O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirishning 2030 yilgacha Konsepsiyasining asosiy yo‘nalishlari




Download 211,27 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.05.2024
Hajmi211,27 Kb.
#244734
Bog'liq
1-topshiriq



O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirishning 
2030 yilgacha Konsepsiyasining asosiy yo‘nalishlari. 
Hozirgi kunda dunyoda ta'limning ahamiyati izchil oshib bormoqda, u 
nafaqat iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish va raqobatbardoshlikni oshirishning, 
balki butun jamiyatni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishning eng muhim 
omillaridan biriga aylandi. Aynan ta’lim sifati orqali millatning madaniyati, aql-
zakovati va ma’naviyati darajasi, milliy iqtisodiyot va fuqarolik jamiyatining 
holati, uning rivojlanish darajasi belgilanadi. Shu boisdan zamonaviy jamiyatda 
ta’limga oddiy insondan tortib butun millat va xalqning bugungi kuni va istiqbolini 
belgilovchi soha sifatida qarash mumkin. 
Jahon tajribasi ham dunyodagi rivojlangan davlatlarning yuksak taraqqiyot 
va turmush farovonligiga erishishi avvalo ta’lim va ilm-fanga qaratilgan ulkan 
e’tibor natijasida bo‘lganligini ko‘rsatadi. Ta'limning asosiy maqsadi o‘zgaruvchan 
dunyoda o‘z taqdirini o‘zi belgilashga qodir, ijodkorlik, rivojlangan mas’uliyat 
hissiga ega bo‘lgan barkamol shaxsni, yuqori malakali mutaxassislarni 
shakllantirishdan iboratdir. Ta’lim tizimi malakali ishchi kuchini shakllantirish va 
uning sifatini oshirish orqali mamlakatda barqaror yuqori iqtisodiy o‘sishni 
ta’minlaydi. Shu bilan birga, ta’lim tizimi va fan sohasi o‘rtasidagi bog‘liqlik 
fantexnika taraqqiyoti natijalari bo‘lgan innovatsiyalarni ishlab chiqarishga joriy 
qilish orqali iqtisodiy o‘sish sur’atlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ta’lim va fanning 
rivojlanishi natijasida bugungi kunga kelib “inson kapitali” dunyo milliy 
boyligining 64 foizini tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatkich rivojlangan mamlakatlarda 
70 foiz, o‘rta daromadli mamlakatlarda 58 foiz, past daromadli mamlakatlarda esa 
41 foizni tashkil etadi. Mustaqillik yillarida respublikamizda ta’lim va ilm-fanni 
rivojlantirishga katta ahamiyat berilib, yangi ta’lim texnologiyalari va o‘qitish 
uslublarini joriy etish orqali ta’lim sifatini oshirish, uni zamonaviy dunyo 
talablariga moslashtirishga qaratilgan islohotlar amalga oshirildi. Ayniqsa oxirgi 
yillarda ta’lim tizimini rivojlantirishga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan 
biri sifatida qaralmoqda. Mamlakatimizda ta’limga ajratiladigan mablag‘lar 


oshirildi, ilm-fan va innovatsiyalar rivoji uchun shart-sharoit yaratildi. Ta’lim 
tizimidagi islohotlar uchun davlat budjetidan xarajatlar so‘nggi 2018-2023-yillarda 
yilda 4,3 baravarga ko‘paytirildi. Ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotda ta’limning 
barcha turlari va bosqichlarining roli beqiyosdir. Shu bilan birga yuqori malakali 
mutaxassislarni tayyorlashda oliy ta’lim alohida ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik 
yillarida O‘zbekistonda oliy ta’lim va fan sohasini rivojlantirish borasida ham keng 
ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Oliy ta’lim tizimini ijtimoiy soha va 
iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, fan, ta’lim va ishlab 
chiqarishning 
mustahkam integratsiyasini ta’minlash asosida ta’lim sifatini yaxshilash, 
raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil 
etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida 2019-yilda ishlab chiqilgan 
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish 
konsepsiyasi” sohani rivojlantirishning strategic maqsadlari, ustuvor yo‘nalishlari, 
vazifalari, o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi bosqichlarini belgilash hamda 
sohaga oid dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asosbo‘lib 
xizmat qilmoqda. O‘tgan davr mobaynida fan va texnikaning barcha asosiy 
yo‘nalishlarinimqamrab oluvchi va xalqaro standartlarga asoslangan keng ko‘lamli 
ta’lim dasturlarini taklif etadigan yangi oliy ta’lim muassasalari tashkil etildi. 
1991-yilda O‘zbekistonda 54 ta oliy o‘quv yurti bo‘lib, ularda 200 mingga yaqin 
talaba tahsil olgan bo‘lsa, hozirga kelib, oliy ta’lim muassalari soni 213 taga yetdi, 
O‘zbekistonda 2023 yilda 7 ta yangi oliy ta’lim muassasasi faoliyati yo‘lga 
qo‘yilgan. Hozirda 213 ta oliygohda 1 mln 300 ming nafardan oshiq talaba tehsil 
olib, bu ko‘rsatkich orqali yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi 2022 
yilgi 38 foizdan 42 foizga oshgan. 
Respublikamizda 
oliy 
ta’lim 
tizimini 
rivojlantirishdagi 
asosiy 
muammolardan biri yoshlarning oliy ta’lim bilan qamrov darajasining pastligidir. 
Innovatsion taraqqiyotning muhim sharti esa oliy ma’lumotli, yuqori malakali 
mutaxassislar tayyorlash sonini oshirishdan iboratdir. Ma’lumotlarga ko‘ra, oliy 


