O’zbekiston rеspublikаsi хаlq tа'limi vаzirligi




Download 2.25 Mb.
bet1/7
Sana26.03.2023
Hajmi2.25 Mb.
#46794
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Shtаngеnsirkulning vаzifаsi, tuzilishi vа fоydаlаnish tаrtibini o’quvchilаrgа аmаliy o’rgаtish
124 08.05.2013, Esse, 1426185, Types of subordinate clauses in Modern English, ddddddddddddddd, Amir Temur - buyuk siymo, соғлом оила - соғлом жамият , Умрнинг хар бир дами ғанимат, рвоооо, ролрлрр, парооо, оврвпвп, еункнк, шшрвр

O’ZBEKISTON Rеspublikаsi

.


5142000 – Mehnat ta’limi yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun

Shtаngеnsirkulning vаzifаsi, tuzilishi vа fоydаlаnish tаrtibini o’quvchilаrgа аmаliy o’rgаtish


mavzusida bajarilgan

BITIRUV MALAKAVIY ISHI


Bajaruvchi Alibekov SH


Mundarija




Kirish..................................................................................................................... 3


1 BOB. Umumiy o'rta ta’lim maktablarida mehnat ta’limidan Metallga ishlov berish texnologiyasiga oid mavzularga taaluqli dars materiallarining pedagogik , uslubiy va psixologik tahlili..............................7

1.1. Metallga qo'lda ishlov berishda ishlatiladigan asbob - uskunalarga oid mavzularga taalluqli dars materiallari tahlili.................................................. 7


1.2. Metallarga qo'lda ishlov berish jarayonlariga oid mavzularga taalluqli dars materiallari tahlili............................................................................... .............16
1.3. Shtаngеntsirkulning vаzifаsi, tuzilishi vа fоydаlаnish tаrtibini o’rgаtishgа оid dаrs mаtеriаllаrining tаhlili..............................................................................33


II BOB. Umumiy o'rta ta’lim maktablari 6 -sinf o'quvchilariga Metallga ishlov berish texnologiyasi bo'yicha namunaviy dars ishlanmasi.......................................37

2.1. Metall va unga ishlov berish texnologiyasi yo'nalishi bo'yicha mavzularni o'qitishga oid uslubiy mulohazalar....................................................... ........37


2.2. O'lchash va rejalash asboblarini o'rgatishga oid namunaviy dars rejasi................................................................................................ ................50


Xulosa ............................................................................................. .......................59


Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati......................................................... ................60


