• Milliy valyutaning qabul qilinishi.
  • Zamonaviy transport-kommunikatsiya tizimining shakllanishi.
  • 2016-yil iyunda Angren–Pop temir yo‘li va Qamchiq tunneli ochildi.
  • Milliy avtomobilsozlik sanoatiga asos solinishi.
  • 1996-yil iyulda “O‘zDAEWOOavto” qo‘shma korxonasi ochildi.
  • Agrar islohotlar.
  • O‘zbek modelining ishlab chiqilishi. Iqtisodiy islohotlarning boshlanishi




    Download 2.72 Mb.
    Sana28.01.2023
    Hajmi2.72 Mb.
    #39889
    Bog'liq
    abdubannonov Qobiljon, Internet uchun 1, Ekologik ekspertiza to‘g‘risida, 2021, 2, o-quvchilarning-yozma-savodxonligini-oshirishda-yozma-ishlarning-o-rni, 4225-Текст статьи-10340-1-10-20211206

    O‘zbek modelining ishlab chiqilishi. Iqtisodiy islohotlarning boshlanishi

    Mustaqilligini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston sovet tuzumi davridagi iqtisodiyot asosini tashkil etgan rejalashtiruvchi siyosatdan voz kechdi va bozor iqtisodiyoti yo‘lini tanladi.

    Iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy strategik maqsadi, avvalo, kishilar turmushi va faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydigan, kuchli va muntazam rivojlanib boruvchi iqtisodiy tizimni barpo etishdir.

    O‘zbekiston Oliy Kengashi 1991-yil 18-noyabrda “Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonun qabul qildi.

    Milliy valyutaning qabul qilinishi.


    O‘zbekiston davlat mustaqilligini qo‘lga kiritib, o‘zining milliy valyutasini muomalaga kiritishga kirishdi.
    Uning kursi oldin muomalada bo‘lib kelgan rublga tenglashtirilgan edi.
    1993-yil
    1-noyabrdan O‘zbekistonda so‘m – kupon muomalaga kiritildi.

    1994-yil 1-iyulidan boshlab respublika hududida yagona, cheklanmagan va qonuniy to‘lov vositasi sifatida milliy valuta – so‘m muomalaga chiqarilgan.

    Zamonaviy transport-kommunikatsiya tizimining shakllanishi.


    O‘zbekistonning yagona temir yo‘l tarmog‘ini vujudga keltirish bo‘yicha 1994–2001-yillarda uzunligi 700 kilometrga yaqin Navoiy– Uchquduq–Nukus temir yo‘li qurib bitkazildi.

    “O‘zbekiston havo yo‘llari” belgisi bilan parvoz qilayotgan samolyotlar turli davlatlarda joylashgan 40 dan ziyod aeroportga muntazam qatnay boshladi.

    2016-yil iyunda Angren–Pop temir yo‘li va Qamchiq tunneli ochildi.


    Qamchiq tunneli

    Toshkent– Samarqand yo‘nalishi bo‘ylab tezyurar yo‘lovchi tashishni tashkil qildi. Yangi tezyurar poyezd nomi Afrosiyob bu – Samarqand viloyatida joylashgan qadimiy shahar sharafiga qo‘yildi.


    Afrosiyob tezyurar poyezd

    2017-yilda Islom Karimov nomi berilgan Toshkent xalqaro aeroporti Markaziy Osiyodagi yirik xalqaro aeroportlardan biri hisoblanadi.


    Buxoro, Samarqand va Urganch aeroportlari xalqaro aeroport maqomini oldi.

    Milliy avtomobilsozlik sanoatiga asos solinishi.


    1992-yil avgustda Toshkentda Janubiy Koreyaning “DAEWOO
    Motors” korporatsiyasi va O‘zbekistonning “Avtoqishxo‘jmash” davlat konserni o‘rtasida Andijon viloyatining Asaka shahrida avtomobil ishlab chiqaradigan “O‘zDAEWOO avto”
    qo‘shma korxonasini qurish to‘g‘risida shartnoma imzolandi.

    1996-yil iyulda “O‘zDAEWOOavto” qo‘shma korxonasi ochildi.


    “MAN Auto Uzbekistan” (2009),
    “GM Powertrain Uzbekistan” QK
    asosiy ishlab chiqarish kompaniyalari
    faoliyat yuritmoqda.
    “MAN” yuk mashinalari

    Agrar islohotlar.


    1992-yil O‘zbekiston Respublikasi “Dehqon (fermer) xo‘jaligi to‘g‘risida” qonunning qabul qilinishi uning dastlabki
    bosqichini belgilab berdi.
    Fermer xo‘jaligi dalasida
    1998-yilda O‘zbekiston Respublikasi “Fermer xo‘jaliklari to‘g‘risida”gi qonunining qabul qilinishi mazkur sohaning to‘laqonli rivojlanishi uchun huquqiy asos bo‘ldi.
    Download 2.72 Mb.




    Download 2.72 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbek modelining ishlab chiqilishi. Iqtisodiy islohotlarning boshlanishi

    Download 2.72 Mb.