• 642-20 guruh talabasi Komilov Qobiljon Shokirjon o‘g‘li O`qituvchi: QODIROV X. O. Pedagogika va psixologiya fanidan 2-TOPSHIRIQ
  • O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini




    Download 54.33 Kb.
    bet1/5
    Sana15.05.2023
    Hajmi54.33 Kb.
    #59968
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Diqqatning fiziologik mexanizmlarini nimalar tashkil qiladi
    илмий ишлар руйхати Шокирова \'\'\', 14-мавзу. Агробизнесда иннавацион лойиҳаларни бошқариш (4)




    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI


    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG‘ONA FILIALI

    Kompyuter Injiniringi” fakulteti


    642-20 guruh talabasi Komilov Qobiljon Shokirjon o‘g‘li

    O`qituvchi: QODIROV X. O.
    Pedagogika va psixologiya fanidan
    2-TOPSHIRIQ
    SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

    1. Diqqatning fiziologik mexanizmlarini nimalar tashkil qiladi?

    2. Xotirani rivojlantirish asoslari va usullari qanday?

    3. Iroda kuchi nima? Nega insonlar iroda kuchiga muhtoj?

    4. Liderlik nima va u qanday turlarga ajratiladi?

    5. Rahbar qobiliyatining psixologik komponentlari va xususiyatlari nimalardan iborat?

    6. Shaxsdagi mavjud ehtiyojlar nechaga bo`linadi va ular qaysilar?

    7. O‘smirlik davrida psixik rivojlanishda nimalarga e`tibor berish kerak?

    8. Temperament va uning turlarini sanab bering.

    9. Kinesteziya nima?

    10. Qobilyatga ta`rif bering.

    DIQQATNING FIZIOLOGIK MEXANIZMLARINI NIMALAR TASHKIL QILADI?


    Diqqatning nerv-fiziologik asosida oriyentirovka yoki tekshirish deb aytiladigan maxsus reflekslar yotadi. Oriyentirovka yoki tekshirish refleksi diqqatning fiziologik asosi hisoblanadi, chunki bu refleks bosh miya yarim sharlarining po’stida kuchli qo’zg’olish jarayonidan iborat bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, har bir daqiqada organizmga turli narsalarning ta’siridan hosil bo’lgan qo’zg’olishlarga nisbatan, oriyentirovka yoki tekshirish refleksini hosil qilgan narsaning ta’siridan yuz bergan qo’zg’olish kuchli bo’ladi. Diqqat ma’lum nerv markazlarining qo’zg’alishi va miyadagi boshqa nerv markazlarining tormozlanishi bilan bog’liqdir. Bu esa sub’yekt ahamiyatli bo’lgan qo’zg’atuvchilarni ajratishni, ya’ni psixik faoliyatning yo’naltirilishini ta’minlaydi. Bunday yo’naltirilishning sodda misoli sifatida oriyentatsiya refleksini ko’rsatish mumkin. Xar qanday yangidan yuzaga kelgan qo’zg’atuvchi, agar u yetarli darajada intensiv(kuchlanishga ega) bo’lsa, tegishli qo’zg’alish jarayonini yuzaga keltiradi, bu refleks, I.P.Pavlov aytganidek «nima u» degan refleks bilan ifodalanadi, bu esa sodda turdagi diqqatning fiziologik asosidir.

    I.P.Pavlov ta’limoti bilan akademik A.A.Uxtomskiy olib borgan tekshirishlari bir–biriga to’g’ri keladi. Agar nerv sistemasiga bir qancha qo’zg’ovchilar bir vaqtda ta’sir qilsa bosh miya po’stida shu ongning o’zida bir necha qo’zg’alish o’choqlari paydo bo’ladi. Shu bilan birga, xar bir qo’zg’alish o’chog’i bosh miya po’stining hamma yog’iga tarqalishga iradiatsiyalanishga moyildir. Shuning uchun ayrim qo’zg’alish o’choqlari o’rtasida to’qnashish va «kurash» sodir bo’ladi. Bu kurash natijasida qo’zg’alish o’choqlaridan biri hukmron (dominanta) bo’lib oladi Mana shu hukmron bo’lib olgan qo’zg’alish o’chog’ini akademik Uxtomskiy «dominanta» deb ataydi. Uxtomskiyning bergan ta’rifiga ko’ra;

