• AKT SOHASIDA IQTISODIYOT VA MENEJMENT FAKULTETI ELEKTRON TIJORAT YO’NALISH 121-20 GURUH TALABASI JAKSILIKOVA GULZODANING BIZNESS BOSHQARUV JARAYONI (MA’RUZA)
  • O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini




    Download 310.21 Kb.
    Sana15.05.2023
    Hajmi310.21 Kb.
    #60043
    Bog'liq
    BIZNESS JARAYON MARUZA 1 TOPSH.
    boshqaruv tamoyillari 3-topshiriq, ONA TILI SLAYD, Mehnat ta’limi va dizayn” kafedrasi G. S. Sharipova Kostyum diza-fayllar.org (2)

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
    TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI
    RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
    TOSHKЕNT AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI
    UNIVЕRSITЕTI

    AKT SOHASIDA IQTISODIYOT VA MENEJMENT FAKULTETI ELEKTRON TIJORAT YO’NALISH
    121-20 GURUH TALABASI JAKSILIKOVA GULZODANING
    BIZNESS BOSHQARUV JARAYONI (MA’RUZA)
    fanidan


    1-Topshiriq

    TOSHKENT 2022


    MUKESH AMBANI



    O‘tgan yil oxirida Hindistonning eng qimmat kompaniyasi hisoblangan Reliance Industries'ning 50 ming xodimi va do‘stlari qirqinchi Oila yilini nishonlash uchun Mumbaydagi 40 km'li stadionda yig‘ildi. Yana 200 ming kishi shouni tomosha qilish uchun videoaloqa orqali ulandi. Shouda Hindiston kinosi megayulduzlari Amitabx Bachchan va Shohrux Xon, qo‘shiqchi Sonu Nigamlar ishtirok etishdi. Korporativ rang-barang mushaklar va banket bilan yakunlandi. Biroq bayramning haqiqiy yulduzi Reliance kompaniyasi direktorlar kengashi raisi va eng yirik aksiyadori Mukesh Ambani bo‘ldi (Forbes reytingida 40,1 mlrd dollar bilan 19-o‘rinda joylashgan).
    Ambanining o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari katta, u shu kungacha juda ko‘p narsalarga erishdi. Reliance — dunyoning eng yirik kompaniyalari orasida hozircha 106-o‘rinni egallaydi, o‘tgan yili kompaniya daromadi 4,6 milliard dollarni tashkil qilgan, sotuvlar hajmi esa - 50,9 milliard dollar. U neft-gaz sektorining asosiy o‘yinchisi, dunyoning eng yirik neftni qayta ishlovchi zavodlari unga tegishli. Biroq u shuningdek sog‘liqni saqlash, to‘qimachilik sanoati va telekommunikatsiya sohalarida ham o‘z bo‘limlariga ega Hindistonning eng yirik reteyleri. Uning Network18 sho‘'ba korxonasi CNBC, CNN, MTV va Nickelodeon (televideniye), Paramount Pictures (kino) va Forbes (matbuot) kabi G‘arb brendlari bilan hamkorlik qiladi.
    Hozirgi kunda Ambanini Jio'ga kiritilgan 33 milliard dollarlik investitsiya ko‘proq qiziqtirmoqda. Jio - bir yarim yil ichida 160 million mijozni jalb qila olgan keng polosali 4G-internetni taqdim etuvchi servis. Jio mijozlarining yarmidan ko‘pi ilk yarim yilda, ya'ni Reliance sotuvlarni rag‘batlantirish maqsadida servisdan bepul foydalanishni taklif qilganida servisga qo‘shilgan. Ular servisda qolishdi, chunki Jio mamlakat ichidagi qo‘ng‘iroqlar uchun pul olmaslikka va'da berdi va ma'lumotlarni yetkazish uchun o‘ta past tariflarni taklif qildi. Mijozlar bazasining shiddat bilan o‘sishi aksiyalarning 2017 yilda 70 foizga qimmatlashishiga olib keldi va Ambanining moliyaviy holatiga 16,9 milliard dollar qo‘shdi. Tahlilchilar "Jio effekti" haqida so‘zlay boshlashdi. Biroq Ambani uchun Jio shunchaki uning moliyaviy holatidagi raqamlar emas. "Ma'lumotlar - bu yangi neft" aforizmi aynan unga tegishli. U shu kompaniya Hindistonda qishloq xo‘jaligi, ta'lim va sog‘liqni saqlash kabi sohalardagi murakkab muammolarni hal qilishga yordam beradigan axborot inqilobini boshqarishiga ishonadi.
