|
O'zbekiston Respublikasi geosiyosiy manfaatlar tizimida
|
Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 209,35 Kb. | | #122549 |
Bog'liq O\'zbekiston Respublikasi geosiyosiy manfaatlar tizimida
O'zbekiston Respublikasi geosiyosiy manfaatlar tizimida.
Taraqqiyotning hozirgi bosqichida mamlakatlarning iqtisodiy xavfsizligi muhim ahamiyat kasb etadi. Negaki, iqtisodiyotning xavfsizligi holati turli ijtimoiy - iqtisodiy qarorlar qabul qilishda orientir bo’lib xizmat qiladi. Iqtisodiy tizimdagi har qanday o’zgarishlar turli xavf-xatar va tahdidlarning namoyon bo’lishi bilan birga kechadi. SHuning uchun ham mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, unga bo’ladigan turli tahdidlarning oldini olish masalasi yuzaga keladi. Respublikamizning birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovning «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarining muqaddimasida “xavfsizlik”, “barqarorlik” va “sobitqadam rivojlanish” kabi tushunchalar do’stlik va hamkorlikning ramzi ekanligi va “aynan ana shu tushunchalar har bir mamlakatning, har bir xalqning tinchligi, farovonligi, ravnaqi uchun mustahkam poydevor” yaratishini alohida ta’kidlab o’tganlar. SHuning uchun ham O’zbekiston o’zining mustaqil taraqqiyoti davomida xavfsizlikni, barcha sohalarda barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlash borasida izchil siyosat olib bordi va bu ishlar davom ettirilmoqda. Inson hayot faoliyatining barcha sohalarida u yoki bu darajada ta’sir ko’rsatadigan xavf-xatarlar mavjud bo’lib, shu faoliyatni amalga oshirishda, yaqin va uzoqni ko’zlab, maqsadlar qo’yishda ularni hisobga olish kerak bo’ladi. Aks holda ushbu xavf-xatarlar real tahdidga aylanib, jamiyatdagi barqarorlikka putur yetkazishi mumkin. Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish yo’nalishlarini belgilashda, ijtimoiy iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda ularning oqibatlarini xavfsizlik nuqtai-nazaridan tahlil qilmasdan va baholamasdan turib biror bir yo’nalishga ustuvorlik berish davlat va jamiyatning hayot faoliyatini ta’minlovchi tizimlarning parokandaligiga olib kelishi mumkin. Mintaqaviy va lokal urushlar, texnogen xarakterga ega bo’lgan halokatlar, dunyoning bir mamlakatida boshlanib, tezlik bilan boshqa mamlakatlarga ham tarqalayotgan inqirozlar, terroristik aktlar ham milliy, ham xalqaro darajalarda xavfsizlikni ta’minlashning zaruriyatini cheksiz oshirmoqda.
Keyingi yillarda iqtisodiy xavfsizlik muammolari siyosiy arboblar, olimlar va tadqiqotchilarning e’tiborini jalb qilib kelmoqda. Xavfsizlik masalalari qadimdan faylasuflar, iqtisodchi va siyosatchilar, jumladan, Demokrit, Aristotel, Platon kabi allomalarni ham o’ylantirgan. O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash mamlakatning har sohasida yuksalishini asosiy shartlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Mutaxassislarning fikricha, “ushbu dolzarb masalada yengil fikrlash yoki muqarrar xavfga bepisandlik bilan qarash, uni kamaytirib ko’rsatish qanday oqibatlarga olib kelganligi haqida tarixdan istalgancha misollar keltirish mumkin”. Tahlilchilar nazarida Markaziy Osiyo qudratli davlatlarning geosiyosiy manfaatlari doirasida qolmoqda. Mintaqada Amerika, Rossiya va Xitoy o’rtasida o’ziga xos kurash ketmoqda. Strategik joylashuv har bir respublika taraqqiyotiga ham, tanazzuliga ham sabab bo’lishi mumkin, deydi bir gurux kuzatuvchilar.Tojik yozuvchisi Muhiddin Xo’jazod bugungi dunyo syosatiga baho berarkan, yangi texnologiyalar tufayli qurol, bosqin shart emas deydi u xalqlarni asoratga solishning boshqacha yo’llari paydo bo’lganini ta’kidlaydi, Markaziy Osiyo davlatlari kuchsizligini urg’ulaydi. "XXI asrda davlat kuchli bo’lmasa, xalqi ahil bo’lmasa, qo’lga qurol olib, pahlavon bo’lib o’zganing yurtiga bostirib borish shart emas. Yuz yilcha oldin o’lkamizning boy va ziyolilari, jadidlar yo’q qilindi, yangicha mafkura o’rnatishdi. Hozir ham shunday bo’lmoqda. Biz endi Amerika, Rossiya, Yevropa va Xitoy o’rtasida hashakdek bir narsa, har maqomga solishadi", - deydu Xo’jazod. Moskvadan tahlilchi Leonid Gusev AQShning Markaziy Osiyodagi siyosati uzoq yillarga mo’ljallangan, maqsad - Xitoyga yaqin mintaqadan foydalanish deydi."1990-yillarning oxiri, 2000-yillar boshidan Markaziy Osiyo AQSh diqqat markazida edi.
