O`zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi




Download 359.17 Kb.
Pdf ko'rish
Sana17.01.2023
Hajmi359.17 Kb.
#38467
Bog'liq
1-Mustaqil ish



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
Mavzu: Ichma ich joylashgan siklik jarayonlarni tashkil
etish.
Bajardi : Nortojiyev S.
Tekshirdi : Karimov M.M.
Samarqand -2022
4-Mustaqil ishi


Ichma-ich joylashgan tsiklik jarayonlarni tashkil etish.
Reja:
1. Ichma-ich joylashgan sikl operatorlari.
2. Ichma-ich joylashgan sikl operatorlarining ishlashi.
3. Sikllar ustida amllar.
4. Xulosalar.
Tayanch iboralar: for sikli,ichma ich joylashgan sikllar, blok sxemalar.
Sikl ichida yana siklning ishlatilishiga ichma-ich joylashgan sikl deyiladi.
Sintaksisi:
for i in range(start1, stop1, step1):
for j in range(start2, stop2, step2):
sikl tanasi
i – 1-sikl takrorlanishlari soni;
j – 2-sikl takrorlanishlari soni;
start1– i ning boshlang‘ich qiymati (ko‘rsatilmasa, 0 deb qabul qiladi);
stop1 – i ning oxirgi qiymati (ko‘rsatilishi shart);
step1 – i ning qadami (ko‘rsatilmasa, 1 deb qabul qiladi);
start2– j ning boshlang‘ich qiymati (ko‘rsatilmasa, 0 deb qabul qiladi);
stop2 – j ning oxirgi qiymati (ko‘rsatilishi shart);
step2 – j ning qadami (ko‘rsatilmasa, 1 deb qabul qiladi).
1-rasm.
Tashqi siklning har bir iteratsiyasi uchun j ta iteratsiya bajariladi. Tashqi siklning i ta iteratsiyasi
uchun ichki siklning i*j ta iteratsiyasi bajariladi.Hisoblash jarayonlarida bir-biri ichiga joylashgan
sikllardan foydalaniladi. Agar sikl tanasi ham yana sikldan iborat bo`lsa, u holda bunday sikllar
ichma-ich joylashgan yoki murakkab sikllar deb ataladi. Ichida boshqa sikl joylashgan sikl tashqi
sikl deyiladi. Boshqa sikl ichida joylashgan sikl esa ichki sikl deyiladi. Murakkab siklda avval
hamma sikl parametrlari o`zlarining boshlang`ich qiymatiga ega bo`ladi. So`ngra eng ichki sikl
to`liq bajariladi. Shundan keyin bunga nisbatan tashqi sikl o`z qiymatini bittaga o`zgartiradi,
so`ngra ichki sikl esa yana to`liq bajariladi va hokazo. Bu jarayon hamma darajadagi sikllar talab
etilgan barcha qiymatlarini qabul qilib bo`lguncha davom etadi. Ichma-ich joylashgan sikllar
tanasining takrorlanishlaring umumiy soni, barcha sikl parametrlarining qabul qiladigan oxirgi
qiymatlarining ko`paytmasiga teng.


Ichma-ich joylashgan siklik algoritmga doir blok-sxema.
2-rasm.
Ba’zan, takrorlanuvchi algoritmlar bir nechta parametrlarga bog‘liq bo‘ladi. Odatda bunday
algoritmlarni ichma-ich joylashgan algortmlar deb ataladi. Misol sifati berilgan nxm o‘lchovli aij
–matritsa elementlarining yig‘indisini hisoblash masalasini qaraylik.Bu yig‘indi hisoblash uchun,
i ning har bir qiymatida j bo‘yicha ko‘paytmani hisoblab, avval yig‘indi ustiga ketma-ket qo‘shib
borish kerak bo‘ladi. Bu jarayon quyidagi blok–sxemada aks ettirilgan. Bu yerda i-tashqi sikl -
yig‘indi uchun, j-esa ichki sikl-ko‘paytmani hosil qilish uchun foydalanilgan.`
3-rasm.
Ichma–ich joylashgan takrorlanuvchi jarayonlar algoritmini takrorlash jarayonlarining
algoritmidan osongina hosil qilish mumkin. Buni quyidagi misol orqali ko`rib chiqamiz. Bizdan
(1.8) misolning algoritmini tuzish talab qilingan bo`lsin. Biz yuqorida tanishgan ko`paytmani va
yig`indini hisoblash algoritmlaridan foydalanib bu misolning algoritmini hosil qilamiz. Buning
uchun (1.9)
4-rasm.
dеb bеlgilab olsak, u holda dеb yozish mumkin. Bu biz bilgan yig`indini hisoblashga kеladi. 1.1-
rasmda kеltirilgan blok-sxеmaga asosan larni R bilan almashtirib, yig`indi uchun algoritm hosil
qilamiz. Faqatgina kiritish blokida R lar kiritilmaydi.
5-rasm.
1.4-rasmda kеltirilgan blok-sxеmada R ni hisoblash blokini ko`paytmani hisoblash algoritmi blok
-sxеmasidan foydalanib hosil qilamiz. (1.8) formula bilan bеrilgan misolni algoritmi blok-
sxеmasini tuzish uchun ”R ni hisoblash” bloki o`rniga
1.5- rasmdagi blok-sxеmani qo`yish yetarlidir. (1.1-rasm)
Agar biz 1.1-rasmdagi blok-sxеmaga . E`tibor bеradigan bo`lsak . paramеtrning har bir qiymati .
uchun paramеtr 1 dan to . gacha o`zgarib turadi.
Ichma-ich joylashgan sikllar soni uch va undan ortiq bo`lgan hollarda ham yuqoridagi usul orqali
bеrilgan misolning algoritmini hosil qilish mumkin.
Misol: For sikl operatorida
For misolida oladigan bo`lsak tushinishimiz kerakki forning ichida yana bitta for turibdi deb
tasavvur qilishimiz mumkin.
{
int a,n;s=0
for(int i=1; i<=10; i++)
{


for(int j=1; j<=10; j++)
{
s++
Sout(“salom’’);
}
}
}
javobi:ekranga salom so`zi 100 marta chiqadi.
Xulosa.
Ba’zan, takrorlanuvchi algoritmlar bir nechta parametrlarga bog‘liq bo‘ladi. Odatda bunday
algoritmlarni ichma-ich joylashgan algortmlar deb ataladi. Misol sifati berilgan nxm o‘lchovli aij
–matritsa elementlarining yig‘indisini hisoblash masalasini qaraylik.Bu yig‘indi hisoblash uchun,
i ning har bir qiymatida j bo‘yicha ko‘paytmani hisoblab, avval yig‘indi ustiga ketma-ket qo‘shib
borish kerak bo‘ladi. Bu jarayon quyidagi blok–sxemada aks ettirilgan. Bu yerda i-tashqi sikl -
yig‘indi uchun, j-esa ichki sikl-ko‘paytmani hosil qilish uchun foydalanilgan.

Download 359.17 Kb.




Download 359.17 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Download 359.17 Kb.
Pdf ko'rish