2.4. “O’zbekiston pochtasi” OAJ Farg’ona filialida tovor moddiy boyliklar elektron bazasi” axborot tizimi ishlab chiqish.
Yuqoridagi tartibda ma’lumotlar bazalaridagi jadvallar dasturga bog’lanadi. Dasturlashda ishni tartibli olib borish uchun ma’lumotlar bazalari bilan ishlovchi uskunalar aloxida DataModuleda joylashtiriladi. Buning qulaylik tarafi shundaki dasturchi ma’lumotlarga bitta nuqta orqali murojaat qiladi. Natijada dastur tuzishda xar xil muammolar yuzaga kelmaydi.Bundan tashqari bazadaga bitta umumiy ADOConnection orqali bog’lanadi va albatta bu forma dasturdagi boshqa formalar tomonidan yuklab olinishi shart
rasm. MBdagi jadvallar
Yuqoridagi ishlardan ko’rinib turibdiki, biz dastur uchun kerakli bo’lgan ma’lumotlar bazasini yaratdik xamda uni dastur bilan bog’lashga muvaffaq bo’ldik. Endi bevosita dasturning asosiy qismini yaratamiz. Dastlab dastur uchun maxsus ikonka va dasturning nomini kiritamiz.Buning uchun menyular satrining Project->Options bo’limiga kiriladi xamda dastur nomiga “Xodimlar bo’limi”, kerakli ikonkaga esa oldindan tayyorlangan ikonka tanlanadi.Men ikonka tayyorlash paytida dastur maqsadidan kelib chiqqan xolda O’zbekiston pochtasi markalaridan birini ikonka sifatida tanlab oldim. Dasturning yana bir afzalligi shundaki tanlangan ikonka dasturga avtomatik tarzda yuklayu olinadi, ya’ni dasturni boshqa joylarda foylanayotgan xolda doimo ikonkani xam qo’shib olib yurish shart emas.
Kirish formasi dastur xavfsizligi ta’minlash maqsadida yaratildi. Bu forma dastur ishga tushishi bilan ishga tushadi va foydalanuvchidan kerakli login va parolni kiritishni talab qiladi.
Ya’ni foydalunvchi tomonidan kiritilgan ma’lumotlar ma’lumotlar bazasidagi foydalanuvchilar jadvalidan qidiriladi. Agarda ma’lumotlar topilmasa bu xaqida ogoxlantirish chiqadi. Ikkala ma’lumot xam to’g’ri kiritilgan bo’lsa, dasturning asosiy oynasiga o’tadi.
Dasturning asosiy oynasi quyidagicha:
.13 rasm. Dastur asosiy oynasi
Undan keyin esa kerakli shablonda ko’rsatilgan word fayl o’qilib, olingan ma’lumotlar uzatiladi. Natijada tovor moddiy boyliklar elektron bazasini olish imkoniyati tug’iladi.
Dastur xaqida oynasi dastur muallifi xaqida ma’lumotlar beradi. Bu oynani yozuvlardan foydalangan xolda yaratildi.
|