    Mukesh Ambani Hindistondan tashqarida ko‘proq dunyodagi eng qimmat xususiy uy - Mumbay janubidagi 27 qavatli (shiftlarning balandligi tufayli bino 60 qavatdek ko‘rinadi) osmono‘par bino egasi sifatida mashhur. Uy 1 milliard dollarga baholanadi. Ambani u yerda turmush o‘rtog‘i Nita (Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi a'zosi va Hindistondagi eng yirik futbol ligalaridan birining raisi) bilan birga sport, moda va shou-biznes yulduzlari uchun qabullar tashkil qiladi. Mukesh Ambani uyi haqidagi savollarga "Mening ba'zilarga o‘xshab butun dunyo bo‘ylab 30-40 ta uyim emas, atigi bir uyim bor", deya javob beradi.
    Ularning otasi Dxirubxay Ambani maktab o‘qituvchisining nochor oilasida dunyoga kelgan va Gandining vatani - Porbandara yaqinidagi uzoq qishloqda voyaga yetgan. Dxirubxay maktabdagi o‘qishini erta tashlab, oilasiga yordam berishga kirishgan. Yetti yil davomida Yamandagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida ishlagan (o‘sha yerda 1957 yilda Mukesh tug‘ilgan), Hindistonga qaytgach, ukalari bilan birga Mumbaydagi 50 kv metrli kichik ofisda ziravorlar bilan savdo qiluvchi biznesni yo‘lga qo‘ygan. Keyinroq, 1960-yillarda aka-ukalar ipga qiziqib qolishdi va yangi ajoyib mato - poliesterni import qila boshlashdi.
    1966 yilga kelib "Poliester shahzodasi" Gujarat shtatida sintetik matolarni ishlab chiqaruvchi birinchi fabrikani qurdirdi. U korrupsiyaga qarshi byurokratik to‘siqlarni muvaffaqiyatli yengib o‘tdi, biroq 1977 yilda Hindistonning milliylashtirilgan banklari uning kompaniyasi kengayishini moliyalashtirishni rad etishdi va Reliance'ni birjaga olib chiqdi. Aktsiyalar Hindistonning o‘rta qatlami orasida joylashtirildi va talab taklifdan ancha oshib ketdi. Asosan kichik shaharlarda yashovchi, tavakkal qilgan o‘sha 58 ming hindistonlik o‘z tanlovidan afsuslanmadi. Keyingi yillarda aksiyalar sezilarli darajada o‘sdi, Dxirubxaylar oilasining moliyaviy holati esa neft-kimyo sohasini o‘zlashtirish barobarida oshib boraverdi va oxir-oqibat 6,6 milliard dollarga yetdi.
    "Otam Hindiston global bozor ishtirokchisi bo‘lishi mumkinligini oldindan ko‘ra bilgan va doim uning miqyosini kengaytirish haqida o‘ylagan. Bu Reliance DNKsiga kirgan", - deydi Ambani. U kompaniya 36 yildan buyon egallab kelayotgan markaziy ofisda Forbes jurnalisti bilan uchrashdi. 1986 yilda Dxirubxay insultni boshdan kechirganida Mukesh va Anilning zimmasiga katta mas'uliyat tushdi. Aka-ukalar o‘zaro juda yaqin bo‘lishgan. Ular kuni bo‘yi yelkama-yelka turib ishlashgan, ularning turmush o‘rtoqlari va farzandlari esa oilaga tegishli 14 qavatli binoning turli qavatlarida yashashgan. 2002 yilda Dxirubay ikkinchi insult natijasida hayotdan ko‘z yumganida Reliance Hindistondagi eng yirik va ehtimol, eng nufuzli kompaniyaga aylandi.
    Dxirubxay o‘limi oldidan aholining keng qatlami uchun arzon mobil servisini yaratishni rejalashtirib yurgandi. Uyali telefonlar boylarning o‘yinchog‘i bo‘lgan bir vaqtda mobil aloqa tariflari yuqori bo‘lgan. Otasining orzusidan ilhomlangan o‘g‘illar mobil kommunikatsiyalar bilan shug‘ullana boshlashdi. "Ba'zilar tavakkal qilishga ko‘proq moyil bo‘lishadi, - deydi Mukesh. - Tavakkalsiz yashash zerikarli".
