O’zbekiston Finlandiya Toshkent shahridagi Yeoju texnika instituti talabasi. Zuhrobova Samiyaxon Soxibjon qizi




Download 64,25 Kb.
bet1/2
Sana09.01.2024
Hajmi64,25 Kb.
#132761
  1   2
Bog'liq
e323425d-d81a-4563-b107-9815bf1aad6f



O’zbekiston Finlandiya
Toshkent shahridagi Yeoju texnika instituti talabasi.
Zuhrobova Samiyaxon Soxibjon qizi.
szukhrobova18@gmail.com
MAVZU: ILMIY FAOLYAT BILAN SHUG’ULLANIB KELAYOTGAN IQTIDORLI YOSHLARNING ILMIY G’OYALARINI RAG’BATLANTIRISH ULARNI XORIJIY UNVERSITETLAR VA ILMIY MARKAZLARGA QISQA MUDDATLI STAJIROVKALARNI TASHKIL ETISH.
O’liy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug’i (Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 26-noyabrda 2734-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan) bilan Oliy ta’lim muassasalari magistiratura mutaxassisliklari talabalari tomonidan stajirovkani o’tash tarkibi to’g’risidagi nizom tasdiqlandi.
Mazkur qarorga muvofiq, stajirovka magistiratura talabasining, ilmiy-tadqiqot ishlarini taqozo etganda individual ilmiy izlanish va tajriba sinovlarini o’tkazish maqsadidda tashkil etiladi. Magistrant stajirovkani ishlab chiqarishda ilmiy tadqiqot muassasasida yoki xorijda o’tashi mumkin. Magistrant stajirovka o’tashga birinchi smestrni (birinchi kursni) muvaffaqqiyatli tugatgandan so’ng yuboriladi. Yozgi ta’til davrida stajirovka o’tash uchun yuborilishi ham mumkin. Stajirovka rejalashtirayotganda uning yakuniy davlat attestatsiyasi boshlanishiga 2 oy qolgunga qadar yakunlanishi hisobga olishi lozim. Stajirovkaning uzluksiz davomiyligi 3oydan oshmasligi kerak.
Xorijda stajirovka o’tash uchun magistrant:

  • Qabul qilingan tashkilot joylashgan davlat tilini yoki shartnomada ko’rsatilgan chet tilini bilishi.

  • Stajirovka boshlanishidan kamida uch oy oldin chetga chiqish bo’yicha tegishli hujjatlarni tayorlash.

  • Satajirovka boshlanishidan kamida bir oy oldin stajirovka o’tash dasturini bajarish bo’yicha reja-jadvalni qabul qiluvchi tashkilot bilan kelishishi lozim.

Xorijda stajirovka o’tash uchun qabul qiluvchi tashkilot bilan, tuziladigon shartnomada magistrantning tashkilot joylashgan davlatdagi turar joyi, yashashi va yo’l harajatlari miqdori, manbalari va ular kim tomonidan qoplanishi va boshqa muhim shartlar ko’rsatilishi zarur.


Yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarda, unversitetlar, shu jumladan ilmiy labaratoriyalarni jihozlsh uchun sotib olinadigon yuqori texnologik asbob-uskunalarda ishlash metodikasini o’zlashtirish uchun qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish maqsadida ularni tanlov asosida saralash tarkibi to’g’risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro’yhatidan o’tkazilgan. Nizomga ko’ra, stajirovkalarga yuborish bo’yicha takliflarni umumlashtirish, nomzodlarni saralash, tanlovni tashkil etish va o’tkazish O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish Vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Ilmiy stajirovka o’tashga ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining ilmiy va texnik muhandis xodimlari nomzod sifatida tavsiya etiladi. Nomzodning Yoshi 25dan 45 gacha bo’lishi va u albatta xorijiy tillarni o’zining ish faolyatini amalga oshirish darajasida bilishi talab etiladi. O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi ilmiy stajirovkalarga yuborish bo’yicha tanlov haqidagi e’lonni tanlov o’tkazishdan bir oy oldin ommaviy axborot vositalari, shuningdek, internet-nashrlar va Vazirlikning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi. Tanlov qachon o’tkazilishi, ishtirokchilarga qanday talablar qo’yilishi, zarur hujjatlar ro’yhati bularning barchasi e’londa ko’rsatib o’tiladi.
2021-yil 9-aprelda Finlandiyaning O’zbekiston bilan hamkorlik loyihalarini yo’lga qo’ygan bir qator kampaniya rahbarlari va vakillari ta’lim sohasi bo’yicha qator loyihalarni amalga oshirish uchun mamlakatimizda tashrif buyurishdi. Mazkur tashrif doirasida, kasbiy ta’limni rivojlantirish bo’yicha hamkorlikni yo’lga qo’yish to’g’risida xorijlik investorlar va Navoiy viloyati mutasaddilari o’rtasida uchrashuv tashkil etildi. Unda Finlandiyaning ko’plab kampaniya asoschilari va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Uchrashuvga online ishtirok etgan SASKY ta’limi direktori Anti Lahti O’zbekistonlik prefesional ta’lim muassasalari bitiruvchilarini Finlandiyaga kasbiy stajirovka uchun jalb etish masalasini ham muhokama qilib o’tdi. Muzokaralar yakuniga ko’ra mazkur loyiha uchun jalb etiladigon yoshlar 2030-yilgacha 10 000 nafarga yetkazish rejalashtirilgani aytib o’tildi.

Download 64,25 Kb.
  1   2




Download 64,25 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston Finlandiya Toshkent shahridagi Yeoju texnika instituti talabasi. Zuhrobova Samiyaxon Soxibjon qizi

Download 64,25 Kb.