|
II BOB. Didaktik o’yinlarning bola faoliyatida ahamiyati
|
bet | 6/7 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 45,06 Kb. | | #256036 |
Bog'liq O’yin bola faoliyatining asosiy turi Reja I. Kirish II. Asosiy II BOB. Didaktik o’yinlarning bola faoliyatida ahamiyati.
2.1Kichik va o'rta guruh yoshidagi bolalarda qurilish
o'yinlarining o’rni
O'rta guruhda qum kichik guruhga nisbatan ko'p to'kiladi. Yashik oldiga buferda ham o'yinchoqlar uchun javoncha bo'ladi. Bu yoshdagi bolalar o'yinning mazmuni murakkablashib borishi uchun tarbiyachi yordam beradi: qumdan nimalar qurish mumkinligini ko'rsatib, bolalarga ko'maklashadi, ularning o'yinlarida qatnashadi.
Katta guruh bolalari qumdan katta inshootlar quradilar. Shuning uchun bu guruh bolalariningqumiyashikdaemas, balki bog'cha maydonchasining biron joyiga ancha ko'p miqdorda to'kiladi. Bu bolalar uchun qumdan tashqari loy ham bo'lishi kerak. O'yinga qo'shimcha materiallar: tabiat materiallari, ip, yog'och, faner va boshqalar ham zarur. O'ynab bo'lgandan keyin bularning hammasini maxsus ajratilgan joyga olib borib qo'yish kerak. Bolalar shahar ko'chalarini, xo'jalik dalasi, hayvonot bog'i, baland binolarni quradilar. Buning uchun qumdan, loydan va tabiat materiallaridan foydalanadilar.
Suv bilan o'ynash. Bolalar suvni juda yaxshi ko'rishadi. Ularning suv bilan o'ynashlari uchun bog'cha hovlisida maxsus suv havzasi tashkil qilinadi, guruh xonasida esa oyoqli qurilma ustiga vanna o'rnatiladi. Suv bilan o'ynash uchun sellyuloiddan, rezinadan yasalgan o'yinchoqlar: baliqchalar, o'rdakcha, g'ozcha, vannasi bor qo'g'irchoqcha, qayiqchalar (yasalgan va sotib olingan), suvda suzib yuradigan narsalar kerak.
Kichik bolalarning suv bilan o'ynaydigan o'yinchoqlari oddiy bo'lib, unda o'yinchoqlarning suzishini tomosha qiladilar. Bolalar suv bilan o'ynab kichkina-kichkina syujetni aks ettiradilar: baliq va o'rdakchalarni ovqatlantirib, qo'g'irchoqni vannada cho'miltirishadi, qayiqda yo'lovchilarni uchirishadi.
O'rta va katta guruh bolalarining suv bilan o'yini ancha murakkablashadi. Ular daryoda paroxodlarni yurgizishadi, poraxod to'xtaydigan bandargohlar qurishadi. Suzadigan o'yinchoqlarni harakatga keltirishadi. Suv bilan o'ynash natijasida bolalar suvning xususiyatini, nimalar cho'kib, nimalar suzishini bilib olishadi. Suv bilan o'ynash juda foydali, shuning uchun bolalarning guruh-guruh bo'lib suv bilan o'ynashlari uchun imkoniyat yaratib berish kerak.
Qor o'yinlari. Qishda bog'cha maydonchasida qor bilan o'ynash bolalar uchun eng qiziqarli faoliyat turi hisoblanadi. liar bir bolada yog'och belkurakcha va qorni tashish uchun yashikcha bilan chana bo'lishi kerak. Kichkina bolalar kattalar yig'ib qo'ygan qor uyumini yog'och belkurakchalari bilan kovlashadi. Qorni tepaga sochib, uning to'kilishini kuzatishadi, yashiklarga qor solib, boshqa joyga tashishadi va hokazo.