    2002 yilda Reliance diskont telekommunikatsion servisni ishga tushirdi va mobil aloqaga tariflar narxini daqiqasiga 32 sentdan 2 sentgacha pasaytirishga erishib, bozorni "silkitdi". Muvaffaqiyatning aks ta'siri — aka-ukalar kompaniya ustidan nazoratni qo‘lga kiritish uchun kurasha boshlashdi. Ambaniga yaqin manbaga ko‘ra, raqobat otaning o‘limidan ancha oldin boshlangan. Ko‘pchilik 2002 yilda telekom-servisni ishga tushirish marosimida Anilning yo‘qligini sezdi, bu oiladagi kelishmovchiliklarga birinchi ishora edi. Anilning vakili vaziyatga izoh berishdan bosh tortgan.
    Dxirubxay vasiyat qilishga ulgurmay hayotdan ko‘z yumdi, biroq oila tartib-qoidalariga ko‘ra, Reliance direktorlar kengashini kim boshqarsa, to‘liq nazorat o‘sha insonda bo‘ladi deb hisoblangan (har holda Mukesh shunday hisoblaydi). Rais o‘rinbosari bo‘lgan Anil bunga rozi bo‘lmagan, u kattaroq ta'sir doirasiga ega bo‘lishni istagan. Mukesh esa u yirik zavod va fabrikalarni ishga tushirish ishlari bilan shug‘ullangan, deb hisoblagan. Bundan tashqari, u ko‘proq otasi bilan yaqin bo‘lgani haqida aytishadi. Anil Bollivudning yangi aktrisalaridan biriga uylanishga qaror qilganida otasi u bilan xafalashib qolgan, otasi u qizni o‘g‘liga munosib deb bilmagan, Mukeshning turmush o‘rtog‘ini esa otasi tanlab bergan. Anil akasiga nisbatan muomalaga ustaroq bo‘lgan, u kompaniyaning moliyaviy ishlari bilan shug‘ullangan va bankirlar, sarmoyachilar hamda jurnalistlar oldida Reliance nomidan ishtirok etgan. Shu bilan birga, u onasiga yaqinroq bo‘lgan.
    Aka-ukaning ayollari o‘zaro chiqishmasligi vaziyatni yanada keskinlashtirdi, biroq oxir-oqibat ularning onasi Kokilabin o‘g‘illarini yarashtirishga muvaffaq bo‘ldi, 2005 yilda oilaning moliyaviy vositalari taqsimlandi. Mukesh oila biznesining katta qismiga - asosiy neft-gaz biznesi Reliance Industries'ga ega bo‘ldi. Anil esa nisbatan yangi bo‘limlar - telekom, moliyaviy xizmatlar va elektr energiya ishlab chiqarishga doir bo‘limlarni qo‘lga kiritdi.
    Taqsimlov aka-ukalarning moliyaviy holatini sezilarli darajada oshirdi. 2008 yilda ularning birgalikdagi boyligi misli ko‘rilmagan darajaga yetdi - 85 milliard dollar. Mukesh 43 milliard dollar bilan dunyoning beshinchi eng badavlat kishisiga aylandi, Anil esa 42 milliard dollar bilan oltinchi o‘rinni band qildi.
    Moliyaviy inqiroz oilaviy mojaroga ta'sir ko‘rsatdi. Aka-ukalarning yarashuvi faqat qog‘ozlarda bo‘lgani ayon bo‘ldi. 2008 yilda Anil o‘z telekommunikatsion kompaniyasini Janubiy Afrikaning MTN kompaniyasi bilan birlashtirmoqchi bo‘lganida Mukesh tinchlik kelishuviga asoslanib, bitimga to‘sqinlik qildi. 2009 yilda Anilning kompaniyasi aksiyalari narxi tushib, uning moliyaviy holatini 32 milliard dollarga kamaytirdi. Yuridik hisob-kitoblardan bir yil o‘tib, aka-ukalar raqobat qilmaslik haqidagi kelishuvni buzishdi.
    Kutilmaganda Mukesh telekomga qaytish imkoniga ega bo‘ldi. U hammasini boshidan boshladi: 2010 yilda maxfiy ravishda faqat keng polosali internet taqdim etishga izn beruvchi litsenziyaga ega kichik kompaniyani sotib oldi. Biroq Ambani “tovush” – ma'lumot turlaridan biri ekani va ertami kechmi qoidalar o‘zgarishini yaxshi bilardi. 2013 yilda bu ro‘y berganida Mukesh bunga tayyor edi.