Kirish



Hozirgi paytda maktablarda mehnat ta’limini o'qitish O'zbekiston Respublikasining "Ta’lim to'g'risida"gi qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" asosida ishlab chiqilgan Davlat Ta’lim standartlari asosida olib boriladi.
Mehnat ta’limi bo'yicha Davlat ta’lim standartida umumiy o'rta ta’lim maktblarida mehnat ta’limi va kasb tanlashga yo'naltirishning tayanch mazmuni hamda maktabni bitirgan o'quvchilarning mehnat ta’limi fanidan tayyorgarlik darajasining me’yorlari ifodalanadi.
O'quvchilarni mehnatga tayyorlash jarayonida kasb -hunarga yo'naltirishni yanada kuchaytirish, ularni zamonaviy ishlab chiqarish asoslari, yog'ochga, metallga va gazlamaga ishlov berish texnologiyasi va mashina elementlari yo'nalishlari bo'yicha, bilim va ko'nikma va malakalarni egallashlari ko'zda tutiladi.
Mehnai ta’limining maqsadi :
-o'quvchilarda umummehnat ko'nikma va mlakalarni shakllantirish, ularning qiziqishlari, qobiliyatlari, kasbiy moyilliklariga ko'ra, kasb -hunar turlarini ianlashga asos bo'ladigan xislatlarini, umummehnat madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish;
-xalq xo'jaligining turli sohalari, ularda ishlatiladigan texnika va texnologiya to'g'risida bilimlar berish, mehnat faoliyatining turli sohalari bilan amaliy mehnat orqali yaqinroq tanishilariga imkon yaratish, ularni xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyalariga o'rgatish;
-yuqori sinflarda mehnat ta’limi ishchi mutaxassisliklarning kasbiy faoliyatida qo'llaniladigan turli xil asbob uskunalar, jihozlar, moslamalardan foydalanishni o'rgatish; mexanizatsiyalashtirilgan va elektrlashtirilgan vositalar bilan ishlashni; texnologik bilmi va malakalarni, mehnat qonunchiligi, xavfsizlik texnikasi, sanitariya -gigiyena qoidalari asoslarini o'rgatish;
- turli ishlab chiqarish sohalari mazmuniga taalluqli dastlabki asboblardan, ma’lumotnomalardan foydalana olish, mehnat amaliyotlarini bajarish, olingan natijalarni qo'yilgan talablar bilan taqqoslash orqali xulosa chiqarishga o'rgatish;
-o'quvchilarga bilimga intilish va mehnatga muhabbat, mehnat kishisiga nisbatan hurmat hissini singdirish, ularni jamoatchilik, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash;
- o'quvchilarni bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari talablari asosida sifatli, raqobatbardosh iste’mol mollari, mehnat mahsulotlari yetishtirishga va yetishtirilgan mahsulotlarni istemolchilarga yetkazish vositalarini o'rgatish;
- mehnat ta’limi va kasbgacha tayyorlash jarayonlarida axborot texnologiyalari va kompьyuter texnikasi, yangi texnologiya va jihozlarning qo'llanilishi sohalarini zamonaviy talablar darajasida va jahon tajribalariga mos holda o'rganishlarini ta’minlash.
O'quvchilar ta’minlanishi zarur bo'lgan mehnat ta’limi va kasblarga yo'naltirish ta’limi mazmuni umumiy o'rta ta’lim maktablarida o'quvchilarga beriladigan mehnat ta’limi mazmuni negizini ifodalaydi. Ushbu ta’lim mazmuni har bir hududda mavjud bo'lgan ishlab chiqarish sohalari mazmuniga mos holda o'quv dasturi va darsliklarni yaratishda asosiy mezon vazifasini bajaradi va uni amalga joriy etish uchun xizmat qiladi.
Mehnat ta’limi va kasbga yo'naltirish ta’limi mazmuni quyidagi beshta yo'nalishlarga bo'linadi:
1.Texnologiya va dizayn:
-mеtаllgа ishlоv bеrish tехnоlоgiyasi;
-yog’оchgа ishlоv bеrish tехnоlоgiyasi ;
-elеktrоtехnikа ishlаri ;
-uy-ro’zg’оr buyumlаrini tа’mirlаsh;
2.Servis xizmati :
-pаzаndаchilik аsоslаri;
-gаzlаmаgа ishlоv bеrish tехnоlоgiyasi;
-buyumlаrni tа’mirlаsh tехnоlоgiyasi .
3.Qishloq xo'jalik asoslari.
Davlat ta’lim standartlarida metall va unga ishlov berish asoslarini o'rgatish va o'quvchilarga shu yo'nalish bo'yicha nazariy bilimlar berish , amaliy ko'nikmalarini shakllantirishga katta o'rin ajratilgan. DTS ga e’tiborni qaratsak, ushbu yo'nalishda quyidagi alohida bo'limlar mavjud:
1. Materialshunoslik asoslari.
2. Asbob-uskunalar haqida ma’lumot va ishlash usullari.
3. Mashina va mexanizmlar, stanoklar va moslamalarning umumiy tuzilishi va ishlatish asoslari.
4.Mаhsulоtlаr ishlаb chiqаrish tехnоlоgiyasi
Shu yo'nalishning texnikaviy, texnologik asoslarini o'rgatish zarurdir.
O'quvchilarning shu yo'nalish bo'yicha tanlagan kasblariga nisbatan qiziqishlari munosabatlari ularning mayllariga muvofiq va qobiliyatlariga mos bo'lishi kerak.
Kasb tanlashning ongli ravishda va mustaqil ravishda amalga oshirilishi shu jamiyat ehtiyojlari bilan mos kelishini ta’minlashi kerak.
O'qituvchi zamonaviy ilg'or pedagogik texnologiyalar, yangi didaktik vositalardan keng foydalanish mehnat ta’limi va tarbiyasining birligini ta’minlash kerak.
O'quvchilarga shu yo'nalish bo'yicha dastlabki kasbni ko'nikma va malakalarni shakllantirish mehnatga va mehnatsevarlikka o'rgatishni malakaviy bitiruv ishini bajarishda maqsadga erishishni ko'zda tutiladi.
Fan va texnikaning taraqqiyoti natijasida sanoatning mashinasozlik va metallarga ishlov berish sohalarida yuz berayotgan o'zgarishlar ishlab chiqarish malakalariga o'z talablarini qo'ya boshladi. Shu munosabat bilan maktablarda metallarga ishlov berish ishlariga munosabat ham o'zgara boshladi.
Umumiy o'rta ta’lim Davlat standarti va o'quv dasturiga muvofiq malakali ishchi kadrlar yetishtirish va yoshlarga kasb ta’limini berishning yangi shakllariga o'tish o'qituvchi oldiga bir qator vazifalarni qo'ya boshladi.
Ta’lim yo'nalishlariga e’tibor bilan qarasak, bir qancha muammolarni ko'rishimiz mumkin. Bulardan biri o'quvchilarni kasb tanlashga yo'llash muammosi. Buning uchun kasb ta’limi va mehnat ta’limi fanlarini, xususan metallarga qo'lda ishlov berish yo'nalishida ilmiy -uslubiy ishlarni jonlantirish zarur deb o'ylaymiz. Ushbu muammolar dolzarbligini e’tiborga olsak, o'quvchilarga tayanch bilimlarni yaxshi tushuntirmas ekanmiz, o'quvchi kelajakda kasb tanlashda yana xatoga yo'l qo'yadi. Bu muammolar biz bajarmoqchi bo'lgan malakaviy bitiruv ishi mavzusini tanlashga asos bo'ladi deb o'ylaymiz. Shu boisdan ham ushbu malakaviy bitiruv ishi mavzusini "Shtаngеntsirkulning vаzifаsi, tuzilishi vа fоydаlаnish tаrtibini o’quvchilаrgа аmаliy o’rgаtish" deb nomladim.
Umumiy o'rta ta’limning davlat ta’lim standarti (DTS) o'quvchilar umumta’lim tayyorgarligi saviyasiga qo'yiladigan majburiy minimum talablari darajasini belgilab beradi. Bu standartda mehnat ta’limining ham minimum talablari belgilab berilganki , shulardan biri o'quvchilarning metallarga qo'lda ishlov berishdagi jarayonlar , texnologiyalarning bilishi lozimligidir
Bitiruv malakaviy ishi maqsadi umumiy o'rta ta’lim maktablari 6-sinf o'quvchilariga metallarga qo'lda ishlov berish jаrаyonidа o’lchаsh аsbоblаridаn –shtаngеntsirkullаrdаn fоydаlаnishni o’rgаtishga oid uslubiy mulohazalar ishlab chiqish.
Ushbu maqsadga erishish uchun bitiruv malakaviy ishida quyidagi vazifalarni hal qilish lozim :
-metalga qo'lda ishlov berishda ishlatiladigan asbob - uskunalarga oid dars materiallarini tahlil qilish;
-metallarga qo'lda ishlov berish jarayonlariga oid dars materiallarini uslubiy, pedagogik jihatdan tahlil qilish;
-shtаngеntsirkulning vаzifаsi, tuzilishi vа fоydаlаnish tаrtibini o’rgаtishgа оid dаrs mаtеriаllаrini tаhlil qilish;
-мetall va unga ishlov berish texnologiyasi yo'nalishi bo'yicha mavzularni o'qitishga oid uslubiy mulohazalar berish;
-o'lchash va rejalash asboblarini o'rgatishga oid namunaviy dars rejasini ishlab chiqish.

