• Tayanch so‘zlar
  • Fanni o‘qitishdan maqsad
  • O‘zbek tilining sohalarda qo‘llanishi




    Download 64.96 Kb.
    bet1/6
    Sana30.03.2023
    Hajmi64.96 Kb.
    #47574
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    1-mavzu.-1
    buyuk allomalar, Kompyuterni tashkil etilishi-azkurs.org, птм маруза матни, @uzbgmat Online Test-16, @uzbgmat OnlineTest-5, Delphi String grid, m, cc, yarim-o-tkazgichlarda-termoelektrik-xodisalar, 9 2 O‘tgan va qaytgan nurlardan hosil bo‘lgan interferensiya Nyuton, avtomobillarni-xavfsizlik-xususiyatlarini-sinash-usullari-tahlili, bf05b789e909463d9cfa999803cde4ca, Якуний иш саволлари, Документ Microsoft Word

    1-amaliy mashg`ulot
    Mavzu: “O‘zbek tilining sohalarda qo‘llanishi ” fanini o`qitishning maqsad va vazifalari.
    REJA:
    1. O’zbek tilining sohalarda qo’llanishi fanining o’rganish obyekti
    2. O’zbek tilining sohalarda qo’llanishi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.
    3.O’zbek tili va davlat qonunlari
    Tayanch so‘zlar: ta’rifi, atama va termin, tarixiylik, atamalar shakllanishining xalq tarixi bilan bog’liqligi, “Devonu lug’otit-turk”, sohaviylik, tor doira, jamiyat taraqqiyoti, atamalar va dunyo tillari, boyish yo’llari, o’zlashtirish, milliylashtirish, jadidlar, “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinadigan keyingi o’zgarishlar, dubletlar, paralellar, o’rin egallash, xalqaro atamalar, vaqt sinovi, vaziyat, so’z valentligi va atama yasalishi, me’yor. Kasb-hunar atamalari,gilamchilik, kashtachilik, to’qimachilik, me’morchilik leksikasi, sohaviy me’yorlashgan atamalar, determinatsiya.

    Ushbu fan talabalarni mamlakatimiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida davlat tilining imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga oid masalalar, Davlat tili haqidagi hujjatlar va ularning mazmun mohiyati; o‘zbek adabiy tili me’yorlari, oʻzbek-lotin alifbosining imlo qoidalari, sohaviy leksika va uning xususiyatlari, o‘zbek tilida soha terminlarining qo‘llanilishi, nutq uslublari, sohalarda rasmiy-idoraviy ish hujjatlarining yuritilishi, ularning turlari; mutaxassis nutqining kommunikativ sifatlari hamda ilmiy tadqiqot olib borish masalalari bo‘yicha zaruriy bilimlar bilan qurollantiradi.


    Ushbu fan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-sonli farmoni hamda “O‘zbek tilini 2020-2030-yillarda rivojlantirish konsepsiyasi”da belgilangan vazifalarini amalga oshirishda muhim o‘rin tutadi.
    Fanni o‘qitishdan maqsad talabalarning o‘zbek tilida sohalar bo‘yicha nutqiy kompetentligini oshirish, og‘zaki va yozma nutqida mutaxassislikka oid sohaviy terminlarni samarali qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish, talabalarda o‘zbek tilida yozma va og‘zaki ravishda aniq, toʻgʻri va ravon nutq tuzish malakasini takomillashtirish; ularning o‘zbek tili bo‘yicha savodxonlik darajasini oshirish, sohada nutq uslublari imkoniyatlaridan samarali foydalanish, xususan, soha doirasida qo‘llaniladigan rasmiy-idoraviy ish hujjatlarini toʻgʻri rasmiylashtirishga o‘rgatishdan iborat.

    Download 64.96 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 64.96 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbek tilining sohalarda qo‘llanishi

    Download 64.96 Kb.