9
|
Xizmat ko‘rsatayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalar
qishloq joylardagi mahallalar hududida maishiy xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasida 2006-2010 yillarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2006 yil 17 apreldagi PQ-325-sonli qarori bilan belgilangan, 5-ilovaga* muvofiq ro‘yxat bo‘yicha xizmat ko‘rsatayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun foyda solig‘i hamda yagona soliq to‘lovi bo‘yicha imtiyozlarning amal qilish muddati 2017 yilning 1 yanvarigacha uzaytirilsin.
Quyidagilar 2012 yilning II choragidan boshlab:
qishloq joylardagi mahallalar hududida maishiy xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar (sartaroshlar, tikuvchilar, poyafzal maishiy texnika ta’mirlash bo‘yicha ustalar va boshqalar) qat’iy belgilangan soliq to‘lashdan 3 yil muddatga;
qishloq joylarda yakka tartibda uy-joy qurilishi asosida barpo etilayotgan massivlarda tashkil qilinayotgan kirxonalar xizmatlarini ko‘rsatadigan mikrofirmalar, kichik korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tegishli ravishda yagona soliq to‘lovi hamda qat’iy belgilangan soliq to‘lovini to‘lashdan 5 yil muddatga ozod etilsin.
|
2017 yilning 1 yanvarigacha
5 yil muddatga
|
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining
10.05.2012 y.
|