125
rollarga ega bo’lishi va bir nechta foydalanuvchi bir rolda bo’lishi mumkin. Shunga
o’xshash, bir qancha imtiyozlar bitta ro’lga tegishli yoki bir nechta rollar bitta
imtiyozga ega bo’lishi mumkin. Shuningdek, ushbu modelda xususiy buyurtma
qilingan to’plam – rollar iyerarxiyasi mavjud. Ushbu to’plamda
𝑥𝑥 va 𝑦𝑦 rollar uchun
𝑥𝑥 > 𝑦𝑦 a’zolik aloqasi 𝑥𝑥 rol 𝑦𝑦 rol imtiyozlarini meros qilib olganini anglatadi. Seans
foydalanuvchini ko’p rollarda o’z ichiga oladi. Bunda, foydalanuvchi bir qancha
vazifani bajarish uchun seansni faollashtiradi. Shu nuqtada tizim foydalanuvchidan
vazifani bajarish uchun talab qilinadigan rollarni va imtiyozlarni aniqlab,
qolganlarini taqiqlashi mumkin.