    Dominanta – bu ayni chog’da markazda sodir bo’ladigan reaksiyalar xarakterinni bir qadar belgilab beruvchi hukmron qo’zg’alish o’’chog’idir. Dominantalar mavjud bo’lgan paytda boshqa qo’zg’alish o’choklari («subdominantalar» - nisbatan kuchsiz qo’zg’alish o’choqlari) ko’pincha yo’qolib ketmaydilar. Ular dominantaga qo’shilib, uni kuchaytiradilar yoki dominanta bilan kurasha boshlaydilar. Bu kurash jarayonida subdominanta dominanta bo’lib olishi mumkin, ilgarigi dominanta esa – subdominanta bo’lib qolishi mumkin. Hukmron qo’zg’alish o’chog’i bo’lgan dominanta diqqatimizning ma’lum narsaga yo’naltirilishi va tuplanishining fiziologik asosidir.

    3.Diqqatning turlari.

    Psixologiyada ikki xil diqqat turi farq qiladi. Ulardan biri ixtiyorsiz diqqat bo’lsa, ikkinchisi- ixtiyoriy diqqatdir.

    Ixtiyorsiz diqqat deb to’satdan ta’sir qilgan biror sabab tufayli bizning xohishimizdan tashqari hosil bo’ladigan diqqatga aytiladi. Ixtiyorsiz diqqat odamning har turli ehtiyojlari va qiziqishi bilan bevosita bog’liq bo’lgan diqqatdir. Ixtiyorsiz diqqatning nerv-fiziologik asosini oriyentirovka yoki tekshirish refleksi tashkil qiladi.

    Ixtiyoriy diqqat deb oldindan belgilangan qat’iy bir maqsad asosida va ongli ravishda diqqatimizni ma’lum narsa hamda hodisalarga qaratilishiga aytiladi. Ixtiyoriy diqqatning nerv-fiziologik asosida miya yarim sharlarining po’stida vujulga keladigan optimal qo’zg’alish manbai bilan ikkinchi signallar sistemasining faoliyati yotadi. Ixtiyoriy diqqatning yuzaga kelishida nutqning roli g’oyat kattadir. Ixtiyoriy diqqat har doim ixtiyorsiz diqqat bilanalmashinib turadi. Ixtiyoriy diqqat paytida odam tez charchaydi, chunki ixtiyoriy diqqat odamdan hamma vaqt iroda kuchini sarflashni talab etadi.

    Diqqatning asosiy turlari ixtiyyoriy va ixtiyorsiz diqqatdir. Diqqatni bunday turlarga bulish xissiyot yoki irodaning ustunligiga asoslanadi. Shu sababli, ba’zan diqqatning bu turlari irodaviy va emotsional diqqat deb xam ataladi. Diqqatning yana uchunchi turi sungi ixtiyoriy diqqat bo’lib, u dastlabki ikki turdagi diqqatning uziga xos sintezidan iborat. Ixtiyorsiz diqqat maxsus zur berishni talab kilmaydi. U ongga ta’sir etuvchi predmet yoki xodisaning bevosita kizikish uygotishidan paydo bo’ladi.

