|
O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali
|
bet | 5/15 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 40,33 Kb. | | #251169 |
Bog'liq Axborot texnologiyalari” kafedrasi malakaviy amaliyot hisoboti b-fayllar.orgDasturiy ta’minot
Dastur – buyruqlarning tartiblangan ketma-ketligidir. Kompyuter uchun tuzilgan har dastur vazifasi – apparat vositalarni boshqarishdir. Birinchi qarashda dasturning qurilmalar bilan xech qanday bog‘liqligi yo‘qdek ko‘rinadi, ya’ni masalan, dastur kiritish qurilmlaridan ma’lumot kiritishni va chiqarish qurilmalariga ham ma’lumot chiqarishni talab qilmasa ham, baribir uning ishi kompyuterning apparat qurilmalarini boshqarishga asoslangan.Kompyuterda, dasturiy va apparat ta’minot, doimo uzilmas aloqada va uzluksiz bog‘lanishda ishlaydi. Biz bu ikki kategoriyani alohida ko‘rib chiqayotganimizga qaramasdan, ular orasida dialektik aloqa mavjudligi va ularni alohida ko‘rib chiqish shartli ekanlgini esdan chiqarmaslik kerak. Kompьyuterlar va hisoblash tizimlarining dasturiy ta’minoti tuzilishini dasturiy konfiguratsiya deb ham ataladi. Dasturlar orasida xuddi kompyuterning fizik qismlari orasidagi kabi o‘zaro aloqa mavjud. Aksariyat ko‘pgina dasturlar, quyiroq darajadagi boshqa dasturlarga tayanib ishlaydi. Bunday bog‘lanish dasturlararo interfeys deyiladi. Bunday interfeys (muloqot) ning mavjudligi texnik shartlar va o‘zaro aloqa qoidalariga asoslangan bo‘lsa ham, amalda u dasturiy ta’minotni o‘zaro aloqada bo‘lgan bir nechta sathlar (daraja)larga taqsimlash bilan ta’minlanadi. Dastur ta’minoti sathlari piramida tuzilishiga egadir. Har bir keyingi sath oldingi sathlar dasturiy ta’minotiga tayanadi. Bunday ajratish, hisoblash tizimining dasturlarni o‘rnatishdan boshlab, to amalda ekspluatatsiya qilish va texnik xizmat ko‘rsatishgacha bo‘lgan ish faoliyatining hamma bosqichlari uchun qulaydir. SHunga alohida etibor berish kerakki, har bir yuqoridagi sath butun tizimning funksionalligini oshiradi. Masalan, asos dasturiy ta’minoti sathiga ega bo‘lgan hisoblash tizimi ko‘p funksiyalarni bajara olmaydi, ammo u tizimli dasturiy ta’minotni o‘rnatishga imkon beradi, ya’ni sharoit yaratadi.
Asos dasturiy ta’minoti. Dasturiy ta’minotning eng quyi sathi-asosdasturiy ta’minotidan iboratdir. Bu ta’minot asos apparat vositalari bilan aloqaga javob beradi.Qoida bo‘yicha, asos dasturiy vositalari bevosita asos qurilmalari tarkibiga kiradi va doimiy xotira deb ataladigan maxsus mikrosxemalarda saqlanadi. Dastur va ma’lumotlar doimiy xotira (DX) mikrosxemalariga ularni ishlab chiqish vaqtida yoziladi va ularni ishlash jarayonida o‘zgartirish mumkin emas.Amalda, ishlatish vaqtida asos dasturiy vositalarini o‘zgartirish zaruriyati kelib chiqsa, DX mikrosxemasi o‘rniga qayta dasturlash imkoniga ega bo‘lgan doimiy xotira qurilmasidan foydalaniladi.
Xizmatchi dasturiy ta’minot. Bu dasturlar ham asos dasturiy ta’minot bilan, ham tizimli dasturiy ta’minot dasturlari bilan bog‘langan. Xizmatchi dasturlarning asosiy vazifasi (ularni utilitalar deb ham ataladi) kompyuter tizimini tekshirish, sozlash va tuzatishdan iboratdir. Ko‘p hollarda ular, tizimli dasturlarning funksiyasini kengaytirishga va yaxshilashga mo‘ljallangandir. Ba’zida, bu dasturlar, boshidanoq OT tarkibiga kiritilgan bo‘lishi mumkin, ba’zida esa ular OT funksiyasini kengaytirishga xizmat qiladi. Amaliy dasturiy ta’minot. Bu satx dasturiy ta’minoti, mazkur ish joyida aniq masalalarni echishga yordam beradigan amaliy dasturlar majmuasini tashkil etadi. Bu masalalar qamrab olgan sohalar juda ko‘p bo‘lib, ular ishlab chiqarish, ilmiy-texnik, ijod, o‘qitish va dam olishga mo‘ljallangan masalalarni o‘z ichiga oladi. Bu dasturlar ko‘pfunksionalligi sababi, inson faoliyati har xil sohalari uchun amaliy dasturlar va ilovalar mavjudligidir.Demak amaliy dasturiy ta’minot va tizimli dasturiy ta’minot o‘rtasida o‘zaro bevosita aloqa bor ekan (birinchisi ikkinchisiga tayanadi), hisoblash tizimi universalligi, amaliy dasturiy ta’minot ommaviyligi va kompyuter funksional imkoniyatlari keng ko‘lamligi foydalanilayotgan operatsion tizim tipi, uning yadrosi qanday tizimli vositalarni o‘z ichiga olganligi va u uch tomonlama o‘zaro bog‘lanish, ya’ni inson – dastur – qurilma bog‘lanishni qay tarzda ta’minlashiga bevosita bog‘liqdir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali
|