|
Kompensatsiya to‘lovchi subyektlarning kompensatsiya to‘lovlari bo‘yicha huquq va majburiyatlari
|
bet | 4/6 | Sana | 24.11.2023 | Hajmi | 22,32 Kb. | | #104707 |
Bog'liq 17-MAVZU 22.3 Kompensatsiya to‘lovchi subyektlarning kompensatsiya to‘lovlari bo‘yicha huquq va majburiyatlari.
O‘zbekiston Respublikasida atrof – muhitni ifloslantirganlik uchun kompensatsiya to‘lovchi subyektlar quyidagi huquqlarga ega:
Ekologiya va atrof – muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi yoki uning hududiy boshqarmalaridan kompensatsiya to‘lovlarini hisoblash va to‘lash masalalari bo‘yicha bepul zarur maslahat va metodik yordam olish;
ortiqcha to‘langan kompensatsiya to‘lovlari yoki undirilgan penyalarni “O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risi”dagi (Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-apreldagi 202 - son) nizomga muvofiq kelgusi davr hisobiga o‘tkazish;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Ekologiya va atrof – muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari qarorlari, ularning mansabdor shaxslari harakatlari yuzasidan shikoyat qilish.
Kompensatsiya to‘lovchi subyektlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
Kompensatsiya to‘lovchi subyektlar quyidagilarga majbur:
kompensatsiya to‘lovlarini o‘z vaqtida hisoblash va to‘lash;
nizomga muvofiq kompensatsiya to‘lovlari hisob - kitobi summalarini Ekologiya va atrof – muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining hududiy organlariga kelishish uchun qog‘oz yoki elektron shaklda taqdim etish;
kompensatsiya to‘lovlari hisob - kitobi ma’lumotlarining haqqoniyligini ta’minlash, kompensatsiya to‘lovlarini hisob - kitob qilishda yo‘l qo‘yilgan xatolarni o‘z vaqtida bartaraf etish;
“O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risi”da Nizom talablariga rioya qilish.
Kompensatsiya to‘lovchi subyektlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Kompensatsiya to‘lovchi subyektlar qayta tashkil etilganda kompensatsiya to‘lovlari bo‘yicha huquq va majburiyatlar uning huquqiy vorisiga o‘tadi.
Atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini to‘lash to‘lovchilarni ushbu chiqindilarni tashlaganlik, oqovalarni oqizganlik va chiqindilarni joylashtirganlik tufayli yetkazilgan zararni to‘lash majburiyatidan ozod qilmaydi.
|
| |