Har bir xalqda asrlar davomida kattalarning bolalar uchun yaratgan o'yinlari va bolalarning o'zlari yaratgan ba'zi o'yinlari mavjud. Har qaysisi ham avloddan avlodga o'tib kelgan va xalq og'zaki ijodining o'ziga xos shakliga aylangan. Ularning har biri bola shaxsiga ta'sir ko'rsatadi, biroq o'yinning u yoki bu turiga mansub deyish uning asosiy tarbiyaviy ta’siriga ko'ra aniqlanadi. Masalan: «Oq terakmi ko'k terak, bizdan sizga kim kerak» harakatli o'yinida bolalardagi chaqqonlik, zehnlilik, chidamlilik malakalari rivojlanadi.
Katta guruhda didaktik o'yinlar quyidagi vazifalarni hal etishni maqsad qilib qo'yadi: kuzatuvchanlik, narsalarni tekshira bilish, bir biriga taqqoslay olish, ularning belgilaridagi kichik farqlarni (rangi, shakli, katta-kichikligi, materiallarni seza bilish, narsalarning joylanishidagi o'zgarishlarni) aytib bera olish kabi sensor qobiliyatlarni tarbiyalash; biron hayvon, o'simlik, transport ta'rif-tavsif qilib berilganda, ularning nomini topa bilish malakasini o'stirish, bolalarning umumiy tasavvurini, buyumlarni umumiy belgilariga qarab guruhlarga bo'lish qobiliyatini rivojlantirish, so'z faolligini faollashtirish va to'ldirish; qismlardan yaxlit narsalar (kubiklar, mozaika va boshqalar)yasash malakasini o'stirish.
Maktabga tayyorlov guruhida didaktik o'yinlar hamma yosh guruhlaridagi kabi alohida o'rin tutadi va bu guruhda didaktik o'yinlar orqali quyidagi ta’lim - tarbiyaviy vazifalar amalga oshiriladi: bolalarda didaktik o'yinlarga qiziqish uyg'otish, har bir narsani bilishga havas, kuzatuvchanlik, diqqat-e’tibor, ziyraklik, aqliy vazifalarni mustaqil hal qilish malakasini tarbiyalash. Ularga narsalarni turkumlarga bo'lishda yordamlashuvchi o'yinlarni, domino, mozaikaning har xil turlarini, shashka, sakrovchi biryo'lkalarni jumboq o'yinlar, og'zaki o'yinlar ("Dengiz to'lqillanmoqda”, "Qora va oq"), ranglarni va ulardagi nozik ayirmalarni bir-biridan farqlashni o'rgatadigan o'yinlar o'tkaziladi.
Musiqaviy-didaktik o'yinlar orqali esa bolalarni tovushlarga diqqat bilan quloq solishga ("Tovushlarni takrorla", "Ikki metalafonni galma-gal chalish" va h.k) ritmik shaklni gavdalantirib berishga ("O'z ritmingni o'ylab ol”, "Bolalar va filchalar”), dinamik farqlarni bir-biridan ajratishga ("Ovchilar va quyonlar”) o'rgatiladi.
Didaktik o'yinda bolalar har doim o'zlarini o'ynayotgandek his etishlari kerak.
Narsalar bilan o'tkaziladigan didaktik o'yinlardan tarbiyachi bolalarni narsalar, ularning xususiyatlari va bir-biridan farq qiladigan xususiyatlari bilan, ularni ishlatish usullari bilan tanishtirish vositasi sifatida foydalanadi.
Bolalarning narsalar, ularning sifati to'g'risidagi bilimlarni mustahkamlash uchun har xil o'yinchoqlar, suratlar, uy-ro'zg'or buyumlaridan foydalaniladi. O'yinchoqlar bilan o'ynaladigan o'yinlar. "Xaltachada nima bor?” o'yinning maqsadi, o'yinchoqlarning nomlari bilan tanishtirish va bu o'yinchoqlar to'g'risida bilimlarni mustahkamlash, tovushlar talaffuzini mashq qildirishdir. "Bu nima?" o'yinida bolalar qo'g'irchoqqa har xil narsalar va ularning ishlatilishi to'g'risida gapirib beradilar. Bunday o'yin guruhda, bog'cha maydonchasida, uxlash xonasida o'tkazilishi mumkin.
