Oʻzbek tilini sohada qoʻllanilishi fanidan mustaqil ish mavzulari




Download 290.02 Kb.
bet1/11
Sana21.05.2022
Hajmi290.02 Kb.
#21589
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Sultanov Sanjar
Konussimon tishli REDUKTOR, Jumaboyeva Bibizoda O\'zbek tili, Minatdjadinova Qizlarxon va Abdirova Gulzodalarning kurs mustaqil ishi, 8b9d14340752bd907a769cce2b23cabd KOMBINATORIKA ELEMENTLARI, Atajonova Matluba, 2-topshiriq, “mashina amallari arifmetik – mantiqiy, jo‘natish, O‘tish, kiri-fayllar.org, 1226668511, УМК электр машиналари ЭТ 2022 (3), Xakimov Abdurasul 3-deadline, 2024-2025 ikki tomonlama shartnoma, OILA MAHALLA BILAN OLIB BORILADIGAN IJTIMOIY-PEDAGOGIK JARAYON kurs ishi, ODAM ANATOMIYASI VA FIZIOLOGIYASI FANINING PREDMETI VA GIGIENASI FANINING VAZIFASI


Oʻzbek tilini sohada qoʻllanilishi fanidan mustaqil ish mavzulari


O'zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonunlari hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” kabi davlat hujjatlarida o'zbek tilini davlat tili sifatida masalari bo'yicha ma'lumot to'plash.
Davlat tili — muayyan mamlakatda qonun chiqarish, ijroiya va sud hokimiyatlarida ish yuritish uchun rasmiy belgilangan til.
1989 yil 21 oktyabr «Davlat tili haqida»gi Qonun qabul qilinib, o’zbek tiliga Davlat tili maqomi berildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 oktyabrdagi “O’zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida’gi Farmoni bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo’linmasi hisoblangan Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil qilindi.
1-modda.
O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir.
2-modda.
O‘zbek tili o‘zbek xalqining ma’naviy mulkidir.O‘zbekiston Respublikasi davlat tilining ravnaqi, qo‘llanishi va muhofazasini har tomonlama ta’minlashga oid barcha masalalar O‘zbekiston Respublikasining huquqi doirasiga kiradi.
4-modda.
O‘zbekiston Respublikasida davlat tilini o‘rganish uchun barcha fuqarolarga shart-sharoit hamda uning hududida yashovchi millatlar va elatlarning tillariga izzat-hurmat bilan munosabatda bo‘lish ta’minlanadi, bu tillarni rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratiladi.
6-modda.
O‘zbekiston Respublikasida yashovchi shaxslarga ta’lim olish tilini erkin tanlash huquqi beriladi.

«Ta`lim to`g`risidagi Qonun» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» (1997 yil 29-avgustda qabul qilingan) qabul qilingach, ta`lim tizimi tubdan isloh qilina boshlandi. Bu muhim hujjatlarga ko`ra respublikamizda kasb-hunar kollejlarini jadal sur`atlar bilan rivojlantirish chora tadbirlari belgilangan. Bu birinchidan mutaxassislar tayyorlash sifatiga bog`liq bo`lsa, ikkinchi tomondan o`quv yurtining zamonaviy texnologiyalar bilan ta`minlanganligiga bog`liq. Kasb-hunar kolleji muhandis-pedagog hodimlari oldiga tayyorlanayotgan ishchi kadrlarga ilmiy dunyoqarashni, mehnatga ijodiy munosabatini tarkib toptirish ularda yuksak mehnat intizomini va madaniyatini, jamoa oldida burch his-tuyg`ularini tarbiyalash kabi vazifalarni qo`yadi.


Milliy dasturning asosiy maqsadi: ta`lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o`tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to`la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak manaviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, OʻzRning kadrlar tayyorlash milliy dasturi — 1997 y. 29 avg .da Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 9-sessiyasida prezident I. A. Karimov tashabbusi bilan qabul qilingan.
“Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonuni (1997 y. Avg .) qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan boʻlib,milliy tajribaning tahlili va jahon miqyosi taʼlim tizimidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda moʻljalni toʻgʻri ola bilish mahoratiga ega boʻlgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yoʻnaltirlgan. Mazkur dastur O‘zbekistan 2020-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-637-sonli “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.

Mehnat bespublikada jami 197 ming kishi ta’lim olayotgan 258 o‘rta kasb-hunar ta’limi o‘quv yurti ishlab turibdi. Ularda qariyb 16 ming o‘qituvchi va muhandis-pedagog xodimlar mehnat qilmoqda.