Region mamlakatlarining asosiy qismi Xitoy bilan chegaradosh, Xitoy esa Amerika tashqi siyosatida juda muhim ahamiyat kasb etadi. AQSh Markaziy Osiyo davlatlarida demokratiya targ’iboti va ustuvorligi yo’lida pragmatik qarashlarga ega. Ular bu yerdagi davlatlarning uzoq yillardan beri hukmronlik qilayotgan rahbarlari siyosatiga panja orasidan qarashadi. Iqtisodiy-energetik va geosiyosiy omillar muhim, hammani hammasi qoniqtiradi. Dunyoning bu burchagida ko’pgina mamlakatlar manfaati tutashadi, shuning uchun ham inson huquqlariga ko’z yumish holatlari bor", - deydi Gusev. Yevropa xalq partiyasi» prezidenti siyosiy maslahatchisi Xorxe Mestre-Xordaning (Ispaniya strategik tadqiqotlar instituti) fikriga ko‘ra, O‘zbekistondagi siyosiy barqarorlikning asosini tashqi aralashuvlarga qarshi yo‘naltirilgan jipslashgan tashqi siyosat tashkil qiladi.Ukrainadagi voqealar sababli Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi munosabatlar darajasida pasayish kuzatildi. Bundan tashqari, sobiq ittifoq davlatlari, jumladan Yevroosiyo iqtisodiy hamkorlik ittifoqiga a’zo-davlatlarning Rossiyaga nisbatan ishonchsizligi ortmoqda. Ular o‘rtasida masofa saqlashga harakat qilmoqda. Qayd etish kerakki, O‘zbekistonning dengizga chiqish yo‘li mavjud emas, u bevosita Xitoy va Rossiya yaqinida joylashgan, shuningdek Afg‘oniston bilan chegaradoshdir.Ma’lumki, O‘zbekiston Rossiya va mintaqa bo‘ylab boshqa qo‘shni davlatlar bilan umumiy tarixga ega. Shunga qaramay, mamlakatning har qanday shakldagi tashqi aralashuvlarga qarshi yo‘naltirilgan tashqi siyosati siyosiy barqarorlik kafolatining asosi sifatida xizmat qilmoqda.Ukraina va Qrimdagi so‘nggi voqealar Markaziy Osiyo davlatlarining ma’lum darajadagi xavotiriga sabab bo‘ldi, shuningdek ushbu mintaqadagi davlatlar to‘rtta yadroviy mamlakat (Rossiya, Xitoy, Pokiston va Hindiston) bilan o‘ralgan dunyodagi yagona hududlardir.O‘zbekiston sobiq ittifoqning boshqa davlatlari uchun namuna sifatida xizmat qila oladi, chunki u barcha yirik davlatlar bilan teng masofada shakllantirilgan ko‘p asrlik tashqi siyosatini saqlab qolishga erishdi.1991 yilda mustaqillika erishgan paytidan boshlab O‘zbekiston (qo‘shni Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistondan farqli tarzda) Xitoy foydasiga strategik tanlovni amalga oshirmadi va Rossiya geosiyosati kun tartibiga ham qo‘shilmadi. Shu bilan birga, O‘zbekiston (Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston da’volariga qaramay) Yevroosiyo iqtisodiy hamkorligiga kirmadi.So‘nggi yillarda O‘zbekiston o‘z iqtisodiyoti va mahsulot bozorlarini diversifikatsiya qilishga urinmoqda. Muvozanatlashgan tashqi siyosat va yetarlicha tabiiy resurslar zaxiralari tufayli mamlakatimiz biron marotaba tashqi aralashuvlarga to‘qnash kelmadi. Biroq, hech bir mamlakat to‘liq himoyalana olmaydigan tahdidlar ham mavjud Geografik nuqtai nazardan O‘zbekiston Xitoy va Rossiyadan qalqon shaklidagi davlatlar bilan yaxshi himoyalangan. Biroq, bu holat o‘zini to‘liq himoyada his qilishga asos bo‘lmaydi, chunki Rossiya Qirg‘iziston va Tojikistonda harbiy bazalarga ega. Janubda esa O‘zbekiston turli terrorchilik guruhlari uchun bandargohga aylangan Afg‘oniston bilan chegaradosh. Bundan tashqari, O‘zbekiston ochiq dengiz yo‘llariga chiqa olmaydi va Yevropa hamda Osiyodagi boshqa davlatlar bilan o‘zaro hamkorlikka kirishish imkonini beradigan infratuzilma tarmog‘iga muxtoj.