Didaktik o'yinlarda tarbiyachi bolalarni faqat narsalarning nomi va ular nimaga kerakligi bilan tanishtiribgina qolmay, balki shu narsalarning shakli, rangi, katta-kichikligi, fazoda tutgan o'rni haqida ham tanishtiradi.
Har bir buyum va o'yinchoq o'zining aniq tashqi ko'rinishiga ega bo'lishi kerak, o'yinda esa qo'yilgan maqsad narsaning asosiy belgisini ajrata bilishga imkon tug'dirishi lozim.
Bunday talabga xalq o'yinlari o'z shaklining aniqligi, rangining tiniqligi bilan ko'proq javob bera oladi. Bolalarni o'ylashga, aqliy vazifalarni bajarishga undaydigan o'yinlar ham katta ahamiyatga ega. Bolalarning rang haqidagi tushunchalarini mustahkamlash va aniqlash uchun quyidagi o'yinlar o'tkaziladi: sharlarni rangiga qarab to'plash, "Dumaloqni dumalatish”, xalqachalarni ipga o'tkazish, "Shu rangdagi dumaloqni dumalatish”, "Kimda mana bu rangdagi xalqacha bor”, "Kim mana bu rangdagi haltachani topa oladi” va h.k.
Shakl, rang predmetlarning asosiy belgisidir. Shakl to'g'risida tushunchalarni "Xaltachada nima bor”, "Nima o'zgardi?”, "O'yinchoqlar do'koni”, "Qo'g'irchoqni kiyintiramiz”, "Bu nima?" va boshqa o'yinlar orqali aniqlash va mustahkamlash mumkin.
Qo'g'irchoq bolalarning eng sevimli o'yinchoqlaridan biri. Har bir bolalar bog'chasida didaktik jihozlangan o'yinchoq bo'lishi kerak. Qo'g'irchoq jihozlariga kiyim, ichki kiyim, poyabzal, idish-tovoq, mebel o'yinchoqlar kiradi.
Qo'g'irchoq bilan quyidagi o'yinlarni o'tkazish mumkin: "Qo'g'irchoqni kiyintiramiz”, "Qo'g'irchoqni sayrga otlantira miz", "Qo'g'irchoqni mehmon qilamiz”, "Qo'g'irchoqlar bayra- mi”, "Qo'g'irchoqningtug'ilgan kuni”, "Qo'g'irchoqni uxlatamiz”.
O'yinlar topishmoqlar bilan qo'shib olib borilganda qiziqarli o'tadi. Masalan, "Qo'g'irchoqni uxlatamiz” o'yinida qo'g'irchoqqa karovat tayyorlayotganda tarbiyachi "Uzun,yumshoq, yo'l-yo'l ” (matras), "Oq, toza, to'rt burchak..."(yostiq), "Paxtali issiq..." yoki "junli issiq”(adyol) va boshqa topishmoqlarni aytishi mumkin. Qo'g'irchoqning karovati tayyor bo lgandan keyin qo'g'irchoqni yotqizib, "alia" aytadi.Mebellarning nimaga ishlatilishi, o'yinchoqlarning nomini mustahkamlash uchun "Qo'g'irchoqqa xona yasatamiz”, "Qo'g'irchoqqa o'yinchoq sovg'a qilamiz” kabi o'yinlarni o'tkazish mumkin.
Tarbiyachi bolalarni narsalar, ularning nomlari, belgi sifatlari, nimaga ishlatilishi bilan tanishtiribgina qolmay, muayyan predmetlar orqali ularni oddiy turlarga ajratishni o'rgatib boradi; ayiq, qo'g'irchoq,
quyon-o'yinchoqlar; kastryulka, tarelka, choynak-idish-tovoq.