    Ta’lim jarayonida xam umumiy mexnat faoliyatidagi singari, ixtiyoriy diqqat xal kiluvchi rol uynaydi. Diqqatning bu turi ixtiyorsiz diqqatdan, birinchidan, kuzlagan maqsadi bilan fark qiladi, ya’ni u kishining uz oldiga kuygan maqsadiga bog’liq bo’ladi. Ikkinchidan, undan uyushkoklikni talab etadi, bu avvaldan diqqatni tuplashga tayorgarlikda, shuningdek etiborining tuplanish jarayonini boshqara bilishda ifodalanadigan uyushkoklikdir. Uchinchidan, irodaviy diqqatga diqqatni jalb qilish va saklash jarayonida zur berish bilan bog’liq bo’lgan kuch sarflash xos. Nixoyat, turtinchidan, u faoliyat jarayonidagi uta barqarorligi bilan fark qiladi. Shuning uchun uni irodaviy diqqat deyiladi. Faoliyat jarayonida, ko’pincha, diqqatning ixtiyorsiz ravishda asosiy ishdan bo’lak narsalarga ko’chib turishi uchraydi. Bunday xodisani diqqatning chalg’ishi deb ataladi. Ixtiyorsiz diqqatni ham va ixtiyoriy diqqat ham o’zining yo’nalishiga ko’ra tashqi va ichki bo’lishi mumkin.

    Manbai bizning ongimizda tashqarida bo’lgan diqqatga tashqi diqqat deb ataladi. Tashqi diqqat dastavval bizning idroklarimiz jarayonida namoyon bo’ladi. Shafyor, vagon haydovchisi, tikuvchining ishida sodir bo’ladigan diqqat tashqi diqqatga misol bo’la oladi. Manbai bizning tasavvurlarimiz, fikrlarimiz, hissiyotlarimiz va mayllarimizdan iborat bo’lgan diqqatga ichki diqqat deb ataladi. Biz ongimizning uzida sodir bo’layotgan jarayonlarni kuzatayotganimizda, ya’ni o’z xissiyotlarimizni, fikrlarimizni, istaklarimizni va shuning kabilarni kuzatayotganimizda ichki diqqat namoyon bo’ladi.


    XOTIRANI RIVOJLANTIRISH ASOSLARI VA USULLARI QANDAY?
    Xotiraning asoslari haqida keyinchalik batafsil to‘xtalaman. Axir , blogimning asosiy mavzusi ham shuda. Lekin umumiy rasmni berishim uchun aytishim mumkinki – bular fokusni oshirish, mnemonika, so‘ngi ilmiy natijalarni amaliyotga tatbiq etish, strukturiviy o‘qish va AQL XARITASI (mindmapping) va yangi innovativ-interaktiv usullardir.
    Aniq xotirani rivojlantirishi mumkin bo‘lgan usullardan biri bu doimo yangi narsani o‘rganishdir. Yoki qisqasi o‘zbek maqolidek «Beshikdan to qabrgacha ilm izla». Buni ko‘plab tadqiqotlar natija sifatida ko‘rsatyapti. 2004-yilda «Nature» maqolasi shuni ma’lum qildiki , unga ko‘ra kimda kim ko‘proq ma’lumotga duchor bo‘lsa , miyaning kulrang moddasi miqdori oshibdi. Bu miyamiz bo‘linmasi esa o‘z navbatida ko‘p holatlarda visualniy xotira bilan bog‘lanadi.
    Oddiygina, agar siz ingliz tilini o‘rganayotgan bo‘lsangiz , buni to‘xtatmasdan doimiy tarzda davom etish zarur. Bu inglizchasiga aytganda «Use it or Lose it» ya’ni «Ishlat yoki yo‘qot» degan tamoyil bilan xulosalash mumkin. Bu hodisa hattoki ilmiy nomga ham egadir. Pruning – Xomtoklash deb ataluvchi ushbu fenomenga ko‘ra miyadagi nerv yo‘llari takrorlash davomida mustahkamlanib qalinlashib boradi, va buni teskarisi, hosil qilingan bilimga eltuvchi nerv tolalari torayib o‘zi yo‘qolib ketadi.
    Buning yaqqol isbotini «Zakovat» intellektual o‘yinlari bilan shug‘ullanib yuruvchi ko‘plab o‘quvchilarda kuzatganman.Ular doimo yangi informatsiya va faktlar yodlab yurganligi tufayli, xotirasi doimo o‘tkir turadi. Negaki miyamiz qaysidir ma’noda pichoq singari ishlatganingiz sayin o‘tkirlashib boraveradi, ishlatilinmasa o‘tmaslashish boshlanadi.

