O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi




Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/31
Sana16.02.2022
Hajmi1.47 Mb.
#17662
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
kop portli kompyuterlar yordamida texnologik jarayonlarni boshqarish tizimini loyihalash
bOSHQARUV TIZIZMLARI, (material xususiyati va fakturasi), yoriqnoma, 252.5320900 TIKUVCHILIK SANOATIDA AXBOROT TENOLOGIYALARINI QO\'LLASH, 2-Maruza, Klaviaturaga qaramay matn terishni organamiz 2 @kompyuter akademiyasi, BSKM, Rus tili fani, 2 MA\'RUZA KUZATILADIGAN TABIIY OFATLAR VA ULARNING OQIBATLARI, 2021 12.2, АМАЛЁТ баённома (2) (7) (4) (3), Elektr mashinalari va transformatorlarni tamirlash oraliq savollari, 1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy tushunchal, орфологический
KIRISH 
 
Qishloq va suv xo’jaligidagi ko’plab tarmoqlarda qo’llanilayotgan ilg’or 
texnologiyalar ishlab chiqarishning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlaridan 
foydalanishni talab qiladi. Shuning uchun soha bo’yicha tayyorlanayotgan 
mutaxassislar avtomatikaning texnik vositalari, avtomatik nazorat, avtomatik 
rostlash, avtomatik boshqaruv tizimlari, operativ xizmat tarmog’i haqida maxsus 
bilimga ega bo’lishlari zarur. 
Avtomatika - fan va texnikaning alohida sohasi bo’lib, bu soha avtomatik 
boshqarish nazariyasi, avtomatik tizimlar yaratish prinsiplari va bu tizimlarda 
qo’llaniladigan texnik vositalar bilan shug’ullanadi. Avtomatika so’zi grekcha 
so’zdan olingan bo’lib, o’zi xarakatlanuvchan moslamani anglatadi. Avtomatika 
fan sifatida 18-asrning ikkinchi yarmida, ya’ni ip-yigiruv, tikuv stanoklari va bug’ 
mashinalari kabi birinchi murakkab mashina - qurilmalarining paydo bo’lish 
davrida ishlatila boshlandi. 
Тexnika tarixida birinchi ma’lum bo’lgan avtomatik qurilma Polzunov bug’ 
mashinasi (1765 y.) hisoblanadi. Bu mashina oddiy shamol va gidravlik 
dvigatellarning o’rniga ishlatilgan va odam ishtirokisiz suvning sathini rostlagan. 
Avtomatik rostlashning asosiy prinsiplarini ingliz olimi F. Maksvell tomonidan 
1868 yilda ishlab chiqildi. 
Тexnikaning rivojlanishi va odamlarning og’ir qo’l mexnatidan bo’shashiga 
qaramasdan ish jarayonlari va mehnat qurollarini boshqarish kengayib va 
murakkablashib bordi. Ayrim holatlarda esa maxsus qo’shimcha elementlarsiz 
mexanizatsiyalashgan ishlab chiqarishni boshqarish imkoniyatlari murakkablashdi. 
Bu esa o’z navbatida avtomatikaning muhimligini va uni rivojlantirish kerakligini 
isbotladi.
Avtomatika - mashina texnikasi rivojlanishining yuqori pog’onasi 
hisoblanadi. Bunda odamlar nafaqat jismoniy mehnatdan, balki mashina, 
qurilmalar va ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish va ularni boshqarishdan 
holis bo’ladilar. Avtomatika mexnat unumdorligini oshirish, ish sharoitlarini 