O'yinlarni narsa va buyumlarning tasvirli rasmlari orqali ham o'tkazish mumkin. Bularga "Bu narsa o'zi to'g'risida nima deydi?” "Kim birinchi bo'lib aytib beradi?" (bolalar diqqatini rivojlantirishga qaratilgan qo'g'irchoq, narsa va ularning shakli, rangi to'g'risida), "Kim bo'ladi?”, "Qaysinisi bir xil qaysinisi har xil?” kabi o'yinlarni ko'rsatsa bo'ladi.
Bolalarning tabiat to'g'risidagi bilimlarini mustahkamlash uchun "Hidiga qarab top”, "Mazasiga qarab top”, "Ushlab ko'rib top”, "Kim nimani eshityapti” kabi o'yinlarni o'tkazish maqsadga muvofiqdir.
Kichik yoshdagi bolalar bilan so'zli o'yinlar o'tkazilmaydi.
Katta va tayyorlov guruhlarida didaktik o'yinlar o'zining mazmun va g'oyasi jihatidan ancha murakkabdir. Bu yoshdagi bolalar bilan buyum va rasmlar bilangina didaktik o'yinlar o'tkaza qolmay, so'zli didaktik o'yinlar ham o'tkaziladi. Buyumlar va rasmlar bilan o'tkaziladigan didaktik o'yinlarda bolalarning narsalar sifati, xususiyati, nimadan yasalgani, qayerda qilingani, nima uchun kerakligi va hokazolar to'g'risidagi bilimi aniqlanadi hamda mustahkamlanadi. Bunday o'yinlarga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin: "Nima nimadan yasalgan?", "Guruh xonasiga sayohat", "Ovoziga qarab top” va boshqalar.
Umumlashtirishga o'rgatish bo'yicha turlarga ajratishni o'rgatuvchi o'yinlar katta o'rin egallaydi. "Qaysi fabrikada nima ishlar bajariladi?” "Fabrikada nima ish qilinadi, dalada nima yetishtiriladi?", "Kimga nima kerak?", "Kim nima bilan ishlaydi?” "Qayerda o'sadi?" "Sayohat” (shahar bo'ylab, dalaga maktabga va hokazo), "Pochta” va boshqalar.
Bolalarda dastlabki matematik tasavvurlarni rivojlanti- ruvchi didaktik o'yinlar ham o'tkaziladi. Masalan, "Kim sanashni biladi?", "Yuramiz, yuramiz-to'xtaymiz”, "Bizning kun”, "Yil fasllari” va boshqalar.
Bolalar nutqini rivojlantirish uchun quyidagi o'yinlarni o'tkazish mumkin: "So'z qo'sh", "Orkestr", "Mana bu tovushga so'z top”, "So'zlardan hikoya tuz” va h.k.Yuqorida sanab o'tilganlar jamoa o'yinlaridir. Bular asosida yana bir qancha o'yinlar topish mumkin.
Didaktik o'yinlarga rahbarlik. Boshqa o'yinlar singari, didaktik o'yinlarga ham tarbiyachi rahbarlik qilishi lozim. Birinchi navbatda didaktik o'yinni va unga kerakli materialni tanlash kerak. Hamma guruhlar didaktik jihozlarga, bo'yi 40- 50 sm keladigan qo'g'irchoqqa ega bo'lishi lozim. Uning jihoziga quyidagilar kiradi:
ichki kiyim, ko'ylak, ishton, rezinka, uzun paypoq;
pahmoq, satin, shoyi ko'ylak, fartuk, so'lakcha;
qishlik palto, kuzlik palto;
bosh kiyimlar: shapkacha, panasma, qalqopcha, shlyapacha;
poyabzal: tufli sandal, yumshoq shippak;
yotadigan va oshxonada ishlatiladigan narsalar - ko'rpa- yostiq, matras, adyol, choyshab, ko'rpa jildi, yostiq jildi, sochiq, dasturxon, salfetka.
Bu hamma narsalar o'ziga mos rangda (qizil, pushti, to'q qizil va h.k.) har xil sifatli gazmoldan tikilgan va nomi har xil bo'lishi kerak.
