5.2. Ma’lumotlarni zaxira nusxalash usullari 5.2.1. Zaxira nusxalash Hozirgi kunda ma’lumotlarni yo’qolishi tashkilotlar uchun asosiy xavfsizlik
muammolaridan biri bo’lib, buning natijasida tashkilot katta zarar ko’rishi mumkin.
Shuning uchun, tashkilotdan davomiy ravishda muhim bo’lgan ma’lumotlarni zaxira
nusxalab borishi talab etiladi.
Ma’lumotlarni zaxira nusxalash – muhim bo’lgan axborotni nusxalash yoki
saqlash jarayoni bo’lib, bu ma’lumot yo’qolgan vaqtda qayta tiklash imkoniyatini
beradi. Ma’lumotlarni zaxira nusxalashdan asosiy maqsad quyidagilar:
− zarar yetkazilgandan keyin tizimni normal ish holatiga qaytarish uchun;
− tizimda saqlanuvchi muhim ma’lumotni yo’qolishidan so’ng uni qayta
tiklash uchun.
Tashkilotlarda ma’lumot yo’qolishi moliyaviy tomondan va mijozlarga
aloqador holda ta’sir qilishi bilan xarakterlansa, shaxsiy kompyuterda esa shaxsiy
fayllarni, rasmlarni va boshqa qimmatli axborotni yo’qolishiga sababchi bo’ladi.
Ma’lumotlarni yo’qolishiga quyidagilar sababchi bo’lishi mumkin:
- Inson xatosi: qasddan yoki tasodifiy ma’lumotni o’chirib yuborilishi,
ma’lumotlarni saqlash vositasini to’g’ri joylashtirilmagani yoki ma’lumotlar
bazasini xatolik bilan boshqarilganligi.
- G’arazli hatti-harakatlar: tashkilotdagi muhim ma’lumotlarni
modifikasiyalanishi yoki o’g’irlanishi.
- Tabiiy sabablar: quvvat o’chishi, dasturiy ta’minot to’satdan o’zgarishi yoki
qurilmani to’satdan zararlanishi.
- Tabiy ofatlar: zilzila, yong’in va hak.
Tashkilotda yoki shaxsiy kompyuterda ma’lumotlarni zaxira nusxalash
quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
174
- muhim bo’lgan ma’lumotlardan yo’qolgan va zararlangan taqdirda ham
foydalanilish;
- zaxira nusxalash tashkilotlarni o’z vazifasini yo’qotishidan himoyalash va
ma’lumotlarini ixtiyoriy vaqtda tiklash;
- ma’lumotlarni tiklash orqali tashkilotdagi yo’qolgan ma’lumotlarni qaytardik.