    1. Doimo Yangilikni o'rganib borish

    2. Turli xil usullarda o‘rganing

    3.  Nimani o'rgangan bo'lsangiz boshqa bir insonga o'rgating

    4. Oldingi bilim keyingi bilimga madadkor

    5. Praktikal tajribaga erishing

    6. Javobga yetib borishning logikasi uni eslab qolishdan ko‘ra samaraliroq

    7. Qaysi biri sizning usulingiz

    IRODA KUCHI NIMA? NEGA INSONLAR IRODA KUCHIGA MUHTOJ?


    Iqtidor - qarordan keyin sizni harakatga keltiradi. Kun davomida qiladigan hamma narsa va ertaga nima qilishimiz bunga bog'liq. Bizning kelajagimiz iroda kuchiga bog'liq. O'ylashimcha, hamma iroda kuchini o'stirish muhimligini tushunishadi.
    Uning mashg'ulotiga o'tishdan oldin, iroda kuchi bir stakan suv ekanligini tasavvur qiling. Agar u to'liq bo'lsa, demak bu sizning maqsadlaringizga erishish uchun etarli kuchga egaligingizni anglatadi. Agar u bo'sh bo'lsa, unda sizda zaif iroda bor. Ushbu stakan har kuni to'ldirilishi kerak. Har bir to'g'ri qaror stakanga bir necha tomchi suv qo'shadi. Yomon qaror uning ko'p qismini stakandan to'kib yuboradi. Ba'zida bitta noto'g'ri qaror uni butunlay bo'shatishi mumkin. Shuning uchun ehtiyot bo'ling.
    Qabul qilaylik, biz asosan irodasizmiz. Ko'pchilik o'simliklarni va o'simliklarni iste'mol qilish qobiliyatiga ega: biz kun bo'yi ijtimoiy tarmoqlarda, burger, chekish va boshqa zararli narsalarni qilish bilan mashg'ul bo'lamiz. Tushlikka ketishga harakat qiling, bir chetga surib qo'ying yon tomonga mobil telefon - bu juda oddiy emas, chunki boshida sizga ko'rinishi mumkin. Doimiy zo'riqish holatida bo'lganda, siz irodani tarbiyalashga ehtiyoj sezmaysiz. Ammo vazn yo'qotish yoki pompalanish, biznes boshlash yoki yaxshi ish topish g'oyasi paydo bo'lishi bilanoq, bu erda muvaffaqiyatning qiyin yo'lida uning yo'qligi haqida bilib olishingiz kerak.
    Shunday bo'lsa-da, o'zi bilan teng bo'lmagan kurashda g'alaba qozonish uchun imkoniyatlar mavjud. Bu juda oddiy: jismoniy va aqliy salomatlikka e'tibor bering. Sizga quyida keltirilgan ba'zi oddiy tavsiyalarga amal qilishga harakat qiling.

    1. Sog'lom ovqat iste'mol qiling.

    2. Jismoniy mashqlar.

    3. Ko'proq suv iching.

    4. Meditatsiya qiling.

    LIDERLIK NIMA VA U QANDAY TURLARGA AJRATILADI?



    Lider bo’lish uchun tanlangan direktor yoki bosh menedjer bo’lish shart emas. Lider yoxud yetakchi — bu boshqalar uning tendentsiyalari va g’oyalari ortidan intilishni istaydigan shaxsdir. Liderlikka vaqtincha erishish ham mumkin, ammo haqiqiy liderni keyingi olg’a qadamlar bilan o’zgartirib bo’lmas sodiqlik ajratib turadi. Xo’sh, do’stlar orasida va umuman jamiyatda, ish joyda lider bo’lish uchun nimalar qilish kerak?

    1. Download 54.33 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 54.33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini

    Download 54.33 Kb.