchi amal - raqamlangan tasvirning qaysidir axborot tashuvchida saqlanishi
bo’lib, texnik tomondan jarayondagi eng murakkab amal hisoblanadi. Buning
uchun turlicha ma’lumotlarni siqish texnik-dasturiy uslublar qo’llaniladi.
Uchinchi amal - raqamlashtirilgan va siqilgan tasvir va ovozni dastiy vositalar
yordamida o’zgartirish bo’lib, bu jarayon yakunida olingan natijani qiyinchiliksiz
axborot tashuvchilarda saqlash mumkin bo’ladi. Bu amallar asosan kompyuter
qurilmalari yordamida bajariladi.
|