yaxshilash, jismoniy va aqliy mexnatni bir-biriga yaqinlashtirish kabi ko’plab 
jarayonlar uchun hizmat qiladi. 
Нozirgi davrda fan texnika taraqqiyoti shunday ilgari surildiki, mavjud 
texnika va texnologiyalar ishlab chiqarishda yangi, har taraflama zamon talabiga 
javob beradigan texnik vositalar bilan ta’minlash zaruriyati tug’ildi. Хorijiy 
mamalakatlardan keltirilayotgan yangi texnika va texnologiyalarni o’zlashtirish esa 
yuqori bilim va malaka talab etadi. 
Qishloq va suv xo’jaligini ishlab chiqarishda avtomatik boshqarish tizimlarini 
qo’llash yuqori samaradorlikka ega, chunki ko’p bosqichli ishlab chiqarish 
jarayonlarda 
iqtisodiy 
samaradorlikka 
erishish 
uchun 
imkon 
boricha 
mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish vositalaridan keng foydalanish talab 
qilinadi. 
Qishloq va suv xo’jaligini avtomatlashtirish asosan sanoatdagi texnologik 
jarayonlarni avtomatlashtirishdagi tajribalarga asoslanadi. Shu bilan birga qishloq 
va suv xo’jaligidagi texnologik jarayonlar, shu jumladan gidrotexnik inshootlari, 
nasos stansiyalari, suvni hisobga olish kabi sohalar o’zining shunday maxsus 
xususiyatlariga egaki, bu holda tanlangan texnik vositalar va elementlar ma’lum 
texnologik talablarga javob berishi kerak. 
Qishloq va suv xo’jaligida ish unumdorligini oshirishning asosiy yo’llaridan 
biri dexqonchilik jarayonlarini avtomatlashtirish hisoblanadi. Dehqonchilik 
sohasida 
mexanizatsiyalash 
jarayonlari 
yetarli 
darajada 
rivojlanish 
ko’rsatkichlariga ega bo’lsada, lekin ularni avtomatlashtirish sohasi xaligacha 
oqsoqlab kelmoqda. Buning asosiy sabablari, birinchi navbatda dehqonchilik 
jarayonlarining murakkabligi yer va suv sharoitlarining xilma-hilligidir, jumladan:
a) jarayonlarni xarakatlanuvchan agregatlar bajarishi, tuproq va o’simlikni esa 
qo’zg’almasligi; 
b) agregatning xar hil ob-havo sharoitida ishlashi; 
v) materialning bir jinsli bo’lmasligi (hosildorligi, namlik, ifloslik hamda 
kutilmagan faktorlar); 
g) relefning murakkabligi (pastlik - balandlik, chuqurlik). 



Yuqorida aytilganlardan ko’rinib turibdiki, bo’lajak elektromexanik 
mutaxassislari oldida qishloq va suv xo’jaligi ishlab chiqarishida avtomatik 
boshqarish va rostlash tizimlari hamda avtomatikaning texnik vositalarini qo’llash 
kabi o’ta dolzarb masalalar turibdi. 
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi talabalarda avtomatik boshqarish va 
rostlash tizimlari va texnik vositalarni tahlil qilish hamda ularni qishloq va suv 
xo’jaligi sohalarida foydalanish bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni 
shakllantirishdan iborat. Avtomatikaning texnik vositalariga nazorat axborotlarini 
qabul qiluvchi, uzatuvchi, o’zgartiruvchi, saqlaguvchi, programmalashtirilgan 
axborot bilan solishtiruvchi, buyruq axborotini shakllantiruvchi hamda texnologik 
jarayonga ta’sir ko’rsatuvchi quyidagi uskunalar va texnik qurilmalar kiradi: 
datchiklar, relelar, kuchaytirgichlar, logik (mantiqiy) elementlar, rostlagichlar, 
stabilizatorlar, ijro mexanizmlari va boshqalar. Bunday texnik vositalar 
avtomatikada o’lchash o’zgartkichlari deb ham yuritiladi. 
Qishloq va suv xo’jaligi ishlab chiqarishini avtomatlashtirish jarayoni 
umuman olganda uch davrga bo’linadi.
Birinchi davr - ayrim texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish. Jarayonning 
ayrim parametrlari avtomatlashtirilgan agregat yaqinida o’rnatilgan yirik o’lchamli 
asboblarning ko’rsatishiga muvofiq ravishda rostlanadi. Bunda asboblarni mashina 
va uskunalar yaqiniga joylashtirish deyarli qiyinchiliklar tug’dirmaydi.
Avtomatlashtirishning bu davrida shkalasi yaxshi ko’rsatadigan yirik o’lchamli 
asboblar ishlatiladi. Bunda bir korpusga o’lchash asbobi, rostlagich va topshirgich 
joylashtiriladi. 
Ikkinchi davr - ayrim jarayonlarning kompleks avtomatlashtrish. Bunda 
rostlash alohida shchitga o’rnatilgan asboblar bo’yicha olib boriladi. Yirik 
o’lchamli asboblardan foydalanish bu shchitni bir necha metrga cho’zilib ketishiga 
olib keladi va shchitni nazorat qilish qiyinlashadi. Avtomatlashtirishning bu 
davrida shchitdagi asboblarni hajmini kichiklashtirish zarurati paydo bo’ladi. Bu 
masalani hal qilish uchun kichik o’lchamli ikkilamchi asboblar ishlatiladi.



Uchinchi davr - to’liq avtomatlashtirish davri. Bu davrning xarakterli 
xususiyati 
shundaki, 
barcha 
jarayonlar 
yagona 
dispetcherlik 
punktiga 
markazlashtiriladi. Shu bilan birga, mitti ikkilamchi asboblarni ishlatish extiyoji 
paydo bo’ladi. Doimiy nazoratni talab qilmaydigan o’lchash va rostlash asboblari 
(yirik gabaritli) shchitdan tashqariga o’rnatiladi. 

Download 1.47 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish