(Au, Cu, Ni) unumli markazi bo‘lgan elementlar kiritiladi, bu esa og‘irligi bir xil
bo‘lmagan zaryad tashuvchilarni hayot vaqtini kamaytiradi. P-xududini (bazasini)
qalinligi Np teshiklarni chopish diffuzion uzunligi miqdoriga qaraganda kam
miqdorigacha kamayadi. Bu bir vaqtda og‘irligi bir xil bo‘lmagan tashuvchilar
hayot vaqtini va baza qarshiligini kamaytiradi. Yuqori chastotali diodlar
konstruksiyasi bo‘yicha nuqtaviy konstruksiya ko‘rinishida yoki juda kichik
maydonli o‘tish yupqa konstruksiyada bajariladi.
Fotodiodlar.
Ayrim moddalarga yorug’lik tushganda, energiya modda atomlari tomonidan
yutilib, elektron – kovak juftini hosil kiladi. Bu moddadan yasalgan material
uchlariga kuchlanish berilsa,
elektronlar bir tomonga
, kovaklar ikkinchi tomonga
xarakat kiladi. Yoruglik intencivligi ortishi bilan tok kuchi ham ortib boradi.
Fotoelektrik kurilmalar yoruglik ta’sirida kuchlanish hosil kiladi. Odatda ular
po’tishga ega bo’lib, hosil bo’lgan kuchlanishning musbat qutbi n-soxada bo‘ladi.
Bu kuchlanish tashqi zanjirga ulansa tok hosil qilishmumkin. Tok yo‘nalishi o’tish
yo‘nalishiga qarama-qarshi bo‘ladi.Fotodiodlar–yorug’lik ta’sirida elektr tokini
o’tkazuvchi qurilma sifatida ishlatilishi mumkin.
Yoruglik diodlar–bu bir yoki bir necha p-n o’tishga ega bo’lgan diod bo’lib,
undan tok o’tganda o‘zidan yorug’lik chiqaradi.(17-rasm). Bu diodda tok tashuvchi
zarrachalar elektronlar va kovaklardan iborat bo’lsada, elektronlarning miqdori
kovaklarga nisbatan ko‘proq bo‘ladi. Elektronlar n soxadan p- soxaga o’tish
davomida, bir energetik satxdan ikkinchisiga o’tadi. Elektronlar p- soxada kovaklar
bilan rekombinatsiyalanib o’zlarining ortiqcha energiyalarini yo’qotadi. Bu
energiya nur sifatida chiqadi. Tok ortishi bilan yorug’lik intensevligi ham ortadi.
Chiqayotgan nur kengroq fazoga taqsimlanishi uchun diodning nur chiqayotgan
soxasiga ixcham linza ham o’rnatiladi. Diod materialiga qarab undan ixcham
nurning rangi ham bo’ladi.