Qo'g'irchoqdan tashqari har xil hayvonlar, qushlar, idish- tovoqlar, va transportni aks ettiruvchi o'yinchoqlar ham bo'lishi kerak.
2.2Maktabgacha ta'lim tizimida o'yinlar texnologiyasi.
O'yin texnologiyasining nazariy asoslari. Bugungi kunda ta’lim tizimida, jumladan, maktabgacha ta’lim tizimida ham yan gi pedagogik texnologiyalar, interfaol usullardan keng foy- dalanilmoqda. Bu texnologiyalarning mazmun-mohiyatini, asosiy tamoyillarini, qonuniyatlarini, ulardan samarali foydalanish yo'llarini amaliyotchi-tarbiyachi va o'qituvchilarga yetkazib berish pedagogika fani oldida turgan dolzarb muammolardan biridir.
Ta’lim texnologiyasi tushunchasi ta'lim maqsadiga erishish quroli, ya'ni oldindan loyihalashtirilgan ta'lim jarayonini yaxlit tizim asosida bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish va shu maqsadga erishishning metod, usul va vositalari tizimini, ta'lim jarayonini boshqarishni ifodalaydi.
Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi bola shaxsini rivojlantirish orqali ta'lim maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat. Pedagogik texnologiyaning tamoyillari quyidagilardir: kafolatlangan yakuniy natija, ta'limning sama- radorligi, qaytuvchan aloqaning mavjudligi, ta'lim maqsadining aniq shakllanganligi.
O'yin texnologiyasi ham o'yin metodidan o'zining aniq maqsadi, amalga oshirish kerak bo'lgan jarayonlarning mantiqiy ketma-ketligi va o'zaro bog'liqligi, oldindan belgilangan nati- jalarga erishish kafolati bilan farq qiladi.
L.S. Vigodskiy o'yinni bolaning ichki ijtimoiy dunyosi, ijtimoiy buyurtmalarni o'zlashtirish vositasi sifatida ta’riflaydi.
Har qanday o'yin muayyan vazifalarni bajaradi:
maftunkorlik;
kommunikativlik;
o'z imkoniyatlarini amalga oshirish;
tashxis;
o'yin ishtirokchilari o'rtasidagi muloqot;
ijtimoiylashuvlik.
S.A. Shmakovning ta'kidlashicha, o'yinlar quyidagi to'rt asosiy xususiyatga ega:
erkin rivojlantiruvchi faoliyat, ya’ni bola o'yinni o'zi tanlay- di, unda faol ishtirok etadi. Bunda birinchi navbatda, yakuniy natija emas, balki o'yin jarayoni muhim ahamiyatga ega;
ijodiy xarakter, ya'ni o'yin jarayonida bolalar uchun ijod qilishga katta imkoniyatlar mavjud;
emotsional ta’sir - bola o'yinda markaziy o'rin egallash- ni xohlaydi, g'olib bo'lishga intiladi, bu bolaning faolligini oshirishga yordam beradi;
asosiy va qo'shimcha qoidalar o'yin mazmuni, uning mantiqiy ketma-ketligini belgilaydi.
O'yin strukturasiga maqsad, rejalashtirish, maqsadga erishish, natijalarni tahlil qilish kabi komponentlar kiradi. O'yinning eng asosiy xususiyati uning ijodiyligidadir. U o'zaro kurash, musobaqalashish, raqobat shaklida namoyon bo'ladi.
O'yin faoliyat sifatida maqsadni belgilab olish, rejalashtirish va amalga oshirish, natijalarni tahlil qilishni qamrab oladi va bunda shaxs subyekt sifatida o'z imkoniyatlarini to'la amalga oshiradi.O'yinli faoliyatni motivatsiyalash o'yin xarakterining musobaqalashish shartlari, shaxsning o'zini namoyon qila olishi, o'z imkoniyatlarini amalga oshirish ehtiyojlarini qondirishdan kelib chiqadi. Jarayon sifatida o'yin tuzilmasi (G.K. Selevko ta’biricha) quyidagilarni qamrab oladi:
o'ynash uchun olingan rollar;
bu rollarni ijro etish vositasi bo'lgan o'yin harakatlari;
haqiqiy narsalarni shartlilarga almashtirish;
o'yinda ishtirok etuvchilarning real o'zaro munosabatlari;
o'yinda shartli ravishda yaratilgan sujet (mazmun).