    U bu biznesni shiddat bilan kengaytira boshladi va umummilliy tarmoqni tezroq yaratish uchun Reliance’ning qurilish, qonunchilikni tartibga keltirish va loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ekspertlarini jalb qildi. U hamyonbop 4G-telefonlarni ishlab chiqishda elektronika gigantlari Qualcomm va Spreadtrum bilan hamkorlik qildi va ularni 22 dollarlik qaytariluvchi kafolatli depozit evaziga sotdi. Bugunga kelib Reliance loyihaga umumiy miqdorda 33 milliard dollar sarf qildi va o‘z investitsiyalarini qarz (7 mlrd dollar), aksiyadorlik kapitali (17 mlrd dollar) hamda muddatsiz to‘lovlar va yetkazib beriluvchi kreditlar (9 mlrd dollar) hisobiga moliyalashtirdi.
    Jio servisi juda arzon, tez va (Hindistonning maydonini inobatga olganda) eng asosiysi, mamlakatning 95 foiz hududida ishlaydigan servis bo‘lgan. U qadar faol bo‘lmagan o‘yinchilar bozorda arang jon saqlashardi. Telenor va Tata Group o‘zlarining simsiz internet taqdim etuvchi bo‘limlarini telekommunikatsiya magnati Sunil Mittalning Bharti Airtel kompaniyasiga sotishdi. Milliarder Kumar Birlega qarashli sobiq raqiblar Vodafone India va Idea Cellular hujumga qarshi turish uchun birlashishga rozi bo‘lishdi. Mukesh ukasini “yerga urish” uchun Anilning telekommunikatsion biznesi “qoldiqlari”ni 3 milliarddan ortiqroqqa sotib oldi. Qachonlardir u 43 milliard dollarga baholangan edi. “Bu bor yo‘g‘i biznes qaror edi, - deydi Mukesh. – Bu bizni qoniqtiradi va biz bu vaziyatdan maksimum foydalanishga harakat qilamiz”.
    Jio tufayli Hindiston mobil trafigi bir yil avvalgi 1 milliard Gbaytdan 28 milliardgacha ko‘tarildi. Ma'lumotlar iste'moli hajmi bo‘yicha hozir Hindiston Xitoy va AQShni ortda qoldirmoqda. Birgina Jio’ning o‘ziga Sprint, Verizon va AT&T’ni birgalikda olganda ham ko‘proq mobil trafigi to‘g‘ri kelmoqda. Ambanining rejalari ulkan: bu ma'lumotlarning bari uning mamlakatini qayta qurishga va qashshoqlikdan chiqarishga yordam berishi kerak. U misol tariqasida past samaradorlik va yomon sifatdan jabr ko‘rayotgan Hindiston qishloq xo‘jaligini keltirdi. “Men samarasizlikni imkoniyat sifatida qabul qilaman”, - deydi Ambani. Jio aksariyati kichik uchastkalarga ega 120 mln hind fermeri uchun ekish, hosil yig‘ish, bozor narxlaridan xabardor bo‘lish va qishloq xo‘jaligi sohasi ekspertlariga chiqish imkonini qo‘lga kiritish uchun yagona platforma ishlab chiqdi.
    Ambani Jio hind ta'lim tizimini isloh qilishda muhim rol o‘ynashi kerak, deb hisoblaydi. U provayder bir yil davomida Hindiston kollejlarida ta'lim oluvchi 35 million talabaga internetga kirish imkonini taqdim etishiga umid qilmoqda. Shu bilan birga, u mamlakatning eng chekka burchaklariga, har bir qishloqqa ham internet yetkazishni niyat qilgan.
    Jio daromad olish usulini topmasa, bularning bari orzuligicha qoladi, albatta. Hisobchilarning ba'zi nayranglari orqasidan kompaniya 2017 yilning oxirgi choragida kichik daromadni qayd qilishning uddasidan chiqdi (1,1 milliard kirimdan 78 million dollar). Shunday bo‘lsa-da, Jio’ning asosiy ustuvorligi —narxlarning arzonligida — bu moliyaviy jihatdan unga qarshi ishlaydi.
    Download 310.21 Kb.




    Download 310.21 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini

    Download 310.21 Kb.