O‘zbekiston oliy maktabi tizimi 58 oliy o‘quv yurtini, shu jumladan 16 universitet va 42 institutni o‘z ichiga oladi, ularda 164 ming talaba ta’lim olmoqda; 16 universitetning o‘n ikkitasi O‘zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki ikki yilda tashkil topdi. Oliy o‘quv yurtlarida ishlayotgan 18,5 ming o‘qituvchining 52 foizi fan doktori va fan nomzodlaridir. Oliy ta’limda kadrlar tayyorlashni markazlashtirishdan huquqiy yo‘nalishga o‘tkazish ishi olibborilmoqda, o‘quv yurtlarining tarmog‘i kengaymoqda, universitet ta’limi rivorivojlanmoqda.

O'zbekiston Respublikasining prezidandi Sh.M.Mirziyayevning “O'zbek tilining davlat tili sifatidagi nufizi va mavqeyini tubdan oshirish chora tadbirlari to'g'risida”gi farmonida belgilangan fazifalarning amalda bajarilishi bo'yicha tilshunos va adabiyotshunos olimlarning fikr va mulohazalari bayon etilgan maqolalari bilan tanishish.

O‘zbekistonimiz “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” degan bosh tamoyil asosida taraqqiyotning yangi, yanada yuksak bosqichiga ko‘tarilmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi o‘rni va nufuzi tobora oshib bormoqda.



O‘zbek tili siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jabhalarda faol qo‘llanib, xalqaro minbarlarda baralla yangramoqda. Xorijiy mamlakatlarda tilimizga e’tibor va uni o‘rganishga qiziqish kuchaymoqda.
Bugungi globallashuv davrida har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat o‘z milliy manfaatlarini ta’minlash, bu borada avvalo o‘z madaniyatini, azaliy qadriyatlarini, ona tilini asrab-avaylash va rivojlantirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratishi tabiiydir.
Shavkat Mirziyoyev barcha sohalarda o‘zbek tilidan to‘laqonli foydalanish, lotin yozuviga asoslangan alifboni takomillashtirish va boshqa millat vakillarining til o‘rganishi uchun sharoitlar yaratishning muhimligini ta’kidladi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev dushanba kuni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida o‘zbek tilining davlat va jamiyat hayotidagi ta’siri va nufuzini oshirish bo‘yicha vazifalarni sanab o‘tdi.


Turkiy tillarning katta oilasiga mansub bo‘lgan o‘zbek tilining tarixi xalqimizning ko‘p asrlik kechmishi, uning orzu-intilishlari, dardu armonlari, zafarlari va g‘alabalari bilan chambarchas bog‘liqdir.
O‘zbek tili davlat tili sifatida xalqimizni birlashtiradigan, jamiyatimizni ulug‘ maqsadlar sari safarbar etadigan qudratli kuch bo‘lib maydonga chiqdi. Ayni vaqtda u O‘zbekistonning davlat mustaqilligi sari qo‘yilgan birinchi dadil qadam edi.
Kimda-kim o‘zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta’sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo‘lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, o‘lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qo‘shiqlariga quloq tutsin.

Turkiy tillarning katta oilasiga mansub bo‘lgan o‘zbek tilining tarixi xalqimizning ko‘p asrlik kechmishi, uning orzu-intilishlari, dardu armonlari, zafarlari va g‘alabalari bilan chambarchas bog‘liqdir.


Sayfi Saroyi

  • Oʻzbek mumtoz adabiyotining isteʼdodli vakillaridan biri. Xorazm yaqinidagi Qamishli qishlogʻida tugʻilgan. Oltin Oʻrda davlatining poytaxti Saroy shahrida yashagan, hayotining soʻnggi yillarini Misrda oʻtkazgan va u yerda vafot etgan.

Xorazmiy


  • Isteʼdodli shoir, temuriylar davri adabiyotining yirik namoyandasi. Xorazmiy — shoirning adabiy taxallusi, ismi va hayoti voqealari maʼlum emas. Birgina asari „Muhabbatnoma“ (1353) Sirdaryo boʻylarida yozilgan va Oltin Oʻrda hukmdorlaridan Muhammad Xoʻjabek (Oltin Oʻrda xoni Jonibekning oʻgʻli)ga bagʻishlangan.

Husayniy


  • Taniqli shoir va davlat arbobi. Hirot yaqinida tugʻilgan. 1469 yildan umrining oxirigacha Xuroson podshohi. Uning hukmdorligi yillarida iqtisodiy va madaniy hayot yaxshilangan. Navoiyning maktabdosh doʻsti va homiy.

Alisher Navoiy



  • Ulugʻ oʻzbek shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi. Gʻarbda chigʻatoy adabiyotining buyuk vakili deb qaraladi, sharqda „nizomi millati va d-din“ (din va millatning nizomi) unvoni bilan ulugʻlanadi.

Zahriddin Muhammad Bobur



  • Ulugʻ oʻzbek shoiri, mutafakkir, tarixchi va davlat arbobi; markazlashgan davlat va boburiylar saltanati asoschisi.


Download 290.02 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 290.02 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbek tilini sohada qoʻllanilishi fanidan mustaqil ish mavzulari

Download 290.02 Kb.