Har qanday texnologiyada, jumladan, o'yin texnologiyalari- da ham, o'quv maqsadi aniq belgilanishi zarur. Bu texnologi yaning asosiy negizidir. Maqsad to'g'ri qo'yilishi uchun tarbiyachi bolaga nimani o'rgatmoqchi bo'lganligini bilishi kerak. Bitta mashg'ulotda bitta maqsad qo'yilishi maqsadga muvofiq. Masalan, bolalarni 3 raqami bilan tanishtirish yoki yil fasllari haqida tushuncha berish va h.k.
O'yin texnologiyalari (ayniqsa, bog'cha bolalari uchun) rivoj- lantiruvchi maqsadlarni (bolaning idrok, xotira, diqqat, tafak- kurini rivojlantirish) amalga oshirishi ham mumkin. Bunda o'yin jarayonida yakuniy natija muhimroq bo'ladi.
Maktabgacha ta'lim tizimida pedagogik o'yinlarning shakllari va amalga oshirish metodlari.
Pedagogik ijrochilik o'yinlarini bola uch yoshdan boshlab o'zlashtira boshlaydi. Shu yoshga kelib bola odamlar o'rtasidagi munosabatlar bilan tanisha boshlaydi, hodisalarning ichki va tashqi tomonlarini ajrata boshlaydi, o'zida ichki kechinmalarni seza boshlaydi. Ularga munosabat bildiradi.
Maktabgacha yoshda bolalar o'yin faoliyatini o'zlashtira borib ijtimoiy qadrli va ijtimoiy baholanuvchi faoliyatga tayyor- lana boshlaydilar. Maktabgacha ta'lim tizimida qo'llaniladigan pedagogik o'yinlarning quyidagi turlari mavjud:
Bolalar kayfiyatini ko'taruvchi.
Hamkorlikka chorlovchi.
Bolalarni o'zligini namoyon etishga chorlovchi.
Bolalarda o'ziga ishonch hissini shakllantiruvchi, jismoniy va intellektual muammolarni yo'qotishga qaratilgan.
Maktabgacha bolalar xatti-harakatidagi cheklanishlarni tavsiflovchi (diagnostika).
Bolalar shaxsi strukturasiga ijobiy korreksiyalar beruvchi.
Millatlararo bag'rikenglikni shakllantiruvchi.
Bolalarda ijtimoiy, jamoaviy munosabatlarni shakllantiruvchi o'yinlar.
Pedagogik o'yinlarni quyidagicha tasniflash mumkin.
Faoliyat turlariga qarab: ijtimoiy intellektual, mehnat, ijtimoiy va psixologik o'yinlar.
Pedagogik jarayonlarning xarakteriga qarab: ta’lim-tarbi- yaviy, rivojlantiruvchi, ijodiy, psixotexnik o'yinlar.
O'yinlar metodlariga qarab: predmetli, sujetli, badiiy rolli, hodisalarni tasavvur etuvchi va dramalashtiruvchi o'yinlar.
Predmetlar asosidagi o'yinlar: matematik, biologik, ekologik, musiqali, texnikaviy, jismoniy tarbiyalovchi,iqtisodiytejamkor- lik va ishbilarmonlik, tadbirkorlikni rivojlantiruvchi o'yinlar.
O'yin vositalari bo'yicha: o'yin vositalari (koptok, pirami- da, kub va boshq.) bilan amalga oshiriladigan o'yinlar va o'yin vositalarisiz amalga oshiriladigan o'yinlar xontaxta ustida, xonada va dalada o'ynaladigan o'yinlar, kompyuter va televizor o'yinlari kabi texnik vositalar.
.
|
| |