|
Tarmoqlangan ma’lumotlarni boshqarish tizimlari
|
bet | 2/4 | Sana | 24.02.2023 | Hajmi | 305.52 Kb. | | #43398 |
Bog'liq Mustaqil ishTarmoqlangan ma’lumotlarni boshqarish tizimlari. «Mijoz – server» arxitekturasi quyidagicha qurilgan:
Ma’lumotlar bazasi fayllar to‘plami shaklida maxsus kompyuterning (tarmoq serveri) qattiq diskida joylashadi. • MBBT ham tarmoq serverida joylashadi.
Mijoz kompyuterlaridan iborat bo‘lgan lokal tarmoq mavjud bo‘lib, xar bir kompyuterda MB bilan ishlovchi mijoz dasturi o‘rnatilgan.
Har bir mijoz kompyuterda foydalanuvchilar dasturni ishga tushirish imkoniga ega. Dasturning foydalanuvchi interfeysi yordamida
foydalanuvchilar ma’lumotlarni tanlash/yangilash uchun serverdagi MB ga murojaat qiladi. Murojaat qilish uchun maxsus SQL so‘rovlar tili ishlatiladi, ya’ni serverga faqat so‘rov matni jo‘natiladi.
MBBT da serverdagi MB ning fizik strukturasi xaqidagi ma’lumotlar saqlanadi.
MBBT serverdagi ma’lumotlarga murojaatni qayd qiladi va serverda
ma’lumotlarni qayta ishlash amallari bajariladi va natija mijoz kompyuteriga yuboriladi. SHu tarzda MBBT natijalarni mijoz dasturiga yuboradi. Dastur esa o‘zidagi foydalanuvchi interfeysi yordamida natijalarni tasvirlab beradi. Bajariladigan fnunktsiyalar server va mijoz o‘rtasida taqsimlanishi:
Server har doim kutish xolatida bo‘ladi, u mijozlardan so‘rovlar kutgan xolda, tarmoqni domiy ravishda eshitib (listen) turadi.
Mijoz server bilan bog‘lanadi va unga ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan xizmatlar, masalan, kerakli fayl nomi, bayon etilgan so‘rov (request) jo‘natadi.
Server so‘rovni qayta ishlaydi va javob (response) jo‘natadi.
Bundan keyin aloqa uzilishi yoki davom etishi mumkin. Bu jarayon sessiya (session) deb ataladigan aloqa seansini tashkil etadi.
Dastur-serverlarni bir biridan farqlash uchun dastur-serverga port nomeri (port) beriladi. Bu oddiy musbat butun son bo‘lib, ixtiyoriy bo‘lishi mumkin, ammo keng tarqalgan protokollar uchun standart raqamlar beriladi.
Masalan, elektron pochta portining standart raqami 25, fayllarni uzatish — 21, Web-server — 80. Standart raqamlar 0 dan 1023 gacha bo‘lgan oraliqda bo‘ladi. 1024 dan boshlab, 65 535 gacha bo‘lgan sonlarni xususiy portlarni raqamlash uchun ishlatish mumkin.
Server yukini teng taqsimlash uchun, ko‘p xollarda bir necha portlar bir xil turdagi dastur serverlar tomonidan tinglanadi. Webserver, 80 raqamli portdan tashqari, 8080, 8001 va boshqa portlarni ham tinglashimumkin.
|
| |