O‘zbek mediamatnlarining pragmatik xususiyatlari




Download 25.38 Kb.
bet2/3
Sana08.07.2022
Hajmi25.38 Kb.
#24825
1   2   3
Bog'liq
o zbek radio tili tahrirlandi
110 баллилова, протокол, учредительный договор, Biologik faol moddalar. Biologik faol modda tushunchasi. Bola , 1Дех ва мел асос Нам даст ДОРИВОР, 205, 7-topshiriq, 44, Фориш тумани прокурори, 2.03-Ona-tili-oqitish-metodikasi, A.Muxtorov, U.Sanaqulov. O\'zbek adabiy tili tarixi 2, 34e5eb22a4ba5968e142c8fac68fae9e TIlshunoslik asoslari, 6fffadab461fe0d81b1cd422fe1ad8d2 TILSHUNOSLIK ASOSLARI, УКУВ КУЛЛАНМА география методика
Keywords: media, radio language, radio, medimatns, pragmalinguistic direction, anthropocentric, linguistics, scientific research, television, social communication, journalistic aspect, speech culture.

Ommaviy axborot vositalarining shiddat bilan rivojlanishi insoniyatni axborotga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlamoqda. Bugungi kunda mavjud informatsion kommunikatsiya texnologiyalari o‘zining qulayligi va tezkorligi bilan ommalashib, axborot oqimini qabul qilishni osonlashtirmoqda. Zero, har bir davrda kishilik jamiyati uchun axborotga ehtiyoj yuqori bo‘lgan. Ayniqsa raqamli texnologiyalarning vujudga kelishi mazkur jarayonni nihoyatda rivojlantirib yubordi.