ta’lim olish yoshidagi (18-22 yosh oralig‘i) aholi soni Rossiya Federatsiyasida 7 
mln. kishini, talabalar soni esa 5,3mln. kishini tashkil qiladi, ushbu ko‘rsatkichlar 
mos ravishda Ukrainada 2,6 mln. va 1,6 mln., Qozog‘istonda 1,1 mln. va 600 
ming, Qirg‘izistonda esa 530 ming va 225 ming kishini tashkil etdi. Rossiya, 
Ukraina va Qozog‘istonda oliy ta'lim olish yoshidagi kishilarning har uchtadan – 
ikkitasi, Qirg‘izistonda esa har ikkitadan – bittasi oliygoh talabasi bo‘lgan. 
O‘zbekistonda esa 2021-yilda oliy ta’lim olish yoshidagi aholi soni salkam 3 
million kishini, jami oliy ta’lim muassasalari soni 131 tani tashkil qilgan, talabalar 
soni esa 400 ming nafar atrofida bo‘lib, oliy ta’lim olish yoshidagi kishilarning 
o‘ntadan bittasigina oliy ta’lim muassasalarida tahsil olgan. Statistik 
ma’lumotlarga ko‘ra 2024-yilning 1 yanvar holatiga respublikamiz doimiy aholisi 
soni 36 million 799,8 ming kishini, shu jumladan, yoshlar (14-30 yosh) ning ulushi 
umumiy aholining 26,8 foizini yoki 9 million 654,4 ming kishini tashkil qiladi . 
Hozirgi davrda ham faoliyat ko‘rsatayotgan oliy ta’lim muassasalarining soni oliy 
ta’lim olish istagi bor barcha yoshlarimizni sifatli ta’lim bilan qamrab olish 
imkonini bermaydi. Bu muammoni bartaraf etish oliy ta’lim muassasalari sonini 
oshirish bilan bog‘liq. 
“2022—2026-yillarga 
mo‘ljallangan 
Yangi 
O‘zbekistonning 
taraqqiyot 
strategiyasi”da hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida ham oliy ta’lim tizimini 
isloh qilish borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish, umumiy o‘rta ta’lim 
maktablari va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini oliy ta’lim bilan qamrab olish 
darajasini oshirish ko‘zda tutilgan. Shu jumladan, 2026-yilga qadar yoshlarni oliy 
ta’lim bilan qamrab olish darajasini kamida 50 foizga, qabul ko‘rsatkichini esa 250 
Economics, management and digital innovation in education: modern trends and 
approaches” mingga yetkazish maqsad qilinmoqda. Natijada, oliy ta'lim olish 
istagida bo‘lgan minglab nyoshlarimiz Vatanmizda ta'lim olish imkoniyatiga ega 
bo‘lishadi. Respublikamizda oliy ta’lim qamrovining oshib borishida nodavlat va 
xususiy oliy ta’lim muassasalarining tashkil etilishi, shu jumladan xorijiy oliy 
ta’lim muassasalarining va ularning filiallarining ochilishi, mahalliy 
universitetlarda xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikdagi qo‘shma 


