O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini




Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana23.01.2024
Hajmi0,53 Mb.
#143624
1   2
Bog'liq
1-Amaliy ish ELEKTRONIKA
“Operatsiya-operand” grafli hisoblash modeli-fayllar.org, TrueCrypt dasturi kiberxafsizlik I.Asqar, 8-Amaliy ish Diskret, 10-Amaliy mashg\'ulot Diskret
AMALIY 
KO‘NIKMA
ELEKTRONIHKIASOVBA 
SXEMALAR1 
BAZASI 
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI 


TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI 
- tadqiq etilayotgan EA ulanish sxemasi: elektr manba qutblari, 
toklarning yo‘nalishi, elektrod toklarining oqib o‘tish zanjirlari va 
ularning tashkil etuvchilari, toklarning o‘zaro bog‘lanishi; 
- EA statik xarakteristikalari va boshqa tajribada olingan bog‘liqliklarning 
mohiyati; 
- EA matematik modeli parametrlarini tajriba ma’lumotlaridan aniqlash 
uslublari va ularning fizik ma’nosini tushuntirish; 
- ossillogrammalarni izohlash; 
- tadqiq etilayotgan EA chegaraviy parametrlarining fizik nuqtai 
nazardan tushuntirish. 
1.1-1.3-mavzularning deyarli barcha bandlari laboratoriya ishlariga 
tayyorlanish jarayonidagi uy vazifasining mazmunini belgilaydi va ular mazkur 
to‘plamdagi har bir laboratoriya ishlarining tavsiflarida o‘z ifodasini topgan. 
Agar talaba ish bajarishdan avval yoki ish bajarish vaqtida yuqorida 
ta’kidlangan mavzular bo‘yicha uy vazifalarini o‘zlashtirmagani o‘qituvchi 
tomonidan aniqlansa, u holda talaba ish bajarishiga ruxsat etilmaydi yoki ish 
bajarishdan chetlashtiriladi. Talabani 1.4 bandlarni o‘zlashtirishi laboratoriya 
ishini himoya mashg‘ulotlarida o‘qituvchi tomonidan tekshiriladi. 
1.2-bandlarida keltirlgan o‘lchash sxemalari va o‘lchov uslublari masalalari 
mazkur qo‘llanmaning quyida keltirilgan "Universal laboratoriya stendi (ULS) 
ning tavsifi" berilgan. 
Hisobotlarni tuzish uchun 1.1 bandda keltirilgan savollarga javobni EA 
haqidagi ma’lumotnomalardan izlash lozim. 
2. Universal laboratoriya stendining tavsifi 
Universal laboratoriya stendi (ULS) yarimo‘tkazgich asboblarni tadqiq 
etishga mo‘ljallangan qurilma bo‘lib, u “Elektronika” laboratoriyasining asosiy 
jihozlariga kiradi. ULS 25 ta laboratoriya ishlarini frontal usulda olib borishga 
imkon beradi. 
ULS tuzilish jihatdan asosiy modul va laboratoriya modulidan iborat (1.1- 
rasm). 


FILIALI 
1.1-rasm. ULSning umumiy ko‘rinishi. 
1.2– rasm. ULSning asosiy moduli. 
Asosiy modul ikkita kuchlanish manbai (E1 va E2), ikkita multimetr va 
past chastota generatoridan tashkil topgan. E1 va E2 kuchlanish manbalari 
rostlanadigan bo‘lib, uning chiqishidagi qiymatlari noldan tadqiq etilayotgan 
elektron asbob ish parametrlari bilan chegaralangan yuqori qiymatgacha 
o‘zgaradi (1.2 – rasm). 
1. sm. Ossilografning old paneldan ko‘rinishi. 
Laboratoriya moduli ikkita multimetr, ikkita rostlanuvchi manba, ikkita 
rostlanmaydigan: ikki qutbli E3 (+15V va -15V) manba hamda 


rostlanmaydigan E4 (+5V) manba, past chastota va impuls generatorlari, 
elektrodlari uchlari sifatida xizmat qiluvchi tadqiq etiladigan elektron asbob 
oyoqchalari va mikrosxemalar maxsus kommutatsiya maydonini tashkil 
etuvchi uyachalardan iborat . 
Past chastota generatori amplitudasi rostlanadigan bo‘lib, uning uchta 
chiqishidan umumiy nuqtaga nisbatan (1:1, 1:10, 1:100) signal tadqiq 
etilayotgan elektron asbob yoki integral mikrosxemaga beriladi. 
EKTRONIHKIASOVBA 
Impulslar generatori chastotasi rostlanuvchi bir qutbli impulslar ketmaketligi va 
zinasimon o‘zgarishli chiqishlarga nisbatan signal tadqiq etilayotgan 
elektron asbob yoki integral mikrosxemaga beriladi. 
Elektron asbob va mikrosxemalar tadqiq etiladigan maxsus 
kommutatsiya maydonida elektron asboblarning oyoqchalarini ulashga 
mo‘ljallangan kvadrat shakldagi 48 ta kommutatsiya uyalari joylashtirilgan. Bu 
uyachalar chiqishni faqat uchta nuqtadan tarmoqlantirishi mumkin. 
O‘rganilayotgan elektron asbob oyoqchalari yonma-yon joylashgan kvadratlar 
uyalariga ulanadi. Aks holda elektron asbob oyoqchalari qisqa tutashishi 
mumkin. Bu holat yuz bersa, kuchlanish manbalari ulanishi bilan 
ogohlantiruvchi optik va akustik signal chiqadi. Bu vaqtda ogohlantiruvchi 
yorug‘lik signalini tarqatayotgan manba o‘chirilishi zarur. Manba o‘chirilganidan 
so‘ng yig‘ilgan sxema qayta tekshiriladi, xatolik aniqlanadi va tuzatiladi. 
Kommutatsiya maydonining o‘rta qismida integral mikrosxemalar 
oyoqchalarining chiqishlariga mo‘ljallangan, 1-24 raqamlari bilan belgilangan 
qizil rangli uyachalar joylashtirilgan. Ushbu uyachalardan yuqoriroqda integral 
mikrosxemalarni tadqiq etish uchun ularni laboratoriya modul sxemasiga 
ulaydigan panel joylashgan. Sxema yig‘ishda o‘rganilayotgan mikrosxema 
oyoqchalari panelga o‘rnatiladi va ularning chiqishlari 1-24 raqamlari bilan 
belgilangan uyachalardan olinadi. Kommutatsiya maydonining yuqori qismida 
to‘g‘ri chiziq bo‘ylab joylashgan va o‘zaro ulangan 2×8 ko‘rinishidagi uyachalar 
mavjud. Bu uyachalar tadqiq etilayotgan asbobning birorta chiqishini ulash va 
tarmoqlantirish uchun hizmat qiladi. Kommutatsiya maydonining eng pastki 
qismida xuddi shunday uyachalar mavjud bo‘lib, ular tadqiq etilayotgan 
elektron asbobning zarur oyoqchasini yerga ulash uchun hizmat qiladi. 
Laboratoriya modulidagi qora rangli uyachalar elektron asboblarni va qizil 
rangli uyachalar esa mos ravishda mikrosxemalarni ulashda ishlatiladi. 
O‘rganilayotgan elektron asbob, integral mikrosxema va elektron 
qurilmalar kirish va chiqishlaridagi elektr signallar qiymatlari va shaklini 


ossilograf yordamida kuzatish mumkin . Buning uchun ossilograf 
kirishiga kuzatilishi zarur bo‘lgan signal o‘tayotgan tugun maxsus shnur bilan 
ulanadi 

Download 0,53 Mb.
1   2




Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini

Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish