IV. Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarining




Download 0,53 Mb.
bet2/17
Sana16.03.2017
Hajmi0,53 Mb.
#185
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
II. Murojaatlarni qabul qilish va qayd etish tartibi
12. Murojaatlarni qabul qilish, qayd etish va hisobga olish Kanselyariya (kotibiyat) (keyingi o‘rinlarda Kanselyariya deb ataladi) tomonidan, ijro etilishini nazorat qilish esa Ishlar boshqarmasi (hududiy va tarkibiy tuzilmalarda SHtab boshlig‘i) tomonidan amalga oshiriladi.

13. Elektron murojaatlar tushgan kunida qog‘ozga bosib chiqarilishi, ish vaqti tamom bo‘lgandan keyin tushgan taqdirda esa - navbatdagi ish kunida qog‘ozga bosib chiqarilishi kerak.

14. Yozma va elektron (qog‘ozga bosib chiqarilgan) murojaatlarni ro‘yxatga olish jurnali (2-ilova) va elektron dasturga tegishli yozuvlarni kiritish, ushbu Yo‘riqnomaning 3-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha hisobga olish kartochkasini to‘ldirish va murojaatning birinchi sahifasi quyi o‘ng qismida ro‘yxatga olish shtampini qo‘yish yo‘li bilan murojaat kelib tushgan kunning o‘zidayoq Kanselyariyadan ro‘yxatga olinadi.

Murojaatlarni ro‘yxatga olish jurnalida murojaatning tartib raqami, murojaat qilgan jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, uning yashash joyi, yuridik shaxsning nomi, uning manzili, murojaatning qisqacha mazmuni, murojaat qabul qilingan sana, dublikat yoki murojaatlarning takroriyligi, nazoratga olinganligi to‘g‘risidagi belgi, ijrochi etib belgilangan tarkibiy tuzilma nomi, sana ko‘rsatilgan holda ijro etish to‘g‘risidagi belgi ko‘rsatiladi.

Qayd etish shtampida vazirlikning rasmiy nomi, shuningdek, umumqabul qilingan qisqartirilgan nomi yoki qisqartma hamda murojaatning kelib tushgan sanasi va qayd raqami ko‘rsatiladi. (4-ilova)

Murojaatlarning tartib raqamlari har yil boshidan yangidan hisoblanadi.

Kelib tushib qayd qilingan murojaatlarni qidirish, tahlil etish va saqlashni ta’minlash uchun alohida raqamlash tartibini joriy etish mumkin. Masalan, murojaat muallifi S.Berdiev bo‘lsa (23-B), Vazirlar Mahkamasidan kelgan (03-36/23-B) va h.k. murojaat

15. Murojaat pochta orqali konvertda kelib tushganda konvertda murojaat va uning ilovalari borligi tekshiriladi.

Konvertda murojaatning mavjud emasligi yoki uning yaroqsizlanganligi, shuningdek murojaatda ko‘rsatilgan ilovalarning yo‘qligi aniqlanganda ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ulardan biri murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘linmada qoladi, ikkinchisi murojaat qiluvchiga konvertda ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha jo‘natiladi.

Kelib tushgan murojaatlar konvertlari murojaat etuvchining manzilini, murojaatning jo‘natilgan sanasi va qabul qilingan vaqtini aniqlash uchun saqlab qolinishi mumkin.

16. Ro‘yxatga olingan hal etish vazirlik vakolati doirasiga kiradigan, dolzarb va muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, shuningdek yuqori turuvchi idoralardan kelib tushgan murojaatlar bir ish kunidan kechikmay rahbariyatga kiritiladi, u mas’ul tegishliligi bo‘yicha vazirlik markaziy apparati boshqarmalari, mustaqil bo‘lim va xizmatlariga, shuningdek hududiy va tarkibiy tuzilma (keyingi o‘rinlarda tarkibiy tuzilma deb ataladi)ni (xodimni) belgilagan holda murojaatni ko‘rib chiqish bo‘yicha rezolyusiyani (topshiriqnoma) qo‘yadi.

Tegishli rezolyusiya (topshiriqnoma)lar olingandan so‘ng tarkibiy tuzilmalarning ish yurituvchi xodimi (ular bo‘lmagan taqdirda ularning vazifasi yuklatilgan mas’ul xodim) ertasi kuni soat 1000ga qadar va zudlik bilan ijroga qaratilishi lozim bo‘lgan hujjatlarni Kanselyariya boshlig‘i (Kotibiyat mas’ul xodimi) chaqiruviga asosan olib ketishlari shart.

Tarkibiy tuzilmalar tomonidan murojaatlar taalluqliligi bo‘yicha ish yurituviga qabul qilinadi va mazmunan ko‘rib chiqiladi.

17. Takroriy va dublikat murojaatlar kelib tushganda Kanselyariya tomonidan navbatdagi qayd etish raqami bilan ro‘yxatga olinadi, jurnalda “Takroriy” (“Dublikat”) belgisi qo‘yiladi va ustxatga ushbu murojaatning oldingi indeks raqami bilan birga namunaga muvofiq takroriy (dublikat)lik belgisi qo‘yiladi (masalan, 14-Aga) hamda ilgari qaerga yuborilganligi yozib qo‘yiladi.