fakultetlarning tashkil etilishi ham muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Shu o‘rinda 
hozirgi kunda respublikamizda faoliyat yuritayotgan 213 ta oliy ta’lim 
muassasalarining 67 tasi nodavlat, 30 tasi esa xorijiy oliy ta’lim muassasalari 
ekanligini ta’kidlash zarur. Nodavlat va xorijiy oliy ta’lim muassasalari sonining 
oshib borishi nafaqat oliy ta’lim qamrov darajasining, balki shu bilan birga ta’lim 
sohasida sog‘lom raqobatni shakllantirish orqali tayyorlanadigan kadrlar sifatining 
ham oshib borishiga xizmat qiladi. Soha rivojlanishidagi muammolardan biri 
oliygohlarning mamlakat hududlari bo‘yicha notekis taqsimlanganligidir. Hozirgi 
kunda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasalarining yarmidan ko‘pi Toshkent 
shahrida joylashgan. Mintaqalar iqtisodiyotining yuqori malakali mutaxassislarga 
nisbatan tez o‘zgarib boruvchi talabini kadrlar tayyorlashning mavjud 
imkoniyatlari bilan muvofiqlashtirish maqsadida yangi davlat va nodavlat, 
jumladan xorijiy oliygohlar sonini doimiy oshirib borish bilan bir qatorda ularni 
poytaxtda emas, balki hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari va 
shartsharoitlaridan kelib chiqib tashkil etish maqsadga muvofiqdir. 
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida oliy ta’lim sifatini oshirish maqsadida 
2030-yilga qadar 30 ta oliy ta’lim muassasasining ta’lim dasturlarini xalqaro 
akkreditatsiyadan o‘tkazish, “Top-500”ga kiradigan xorijiy universitetlar bilan 
hamkorlikda kamida 50 ta qo‘shma ta’lim bndasturi asosida “ikki diplomli tizim”ni 
joriy etish, 10 ta oliy ta’lim muassasasini dunyoning eng nufuzli “Top-1 000” oliy 
ta’lim tashkilotlari reytingiga kiritishga erishish, Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy 
tadqiqotlar natijadorligini oshirish va ilmiy salohiyatni 70 foizga yetkazish 
maqsadli ko‘rsatkichlari belgilangan. Oliy ta’lim muassasalari tashkiliy-boshqaruv 
faoliyatini ztakomillashtirish, ularning moddiy-texnik ta’minotini mustahkamlash 
borasida ham keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirish, jumladan, kutubxonalarni 
kamida 1 million ta zamonaviy adabiyotlar bilan to‘ldirish va kutubxona fondini 
to‘liq raqamlashtirish ko‘zda tutilgan. 
Rivojlanga mamlakatlarda ko‘pchilik universitetlar yirik ilmiy markazlarga 
aylanib, ko‘plab sanoat va ilmiy tashkilotlarni birlashtirgan. AQSh innovatsion 


infratuzilmasining asosini tadqiqot institutlari tashkil qiladi. Ular mamlakatning 
ilmiy va amaliy tadqiqotlaridagi aksariyat tadqiqotlarini jamlagan. Ilm-fan va 
ta’lim muassasalari ular negizida texnoparklar tashkil etish orqali hududlarni 
rivojlantirishda qudratli kuch vazifasini o‘taydi. Respublikamizda ham 
iqtisodiyotning eng tez o‘sib borayotgan yo‘nalishlarida amaliy tadqiqotlarni 
kuchaytirish, “korxona - oliygoh - ilmiy tashkilot” klaster tizimini joriy etish 
maqsadlari qo‘yilgan. Bu borada amaliy tadqiqotlarga Davlat budjetidan 4 trillion 
so‘m mablag‘ yo‘naltirish, iqtisodiyot tarmoqlarining “drayver” yo‘nalishlarida 
850 turdagi innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish, transport va logistika, 
qishloq xo‘jaligida hosildorlik, energetika, biotexnologiya, geologiya va metallni 
qayta ishlash, mashinasozlik va elektronika yo‘nalishlarida 8 ta ilmiy ishlab-
chiqarish klasterini tashkil etish ko‘zda tutilgan. Yuqoridagi fikr-mulohazalarni 
umumlashtirib, sifatli oliy ta’lim butun jamiyat va har bir inson istiqbolining, 
kelajakdagi farovon hayotining garovidir degan xulosaga kelish mumkin. Hozirgi 
kunda dunyodagi taraqqiy etgan mamlakatlardagi kabi O‘zbekistonda ham oliy 
ta’limni rivojlantirishga va uning sifatini oshirishga davlat siyosatining ustuvor 
yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. Respublikamizda ta’limning xalqaro 
standartlari talablariga hamda milliy iqtisodiyotimiz va ijtimoiy sohani 
rivojlantirishning ustuvor yo ‘nalishlariga mos keladigan oliy ta’lim tizimini 
shakllantirishga qaratilgan tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Oxirgi yetti yil 
mobaynida oliy ta’limning qamrov darajasi 9 foizdan 42 foizga oshdi. Oliy ta’lim 
tizimini isloh qilish doirasida xalqaro standartlarga asoslangan yangi ta’lim 
dasturlarini, shuningdek, mehnat bozorida talab qilinadigan kompetensiyalarni 
shakllantirishga qaratilgan yangi ta’lim texnologiyalari va o‘qitish uslublarini joriy 
etish, oliy ta’lim muassasalarining xorijiy universitetlar va ilmiy markazlar bilan 
ham faol hamkorligini yo‘lga qo‘yish ham dolzarb vazifalar hisoblanadi. 

Download 211,27 Kb.




Download 211,27 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirishning 2030 yilgacha Konsepsiyasining asosiy yo‘nalishlari

Download 211,27 Kb.
Pdf ko'rish