O‘zbekiston pochtasi




Download 20.03 Kb.
Sana11.05.2022
Hajmi20.03 Kb.
#20878
Bog'liq
Kirish
Alborado chekkasi kattaroq institut, Adabiyotshunoslik. (Xorijiy til va adabiyot) lotin, bulut axitekturasi

Kirish
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Pochta sohasini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Matbuot anjumanida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati rahbar va xodimlari ishtirok etishdi.
Bugun barcha sohalar bilan bir qatorda pochta aloqasi sohasida ham ulkan o‘zgarishlar ro‘y berayotganligining guvohi bo‘lib turibmiz. Insonlar hayotida pochta aloqasi alohida ahamiyatga egadir. Barcha ijtimoiy qatlamlariga pochta xizmatlarining keng tarqalganligi, qamrovliligi hamda uning xizmatlaridan barcha aholi foydalanishi mumkin bo‘lganligi sababli, O‘zbekiston pochta xizmati faoliyati jamiyatimizda katta ijtimoiy ahamiyatga ega hisoblanadi. Oxirgi yillarda respublikamiz pochta aloqasi xizmati milliy operatori hisoblangan “O‘zbekiston pochtasi” AJning faoliyatida yangi, zamonaviy usullardan foydalanish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar doirasini kengaytirish hamda raqamlashtirishni faollashtirishga bog‘liq samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Barchamizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 14-dekabrdagi “Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4921-son qarori qabul qilindi. Qarorda belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun moliyalashtirish manbai etib, “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyatining 100,0 milliard so‘m miqdordagi oddiy aksiyalarini qo‘shimcha chiqarish belgilangan.
Hozirgi kunga qadar, tijorat banklardan kredit va lizing mablag‘larini jalb etgan holda bir qator ishlar amalga oshirildi. Pochtalonlar elektroskuterdan foydalangan holda pochta va kur’erlik jo‘natmalarni, davriy matbuot nashrlarni va boshqa jo‘natmalarni markazdagi pochta saralash bo‘limidan olib, oluvchilarga yetkazib berish (bunda aloqa bo‘limlari pochta jo‘natmalarini yetkazib berish faoliyati bilan shug‘ullanmaydi) amaliyotini joriy etish maqsadida 240 ta elektroskuter sotib olindi va ish joylariga berildi. Pochta almashinuvlarini amalga oshirishda foydalanilayotgan avtotransportlar soni esa, 388 tani tashkil etadi.
“Gibrid pochta” xizmatidan foydalanish bo‘yicha 50 tadan ortiq tashkilotlar bilan shartnomalar tuzildi. Shuningdek, ushbu xizmatni rivojlantirish va ish unumdorligini oshirish hamda pochta jo‘natmalariga ishlov berish jarayonida qo‘l mehnatini qisqartirish maqsadida, 2 ta “Neopost” avtomat konvertlash uskunasi xarid qilinib, Toshkent shahrida sinov tariqasida ishlatilmoqda.
Ta’kidlash kerak, mijozlar nomiga kelgan pochta jo‘natmalarini olishi uchun mo‘ljallangan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi 30 ta avtomatlashtirilgan komplekslar (pochtamatlar) sotib olindi hamda Toshkent shahridagi 13 ta pochtamat pochta aloqasi ob’ektlariga va aholi gavjum hududlarga, 17 ta pochtamat Andijon, Buxoro, Guliston, Jizzax, Nukus, Navoiy, Samarqand, Namangan, Farg‘ona (3 ta), Qarshi, Surxondaryo, Toshkent viloyati (3 ta) va Urganch shahriga o‘rnatildi. Bugungi kunda, ularni tarmoqqa ulash va axborot tizimlarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini onlayn sotish va mijozlarga yetkazib berish imkoniyatini beruvchi “UNISAVDO” brendi ostida Milliy onlayn savdo maydonchasi 2021-yil fevral oyidan sinov tariqasida va mart oyidan boshlab to‘liq ishga tushirildi. Shuningdek, may oyidan mobil ilovasi ishga tushirildi.
Bugungi kunda, ushbu “UNISAVDO” Milliy onlayn savdo maydonchasiga tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni joylashtirish bo‘yicha 300 ta tadbirkorlar bilan shartnomalar tuzilib, 10 000 ga yaqin mahsulotlar joylashtirildi hamda internet-savdo maydonchalari egalariga o‘z mahsulotlarini saqlash, ya’ni omborxona muammosini hal etish hamda internet-savdo maydoncha orqali xarid qilingan mahsulotlarni shu yerning o‘zida tez fursatlarda qadoqlanib, mijozlarga yetkazib berish imkoniyatini beradigan 4 ta logistika markazlarini 2021-yil yakuniga qadar Toshkent shahrida, Andijon viloyatining Asaka tumanida, Buxoro viloyatining Vobkent tumanida va Xorazm viloyatining Urganch shahrida tashkil etish belgilab olindi.