18. Takroriy murojaatlar jumlasiga aynan bir shaxsning birinchi marotaba yozgan murojaati bo‘yicha berilgan javob xatidan, agar murojaat kelib tushgan vaqtdan so‘ng qonunda belgilab qo‘yilgan ko‘rib chiqish muddati o‘tib ketgan bo‘lib, avvalgi murojaat o‘z vaqtida hal etilmaganligi haqida xabar qilinsa, avvalgi murojaatni ko‘rib chiqish va hal etishda yo‘l qo‘yilgan boshqa kamchiliklar ko‘rsatilgan bo‘lsa, o‘rganish natijasi bo‘yicha qabul qilingan qarordan yoki ushbu murojaatni o‘rganib chiqqan xodimning harakatlaridan norozi bo‘lib murojaat qilishi kiradi. Kanselyariyaning elektron dasturiga murojaatni takroriyligi to‘g‘risida ma’lumot kiritib qo‘yiladi.

19. Vazirlik tuzilma rahbari jismoniy va yuridik shaxslarning takroriy murojaat etish sabablarini izchil o‘rganib chiqishi shart. Agar takroriy murojaat dastlabki ko‘rib chiqishda to‘liqsiz, chala tekshirilgan murojaatni ko‘rib chiqish yoki hal etishning belgilangan tartibi buzilishi tufayli yozilgan bo‘lsa, rahbar aybdor shaxslarga nisbatan tegishli chora qo‘llashi zarur.

20. Aynan bir shaxsning murojaati bir masala bo‘yicha bir nechta joyga yuborilgan bo‘lsa va ular o‘sha joylardan hal etish uchun shu vazirlik, uning hududiy yoki tarkibiy tuzilmalariga jo‘natilgan bo‘lsa, alohida-alohida hisobga olinishi, ammo ularning barchasi bitta murojaat sifatida ko‘rib chiqilishi va dublikat deb hisobga olinishi lozim.

21. Qayd qilingan murojaatlar ko‘rib chiqish uchun asosan vazirlik tuzilma rahbarlariga beriladi, ular o‘z navbatida murojaatlarni hal etish tartibini, muddatini belgilashlari, har bir murojaat bo‘yicha ijrochilarga yozma ravishda ko‘rsatma berishlari shart.

22. Murojaat matni ustidan (fishkadagi ko‘rsatmalarga) hech qanday yozuv kiritish va shu kabilarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

23. Vazirlik tizimidagi mansabdor shaxslarining hatti-harakati ustidan shikoyat qilib yozilgan arizalarni hal etish uchun aynan shu tuzilma yoki mansabdor shaxslarga yuborish taqiqlanadi.

24. Besh kundan kech bo‘lmagan muddat ichida har bir murojaat bo‘yicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinishi kerak:

tekshirish o‘tkazish uchun o‘zida qoldirish;

hal etish uchun bevosita o‘ziga bo‘ysunadigan yoki vazirlikning hududiy va tarkibiy tuzilmasiga yuborish;

agar murojaatda ko‘tarilgan masalalar vazirlik vakolatiga kirmaydigan bo‘lsa, uni tegishli boshqa idoraga jo‘natish;

avval kelgan murojaatiga qo‘shib birga ko‘rib chiqish;

murojaat vazirlikning hududiy va tarkibiy tuzilmasiga yoki boshqa idoraga yuborilganligi haqida murojaat muallifiga ma’lum qilinishi shart.

25. Agar murojaatda vazirlik vakolatiga doir masalalar qatorida boshqa davlat idoralarida hal etilishi zarur bo‘lgan masalalar ko‘tarilgan bo‘lsa, 5 kunlik muddatdan kechiktirmay tegishli idoraga murojaatning nusxasi yoki undan ko‘chirma yuboriladi va bu haqida murojaat muallifiga ma’lum qilinadi.

26. Agar murojaatlarda ularni tegishli organlarga jo‘natish uchun zarur ma’lumotlar bo‘lmasa, bu murojaatlar xuddi shu muddat, ya’ni 5 kun mobaynida asoslantirilgan tushuntirish bilan murojaat muallifiga qaytariladi.

27. Murojaatni o‘rganish tugallangandan so‘ng va qabul qilingan qaror amalda bajarilgandan so‘ng, murojaat va u yuzasidan olib borilgan yozishma “Ish yig‘ma jildiga” degan yozuv bilan ushbu qarorni qabul qilgan rahbarning imzosi asosi asosida kanselyariyaga topshiriladi.

28. Ish yig‘ma jildda hujjatlar sanasi bo‘yicha joylashtiriladi. Har bir murojaat, uning ko‘rib chiqishga va hal etishga oid barcha hujjatlar ish yig‘ma jildida alohida guruhni tashkil etadi. Takroriy murojaat olingan taqdirda yoki qo‘shimcha hujjatlar paydo bo‘lsa, ular ushbu hujjatlar guruhiga tikib qo‘yiladi. Yig‘ma jildni jamlashda undagi hujjatlar manzilga jo‘natilishining to‘g‘riligi, to‘liqligi va butunligi tekshiriladi. Hal etilmagan murojaatlarni, shuningdek noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan hujjatlarni yig‘ma jildga tikib qo‘yish man etiladi.

29. Murojaatlar bo‘yicha hujjatlar va yozishmalar boshqa hujjatlardan alohida ro‘yxatga olinadi va Kanselyariyada saqlanadi.


Download 0,53 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Download 0,53 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



IV. Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarining

Download 0,53 Mb.