197
muvaffaqiyatli amalga oshirilganligi kabi boshqa hodisalarni ham qayd qilishi
mumkin.
Hodisalarni qaydlashdagi amallar. Hodisalarni qaydlash jurnali ustida
quyidagi amallar bajaralishi mumkin:
- zaxira nusxalash (BackupEventLog funksiyasi yordamida);
- tozalash (ClearEventLog funksiyasi yordamida);
- monitoring qilish (NotifyChangeEventLog funksiyasi yordamida);
- so’rov yuborish (boshqa dasturlar tomonidan, GetOldestEventLogRecord,
GetNumberOfEventLogRecords funksiyalari yordamida);
- o’qish (ReadEventLog funksiyasi yordamida);
- yozish (ReportEvent funksiyasi yordamida).
Windows XP/2000 operasion tizimlarida turli hodisalarni qaydlash jurnalida
turli akkauntlar uchun berilgan imtiyozlar quyida keltirilgan (11-jadval).
11-jadval
Windows XP/2000 operasion tizimida hodisa jurnaliga bo’lgan imtiyozlar