Toshkent shahrida (“Xalqaro pochtamt” filiali binosida) logistika markazini tashkil etish bo‘yicha ishlar boshlangan. Pochta aloqasi ob’ektlarini zamonaviy kompyuter texnikasi va mobil qurilmalar bilan ta’minlash bo‘yicha 410 ta kompyuter, 88 ta printer va 295 ta ko‘p funksiyali uskuna harid qilindi va ish joylariga yetkazib berildi hamda pochta xodimlari (pochtalonlar) tomonidan joyida xizmat ko‘rsatish uchun 1000 ta mobil qurilma xarid qilindi. Shu bilan birga, 263 ta pochta aloqasi bo‘limigacha 395,58 km optik tolali aloqa liniyalari tortildi.
Hozirgi kunda pochta aloqasining an’anaviy xizmatlarini takomillashtirish, ularni raqamlashtirish, jo‘natmalarni qabul qilish, kuzatib borish va yetkazish jarayonlariga axborot texnologiyalari va tizimlarini joriy etish maqsadida, “Pochta xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlarini avtomatlashtirish tizimi” ishlab chiqilmoqda. Pochta jo‘natmalarini qabul qilish, saralash va onlayn kuzatish imkonini beruvchi avtomatlashgan axborot tizim 2021-yil 17-maydan Toshkent shahrida sinov tariqasida ishga tushirildi.
Pochta aloqasi obyektlarida bank xizmatlarini ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan AT “Aloqabank” bilan o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi hamda 2021-yil 1-fevraldan boshlab, 503 tadan ortiq pochta aloqasi ob’ektlarida bank kartalarini pul mablag‘lari bilan to‘ldirish va naqd pul yechish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yildi.
Bugungi kunda 812 ta pochta aloqa ob’ektlarida “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali”dan foydalanilgan holda 33 turdagi davlat xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi. 110 ta pochta aloqasi ob’ektlarining binosini davlat-xususiy sheriklik asosida zamonaviy ko‘rinishga keltirish yuzasidan ro‘yxatlar shakllantirildi va 140 ta pochta aloqasi ob’ektlarining binosini zamonaviy ko‘rinishga keltirish yuzasidan ta’mirlash va qayta qurish ishlari boshlangan.
Bundan tashqari yengil konstruksiyadan iborat bo‘lgan 19 ta aloqa bo‘limlari aholiga qulay bo‘lgan xududlarga joylashtirildi va bugungi kunda pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda (Surxondaryo 11 ta, Navoiyda 7 ta va Sirdaryoda 1 ta).
“O‘zbekiston pochtasi” AJning 1 796 ta pochta aloqa bo‘limlari faoliyat ko‘rsatmoqda va xodimlar soni 7 929 nafarni tashkil etmoqda. Pochta aloqasi ob’ektlarida yangi xizmatlar ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yilganligi munosabati bilan AT “Aloqabank”, Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi va “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki” MChJ bilan hamkorlikda tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlarida jami 2 894 nafardan ortiq pochta xodimlari ishtirok etib, malakasi oshirildi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, Respublikasi Prezidenti tomonidan “Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bozor iqtisodiyoti sharoitida raqabatbardoshlikka intilayotgan “O‘zbekiston pochtasi” AJ, hozirgi kunda pochta xizmatlarini ko‘rsatayotgan ko‘plab mahalliy pochta kurerlik kompaniyalari, yurtimizda ushbu faoliyatni yuritayotgan xorijiy kompaniyalar uchun anchadan buyon intiqib kutilayotgan qaror bo‘ldi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Bugungi kunda belgilangan vazifalarni bajarish barcha soha mutaxassislari, xodimlari, mutasaddi korxona va tashkilotlar, oldida turgan muhim va dolzarb, kechiktib bo‘lmaydigan masalalardan hisoblanadi, chunki, yurtimizda pochta xizmatlaridan foydalanish aholimiz kundalik hayotining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.
Download 20.03 Kb.




Download 20.03 Kb.