O’zbekiston dirijorlik san’atining shakllanish va rivojlanish tarixi Kirish Mavzuning dolzarbligi




Download 23.5 Kb.
bet1/2
Sana10.03.2022
Hajmi23.5 Kb.
#18497
  1   2
Bog'liq
Mirza aka


O’zbekiston dirijorlik san’atining shakllanish va rivojlanish tarixi
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: San’at va madaniyat har bir millatni dunyoga tanituvchi muhim omil ekanligini muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev doimo e’tirof etib kelgan. Bu borada hukumatimiz tomonidan ysh avlodni har tomonlama ilg’or va yetuk qilib tarbiyalash borasida ko’plab samarali ishlar olib borilmoqda. Xususan, kelajak avlodga musiqa sir-asrorlarini o’rgatishi borasida ustozlar ko’magi ostida o’z bilimlarini oshirishi, o’zining ijrochilik mahoratini namoyish etishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilmoqda.
Yosh avlodni ma’naviy shakllantirishda musiqa san’atining o’rni beqiyosdir. Klassik kuy va qo’shiqlar tinglagan har bir kishi go’zallik dunyosiga kirib qoladi, ma’naviy etuk va barkamol, insonlarga sof nazar bilan qaraydi. Demakki, atrofdagi voqea-hodisalarni ezgulik sari nigoh tashlab, mamlakatning ravnaqiga katta ulushini qo’shadi.
Dirijorlik – musiqa ijrochiligi san’atining murakkab turlaridan biri bo’lib, o’zining chuqur va keng doiradagi imkoniyatlari va javobgarligi bilan ajralib turadi. Dirijor sozandalar musiqiy asarni uyg’unlikda ijro etishlari, asarni birga boshlab, birga tugatishlari, o’z cholg’ularini bir maromda chalishlari, pauzalarni vaqtida ushlab, kuy boshlashlarini ta’minlaydi. Undan sozandalar ijrosini yagona ritm va tempga moslashtirishi, ijroga yo’naltirish uchun belgi berish talab qilindi. Eng asosiysi asar talqini dirijorning bilimi, mahorati bilan bog’liq.
“Dirijor ko’rish va eshitish san’atiga ega bo’lmog’I lozim, u yengil va ayni paytda kuchli bo’lishi darkor, u so’zlar kompozitsiyasini, tabiati va qamrovini his qilishi, partiturani chuqur va atrofiga o’qiy olishi, shular barobarida alohida iste’dod egasi bo’lishi muhim… U yana o’zi va orkestr o’rtasida ko’zga ko’rinmas aloqa o’rnatilishi uchun kerak bo’lgan yana boshqa, deyarli noaniq xususiyatlarga ham ega bo’lishi shart.
Agar dirijor orkestrga o’z hissiyotlarini yetkazish xususiyatiga ega bo’lmasa, unda u orkestr ustidan “hukmronlik” qila olmaydi, unga o’z ta’sirini o’tkazishdan mahrum bo’ladi. Bu holda u orkestr dirijori emas, balki oddiygina “takt uruvchi”ga aylanib qoladi, shunda ham agar umuman taktni to’g’ri belgilash va ajratishni uddalay olsa – degan Gektor Berlioz.
Moxir dirijor qo’lidagi bejirim yog’och tayoqchasining harakati ilk bor musiqa san’atiga qadam qo’ygan har bir insonni o’ziga rom etib, tinglovchilarni sehrli ohang olamiga yetaklab olib kirishi sir emas. Bu sehrli tayoqchaga ko’ngil qo’ygan ko’plab san’atkorlar uchun aynan dirijorlik san’ati va uning sir-asrorlari hayotiy maqsad va kelajakdagi asosiy kasbini belgilashda bosh va muhim omil bo’lib qolgan, desak mubolag’a bo’lmaydi. Arturo Toskanini, Gerbert fon Karayan, Valeriy Gergiev, Klaudio Abbado, Vladimir Spivakov, Ernest Anserme, Djon Tauner Ul’yams va boshqalar. O’zbekistonning ko’zga ko’rinarli yetuk dirijorlari – Doniyor Zokirov, Muxtor Ashrafiy, Aliksey Kozlovskiy, Aliksandr Glazunov, Naum Goldman, Zoxid Xaqnazarov, Quvonch Usmanov, Fazliddin Yoqubjonov, Farrux Sodiqov, Botir Rasulov, Sulaymon Shodmonov, Viktor Medulyanov, Eldor Azimov, Anvar Ergashev, Feruza Abduraximova, Vladimer Neymer shular jumlasidan.
Bugunda esa ular qatoriga yosh avlod vakillari Aziz Shoxakimov, Kamoliddin Urinboev, G’ayrat Abrorov, Bobomurod Xudoyqulov kabilar qo’shilib o’z kasbini professional va iste’dodli egalari sifatida o’zbek dirijorlik san’ati rivojiga munosib ulushlarini qo’shib kelmoqdalar. O’zbekiston dirijorlik san’atini o’rganib tahlil qilib muammolariga yuzlanamiz.

Download 23.5 Kb.
  1   2




Download 23.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston dirijorlik san’atining shakllanish va rivojlanish tarixi Kirish Mavzuning dolzarbligi

Download 23.5 Kb.