• MUSTAQIL ISH
  • Kompyuter grafikasi
  • O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi




    Download 92.37 Kb.
    bet1/8
    Sana14.12.2022
    Hajmi92.37 Kb.
    #34870
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    MB dan MI
    10-sinf infor test 3chorak, Фотоника Маг Химоя тақризчилар, химоя 2022, СХ-02М, 201 k Abdullayev Doston mt5, 9 monitoring test, 14-mavzu Yasashga doir geometrik masalalar haqida tushuncha. Ge, 3-sinf matematika darsligi mazmuni bilan tanishtirish metodikasi, Lecture 25 (2), innovatsion ped tex mid term 3 course, Kurs ishi ramka ElMash, 6666, 7856785, 6876786786786Microsoft Word (2), 1, 222222222

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

    MUHAMMAD AL XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


    KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI
    Ma’lumotlar ba’zasi fanidan


    MUSTAQIL ISH
    MAVZU: Bilimlar ba’zasining asosiy xususiyatlari va ularga oid loyihalash ishlari

    Bajardi: ABBOS Abdug’aniyev


    Tekshirdi: Jo’rayev T


    TOSHKENT 2022

    REJA:
    Kirish:


    Elektron ofislar va AAT


    Asosiy qism:





    1. Kompyuter grafikasi

    2. Tarmoqli AAT

    3. Axborot tizimlari

    4. Bilimlar ba’zasi

    Xulosa:

    Bilimlar ba’zalarining tizimlarda ifodalanishi

    Elektron ofis predmet sohasidagi vazifalarni kompleks amalga oshi-rishni ta’minlayditan ixtisoslashtirilgan dasturlar va axborot texnologiya-larini o‘z ichiga oluvchi amaliy dasturlarning integratsiyalashgan paketi bo‘lishini kuzda tutadi. Hozirda asbob-uskunalari va xodimlari turli bino-larda joylashishi mumkin bo‘lgan elektron ofislar keng joriy etilmoqda.


    Hujjatlar, ma’lumotlar bazalari, aniq bir tashkilot yoki muassasa materiallari bilan uy sharoitida, mexmonxona yoki transport vositasida foydalanish virtual ofislarning AATlari paydo bo‘lishiga olib keldi.
    Bunday AATlar hududiy yoki global tarmoqka ulangan lokal (mahalliy) tarmoqda ishlashga asoslangan. Ana shunday abonent tizimi tufayli muassasa xodimlari kayerda bo‘lishidan qatiy nazar umumiy tarmoqqa ulanish imkoniga ega bo‘ladi.
    Ekspert madadining AAT asosini mutaxassis-tahlilchilar ishini avtomatlashtirish tashkil etadi. Ushbu xodimlar korxona, firmalar, moliya-kredit tashkilotlarining moliyaviy ahvoli, mahsu-lotlar, xizmatlarni sotish bo‘yicha yuzaga kelgan bozor munosabatla-rini tadqiq etish uchun zarur bo‘lgan tahliliy usullar va modellar-dan tashqari, ma’lum bir soha yo‘nalishining bilimlar bazasini tashkil etuvchi ma’lumotlardan ham foydalanishga majbur. Belgilangan qoidalar bo‘yicha ishlab chiknlgan bunday ma’lumotlar moliya va tovar bozorlarini yuritish uchun asoslangan qarorlar tayyorlash, menejment va marketing sohalarida kerakli strategiyani ishlab chiqish imkonini beradi.
    Foydalaniladigan texnologiyalar bo‘yicha ta’minlovchi va funksional axborot texnologiyalari o‘zaro farqlanadi. Ta’minlovchi texnologiyalardan turli xil masalalarni hal etish uchun turli kredit sohasida vosita sifatida foydalansa bo‘ladi. Ular hal qilinadigan masalalar tarkibiga ko‘ra ham tasniflanishi mumkin. Odatda mazkur texnologiyalar turli kompyuterlar va dasturiy muhitlarida bajariladi. Asosiy vazifa – ushbu texnologiyalarni yagona axborot tizimiga birlashtirishdir.
    Funksional texnologiyalar – ayrim vazifalar, funksiyalarni avtomatlashtirishni ta’minlovchi texnologiyalar majmui sanaladi.
    Amalga oshiriladigan texnologik operatsiyalar sinflari bo‘yicha AAT mohiyatan, dasturiy jihatdan ko‘rib chiqiladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi: matnni qayta ishlash, elektron jadvallar, avtomatlashtirilgan ma’lumotlar banki, grafik va ovozli axborotlarni qayta ishlash, multimedia va boshqa tizimlar.
    Qayta ishlanadigan axborotlar va kompyuter axborot texnologiyalari 1.12-rasmda berilgan.
    Kompyuter texnologiyalari rivojlanishining istiqbolli yo‘nalishi – bu yuqori sifatli ovoz va videotasvirlar uchun dasturiy vositalar yaratish sanaladi. Videotasvirlarni shakllantirish texnologiyasi kompyuter grafikasi deb nom olgan.
    Kompyuter grafikasi – bu EHM yordamida ob’ektlar modellari va ularning tasvirlarini yaratish, saqlash va qayta ishlash demakdir. Ushbu texnologiya iqtisodiy tahlil, turli xil konstruksiyalarni modellashtirish sohasiga kirib boradi. Ishlab chiqarishda uning o‘rnini hech nima bosa olmaydi. U reklama faoliyatiga ham kirib borgan. Raqamli protsessor yordamida shakl-lantiriladigan va qayta ishlanadigan tasvirlar namoyish qilinadi-gan va animatsion bo‘lishi mumkin. Birinchi guruhga odatda, tijorat (tadbirkorlik va illyustratsiya grafikasi, ikkinchi guruhga – muhandislik va ilmiy grafika, shuningdek, yakka tasvirlar emas, film ko‘rinishida ketma-ket beriluvchi tasvirlardan. iborat reklama, san’at va o‘yinlar grafikasi (interaktiv variant) ham kiradi. Interaktiv mashina grafikasi zamonaviy axborot texnologiyalari ichida nisbatan ilg‘or yo‘nalishlardan biri sanaladi.





    Download 92.37 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 92.37 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    Download 92.37 Kb.