.
Beqarorlik xususidagi turli taxminlarga qaramay, Markaziy Osiyodagi vaziyat barqaror bo‘lib qolmoqda. So‘nggi yillarda jahonning ko‘plab davlatlari mintaqadagi mamlakatlar bilan ikki tomonlama hamkorlik borasida ijobiy tajriba to‘plashga erishdi. Shu ma’noda, O‘zbekiston muammolarni hal qilish va qo‘shni davlatlar bilan nizolarga barham berish yo‘lida ogohlantiruvchi diplomatiyaga tayanmoqda.Si Szinpin rahbarligi ostida Markaziy Osiyoda Xitoy tashqi siyosatining faollashishi mintaqada Rossiyaning ta’siriga qarama-qarshi kuch sifatida xizmat qilmoqda... Energiya manbalariga bo‘lgan ehtiyoj tufayli Pekin energetik masalada mintaqadagi davlatlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyor. O‘zbekistonning mintaqadagi barqarorlikka sodiqligi quyidagi asosiy jihatlardan iborat bo‘lgan «Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi» orqali izohlanadi: 1. O‘zbekiston mamlakatdagi milliy manfaatlarga zid kelmaslik sharti bilan ittifoqlar va tashkilotlarda ishtirok etish huquqini o‘zida qoldiradi. 2. O‘zbekiston turli harbiy bloklarda ishtirok etmaydi va tashkilot harbiylashtirilgan taqdirda undan chiqib ketish huquqiga ega. 3. O‘zbekiston o‘z hududida har qanday xorijiy bazalar yoki ob’ektlarni joylashtirmaydi. 4. O‘zbekiston Qurolli kuchlari chet eldagi harbiy operatsiyalarda ishtirok etmaydi. Sovet ittifoqi tarqalib ketganidan so‘ng, O‘zbekiston va Yevropa o‘rtasidagi munosabatlar uchta asosiy bosqichni bosib o‘tdi. 1992-2001 yillarda asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasi suvereniteti va hududiy yaxlitligini muhofaza qilish, davlat mulkini xususiylashtirish va bozor iqtisodiyotiga o‘tish, zamonaviy armiyani tashkil qilish va O‘zbekistonni asosiy xalqaro ta’limlarga integrallashtirishdan iborat bo‘ldi.O‘zbekiston suverenitetini hech qanday aralashuvlarsiz, Yevropa va Amerika ko‘magisiz amalga oshirishga qaror qildi. O‘zbekiston shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasida RF va XXR ta’siri o‘rtasida doim muvozanatni saqlovchi davlat hisoblanadi. O‘zbekistonning foydali geosiyosiy holati, shuningdek strategik ahamiyatga ega tabiiy resurslar zaxirasi hisobga olinsa, bu davlatda bir nechta buyuk mamlakatlarning manfaatlari to‘qnashadi. Ayrim davlatlar go‘yoki mintaqadagi barqarorlik va rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash uchun turli chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Aslida esa, ular beqarorlikning omili sifatida xizmat qilmoqda. Mintaqada iqtisodiy ishtirok uchun o‘sib borayotgan raqobat, siyosiy va harbiy yetakchilik hamda biznes manfaatlarni kengaytirish hozirda ko‘rib chiqish zarur bo‘lgan omillar emas.
Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston kabi ayrim qo‘shni davlatlar Rossiyaga geosiyosat kun tartibidagi muhim yo‘nalish sifatida qaramoqda.O‘zbekiston esa xususiy yo‘nalishga amal qilishni afzal ko‘rdi. Vaholanki, uning zamonaviy barqaror pozitsiyasi mintaqa hamda umuman dunyoda tezkor o‘zgarib borayotgan siyosiy iqlim hisobiga o‘zgarishi mumkin. Markaziy Osiyo to‘rtta yadroviy davlat, Rossiya, Xitoy, Pokiston va Hindiston bilan qurshab olingan. So‘nggi 25 yil davomida mintaqadagi yadroviy qurol sohasi bo‘yicha masalalar Hindiston va Pokistondan farqli o‘laroq diplomatiya yo‘li orqali samarali yechim topdi.Shu sababdan, mustaqillikning birinchi yillaridanoq O‘zbekiston tiyilish siyosatining faol tarafdorlaridan biri bo‘lib keldi. Mamlakat prezidenti tomonidan mintaqa va umuman jahondagi barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash sohasidagi sezilarli qadam bo‘lgan «Markaziy Osiyoda yadroviy quroldan holi hudud to‘g‘risidagi bitim» (SAZSYaO) tashabbusi ilgari surildi.Mazkur bitim shuningdek, mintaqadagi davlatlar o‘rtasida qulay muhitni yaratishga ham xizmat qiladi. Bitim mintaqada terrorizmga qarshi kurashish va yadroviy qurolni terrorchilar qo‘liga tushib qolishdan saqlash kabi qator o‘ziga xos jihatlarga ega. Markaziy Osiyoda yadroviy qurol tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida O‘zbekistonning yetakchi roli alohida e’tiborga loyiq va G‘arb bilan o‘zaro munosabatlarda ustuvor yo‘nalishga aylanishi mumkin. Bundan tashqari, O‘zbekiston elektr energiyasi ishlab chiqarishda ham ancha ilg‘or bo‘lib, o‘rtacha narxlarda rivojlangan davlatlarning ehtiyojini qondira oladi. Bugungi kunda Afg‘oniston poytaxti Qobulning elektr energiyasi ta’minoti butunlay O‘zbekistonga bog‘liq. Geografik va etnik omillar tufayli yuzaga kelgan mintaqaviy masalalar O‘zbekiston uchun asosiy xavf hisoblanadi. Sovet davridan beri meros bo‘lib qolgan umumiy muammolar, eski xo‘jalik tizimlari va ulkan ob’ektlarni barpo qilish bo‘yicha rejalar mintaqaviy «nizo sababi» bo‘lib qolmoqda.O‘zbekiston an’anaga muvofiq ravishda Afg‘oniston muammosining tarixiy yechimiga nazar tashlashga chaqiradi, chunki ikkala davlat ham azaldan yagona madaniy maydonda yashab kelgan.O‘zbekiston qo‘shni davlat sifatida Afg‘onistonning yangi hukumatiga ko‘mak berish va uning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyilini tanladi hamda munosabatlarni faqatgina ikki tomonlama qo‘llab-quvvatlamoqda. Hozirda O‘zbekiston milliy manfaatlarni hisobga olgan holda,Afg‘oniston bilan aloqalar rivojlanishini qo‘llab-quvvatlamoqda va ular tomonidan rivojlanish bo‘yicha tanlangan yo‘lni hurmat qiladi. Shu tariqa, O‘zbekiston qo‘shnisidagi ichki nizolarga aralashib qolish yoki har qanday harakatlarni qo‘llab-quvvatlash borasida betaraf bo‘lib qolmoqda.O‘zbekiston mazkur mamlakatda tinchlikni va tanazzulga yuz tutgan iqtisodiyotni tiklashga oid turli tashabbuslar va loyihalarni qo‘llab-quvvatlamoqda. 2011 yilda ishga tushirilgan «Xayraton-Mazari-Sharif» temir yo‘li liniyasi mintaqaning kelgusi hayotida muhim o‘ringa ega bo‘ldi, chunki ushbu yo‘nalish Markaziy Osiyo davlatlarining dengiz portlariga chiqishida muhim bo‘g‘im hisoblanadi.So‘nggi 50 yil ichida Orol dengizining hajmi 8 barobarga, suv hajmi esa 13 barobarga qisqardi. Bunda vaziyatni yanada keskinlashtiradigan xatar mavjud, chunki Qirg‘iziston va Tojikiston Rog‘un GES (balandligi 335 m.) va Qambarota GES (275 m.) kabi gidroelektrstansiyalari qurilganligi ikkala to‘g‘onning ishlatilishi ayniqsa ekinlar o‘sishi davrida Amudaryo va Sirdaryoga suv oqimini sezilarli ravishda kamaytiradi va qurg‘oqchilikka sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda, ko‘p asrlik mustaqil va teng masofadagi tashqi siyosatni yuritishga qaror qildi. Natijada Toshkent mintaqadagi barqarorlik kafolatiga aylandi.YeI va AQSh mintaqada o‘zaro munosabatlarning qo‘shma maydonini yaratishga urinmoqda. Bu maydon Markaziy Osiyoning 19-asrda bo‘lgani kabi Katta o‘yin kurashi arenasiga aylanishiga yo‘l qo‘ymaydi. G‘arbning mintaqa ishlarida O‘zbekistonning strategik ahamiyatini hisobga olishiga to‘g‘ri keladi. Markaziy Osiyoda xavfsizlik borasidagi tahdidlarni bartaraf qilishning eng oqilona yo‘li davlatlar va ularning mintaqaviy integrallashuvini mustahkamlashdir. Buning asosida kafolati va markazi O‘zbekiston bo‘lgan mintaqa barqarorligini ta’minlovchi birlashmani yaratish yotadi. Chunki, istalgan hudud, jumladan Markaziy Osiyoda geosiyosiy vakuum hosil bo‘lgan taqdirda, boshqa davlatlarning aralashuvi ehtimoli o‘sib boradi va bu butun mintaqadagi barqarorlikka salbiy ta’sir qiladi.
|
| |