Mamlakatimizda ham aholi orasida matbuot, radio va televideniyaga qiziqish nihoyatda kattadir. Shuning uchun bugungi kunda davriy nashrlar, radio dasturlar, teleuzatuvlar hamda internet yanada rivojlanib, jamiyatimiz orasida keng tarqalib yurtimizning eng chekka hududlarigacha yetib bormoqda. 1998-yilda “ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida” o‘zbekiston respublikasi qonuni qabul qilingan. Ushbu qonunning birinchi moddasida: “ommaviy axborot vositalari deganda gazetalar, jurnallar, tele va radiodasturlar, hujjatli kino, ommaviy axborotni keng ommaga yetkazuvchi davriy nashrlar nazarda tutiladi”[1] - deb belgilab qo‘yilgan.
Yuqoridagi qonun hujjatida ta’kidlanganidek, radio ham ommaviy axborot vositalaridan biri sanaladi. Radio yurtimizda eng rivojlangan hamda xalqimiz orasida o‘zining foydalanishga qulayligi va nihoyatda ommabopligi bilan ajralib turadigan vosita hisoblanadi. Bu vosita har bir xonadonga kirib borgan va kishilarning yaqin hamrohiga aylangan desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
“Radio (lotincha radius - "nur") elektromagnet to‘lqinlar orqali signallarni simsiz uzatish texnologiyasidir.
Radio — nurlanaman, nur tarqataman) — 1) axborotlarni radioto’lqinlar (elektrmagnit to‘lqinlar) yordamida uzoq masofadan simsiz uzatish va qabul qilish usuli. 1895 yilda A.S.Popov ixtiro qilgan; 2) simsiz uzatish usuliga asoslanib fizik hodisalarni o‘rganish, bu usuldan radioaloqa, radiroeshittirish, televideniye, radiotelemexanika, radiolokatsiya, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, masofadan turib boshqarish (teleboshqarish)da, tibbiyotda va boshqa maqsadlar uchun foydalanish bilan bog‘liq”[2]. Radioning kashf qilinishi bugungi kunda barcha electron texnologiyarning yaratilishiga asos bo‘lib xizmat qildi. Shuning uchun uni insoniyatning eng buyuk kashfiyotlaridan biri desak yanglishmaymiz.
Radio kishilik jamiyatida nihoyatda muhim o‘rin tutadi. U kishilarning dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini boyitish, so‘zlash madaniyatini shakllantirish hamda madaniy hordiq olish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Internet davri deb nom olgan bugungi kunda ham radio o‘z xususiyatini yo‘qotgan emas. Shu boisdan o‘zbek radio tilini nafaqat publitsistik aspektda, balki kontekst, nutq vaziyati, til egalarining voqelik haqidagi umumiy bilimlari, til bo‘yicha ko‘nikmasi kabi tashqi omillar asosida o‘rganuvchi pragmalingvistik yo‘nalishda ham tadqiq etish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
O‘zbek media nutqini radio tili misolida pragmalingvistikaning yuqorida keltirilgan yo‘nalishlarida tadqiq etish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, jahon tilshunosligida ommaviy axborot vositalarining rivojlanishi uning tili va uslubini o‘rganishdek yo‘nalishni yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Natijada o‘tgan asrning oxirlarida tilshunoslikda medialingvistika tushunchasi vujudga keldi. Medialingvistika yangi tushuncha sifatida ommaviy axborot vositalari, jurnalistika va tilshunoslik fanlari bilan bog‘liq holda tadqiqot obyektiga aylandi. Tilshunoslikda mediamatn tushunchasiga turlicha tavsif beriladi. Masalan, G.S.Melnikning fikricha: “mediamatn tushunchasi ostida ommaviy auditoriyaga mo‘ljallangan istalgan shakldagi va janrdagi, ya’ni u xoh gazeta maqolasi bo‘lsin yoki teledastur, videoklip, reklama xabari yoki bo‘lmasa film ko‘rinishidagi mediamahsulot tushunilishi”[3] ni ta’kidlaydi.
Bugungi kunda radio tilini tilshunoslikning antroposentrik tamoyillari bo‘yicha tadqiq etish ko‘plab tilshunos olimlarni qiziqtirib kelmoqda. Radio tilining pragmalingvistik xususiyatlariga bag‘ishlangan qator ilmiy tadqiqot ishlari e’lon qilingan.
Jahon miqyosida olimlar mediamatnlarni o‘rganish sohasida radio va televideniya misolida izlanishlar olib borganlar. Radio va teleefir nutqi B.H.Bgajnokov[7], S.V.Svetana[11], S.I.Bernshteyn[5], A.A.lyontev[9], O.A.Lapteva[8], L.L.Sondler[10], G.N.Ivanova-lukyanova[4], B.D.Gaymakova[6], Zarva M.V [12,13] va boshqa tadqiqotchilar tomonidan turli aspektlarda o‘rganilgan.
Radio tili o‘zbek olimlari tomonidan ham tadqiq etilgan. Jumladan, adabiyotshunos olim S.Sodiqov asosan, publitsistik nuqtai nazardan o‘rgangan. Shu bilan birgalikda bu haqda tilshunos olim D.Teshaboyevaning doktorlik dissertatsiyasida ham ommaviy axborot vositalari tili xususida ma’lumotlar bor. Xususan, D. Teshaboyeva o‘zining “Ommaviy axborot vositalari tilining nutq madaniyati aspektida tadqiqi” (O‘zbekiston Respublikasi OAV misolida) deb nomlangan doktorlik dissertatsiyasida shunday yozadi: “Bizning tadqiqotimiz radio tilini o‘rganishdaasosan uch xil lisoniy yondashuvda olib borildi: 1) me’yoriy yondashuv, 2) kommunikativ yondashuv, 3) etik yondashuv. Bundan tashqari funksional-stilistik yondashuvga ham qaysidir jihatdan e’tibor qaratilgan.”[14]
Yuqorida keltirilgan fikrlardan ko‘rinib turibdiki, jahon tilshunosligida radio va televideniya tilini pragmalingvistik tadqiq etish bo‘yicha ko‘plab olimlar ilmiy izlanishlar olib borganlar. Biroq o‘zbek radio tilini pragmalingvistik jihatdan o‘rganish borasidagi ishlar yetarli emasligi namoyon bo‘lmoqda. Shu bois mazkur yo‘nalishdagi ishlarni ko‘paytirib, natijalarni fan va ta’lim jarayoniga tadbiq etish zarur.
Xulosa qilib aytganda, radio kishilar bilan ijtimoiy muloqot jarayonida ularga axborot vositasida ta’sir o‘tkazib, ta’lim-tarbiya beradigan vositadir. Shu boisdan radio nutqini pragmalingvistik tadqiq etish tilshunoslikning dolzarb muammolaridan sanaladi. Radio tilini pragmatik tadqiq etib natijalarni amaliyotga joriy qilish mavjud radio eshittirishlarni yanada yuqori sifatda tinglovchiga yetib borishiga xizmat qiladi.


Download 25.38 Kb.
1   2   3




Download 25.38 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbek mediamatnlarining pragmatik xususiyatlari

Download 25.38 Kb.