|
Sotsiologik tadqiqotlarni uyushtirish usullari
|
bet | 12/14 | Sana | 21.03.2017 | Hajmi | 86,41 Kb. | | #612 |
Sotsiologik tadqiqotlarni uyushtirish usullari
T/R
|
Usullar
|
Izoh
|
1
|
Xujjatli usul
|
Bunda zarur ma’lumotlar statistik to’plamlardan boshlang’ich hisobga olish xujjatlaridan olinadi
|
2
|
Shaxsiy harakterdagi xujjatlardan foydalanish usuli
|
Turli masalalar yuzasidan kishilarning o'z qo’llari bilan yozilgan narsalar: ariza, shikoyat, qarindosh urug’ va tanishlarga yozilgan hatlar, tarjimai xol, tushuntirish hatlari va xokazolar
Turli guruhdagi kishilarning hayotiy maqsadi, yurish turush sabablari, talablari, ehtiyojlari, tashvishlari to'g’risida fikr yuritish imkoniyatini beruvchi muhim sotsiologik ahborot bo'lishi mumkin.
|
3
|
Ilmiy konferensiyalar o’tqazish usuli
|
Bunday konferensiyalarni tayyorlash va uni o'tkazishda, odatda, ayrim masalalar yuzasidan material to'plovchi, amaliy tavsiyanomalar ishlab chiqaruvchi bir qancha hodimlar ishtirok etadi.
Bu metodning ijobiy tomoni shundaki, muammolarni o'rganishga keng jamoatchilik jalb etiladi va jamoa fikridan foydalaniladi.
|
4
|
Anketa usuli
|
Oldindan tayyorlangan dastur bo’yicha yozma ravishda savollar beriladi va javoblar olinadi
|
5
|
Intervyu olish usuli
|
Bunda muammoni o'rganish uchun hodim bilan bevosita suhbat o'tkaziladi. Rahbar yoki tadqiqotchi suhbat davomida masalalarni aniqlashlari, chuqurlashtirishlari va shu yo'l bilan ishonchli va mukammal ma'lumotlar olishlari mumkin.
|
6
|
Kuzatish usuli
|
Jamoa faoliyatini shahsan kuzatish, odamlar bilan uchrashish va muloqotda bo'lib, ob'ektiv va batafsil ahborot yig’ish, , shuningdek, har bir jamoa rolini baholash imkonini beradi.
|
7
|
Sotsial eksperiment o’tqazish usuli
|
Bu usulda sun'iy ravishda sotsial vaziyatni vujudga keltirish yo'li bilan sotsial hodisalar to’g’risidagi ilmiy hulosalar va mavjud bilimlar tekshirib ko'riladi. Buning uchun mahsus guruh, uyushtirilib, shu guruh faoliyati umumlashtiriladi va amaliy hulosalar chiqariladi.
|
|
| |