1 BOB. Umumiy o'rta ta’lim maktablarida mehnat ta’limidan Metallga ishlov berish texnologiyasiga oid mavzularga taaluqli dars materiallarining pedagogik , uslubiy va psixologik tahlili


1.1. Metallga qo'lda ishlov berishda ishlatiladigan asbob - uskunalarga oid mavzularga taalluqli dars materiallari tahlili


Umumiy o'rta ta’limning DTS da ko'rsatib o'tilgan metallga ishlov berish texnologiyasi bo'yicha o'quvchilar bilishi lozim bo'lgan minimal ko'nikma va malakalar jumlasiga quyidagilarga alohida to'xtalib o'tiladi:


-texnika va texnologiyaning xalq xo'jaligidagi ahamiyati, ishlab chiqarishda bajaradigan vazifalariga ko'ra mashinalarning tasnifi, konstruksion material (metallar, yog'och, plastmassalar) to'g'risida boshlang'ich bilimlarga ega bo'lishlari;
-bu materiallarning qayta ishlash texnologiyasi, sanoat ishlab chiqarishida tubdan o'zgartirish kiritgan yangi texnologiyalar to'g'risida;
- yangi mahsulotnt konstruksion va texnik badiiy loyihalashning umumiy prinsiplarini hamda dizayn talalblari asosida qayta loyihalanishni;
-mehnat qonunchiligi va xavfsizligi, sanitariya -gigena qoidalari;
-yog'och va metallga chizma, eskiz va texnologik xaritalar yordamida mexanik ishlov berish, ish uchun zarur bo'lgan moslama va asboblarni tanlash va hakoza.
Shuning uchun ayni metall va unga ishlov berish texnologiyasini tayanch maktablarida o'quvchilarga o'rgatish - o'qitish uchun ma’lum soatlar ajratilgan. Bitiruv ishi maqsadidan kelib chiqib , mulohaza yuritadiga bo'lsam, DTS va maktab dasturlarida 6 - sinfda Metall va unga ishlov berish tехnоlоgiyasi bo'yicha:

Download 2.25 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 2.25 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston rеspublikаsi хаlq tа'limi vаzirligi

Download 2.25 Mb.