|
-bob. Bosh mutaxassisning lavozim majburiyatlariBog'liq lavozim yoʻriqnomalari2-bob. Bosh mutaxassisning lavozim majburiyatlari
4. Bosh mutaxassis quyidagilarni amalga oshiradi:
Vazirlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga
oshirishga qaratilgan ichki idoraviy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va tasdiqlash
uchun Vazirlikning
Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazoratni amalga oshirish
boʻyicha boshqarmasi
ga kiritadi;
Boshqarmaning faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va ichki idoraviy hujjatlarda
aniqlangan korrupsiyaviy normalarni bartaraf qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
Vazirlik tomonidan ishlab chiqiladigan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha chora-
tadbirlar loyihalarini tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatiga mosligi, maqbulligi va
dolzarbligi nuqtai nazaridan baholaydi va xulosalar beradi;
Boshqarmada korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini yanada samarali tashkil etish va
takomillashtirishga qaratilgan aniq takliflarni Vazirlikning
Korrupsiyaga qarshi kurashish
komplayens nazoratni amalga oshirish boʻyicha boshqarmasi
ga kiritib boradi;
Boshqarmada korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholaydi, ularning natijalari boʻyicha
aniqlangan xavf-xatarlarni kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqadi va
korrupsiyaviy xavf-xatari yuqori boʻlgan lavozimlar roʻyxatini yaratadi;
Tizimda oʻxshash huquqbuzarliklar sodir etilishi ehtimolini baholash maqsadida davlat
hokimiyatining boshqa organlarida korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilishining holati va
yoʻnalishlari haqida maʼlumot toʻplaydi;
maxsus axborot aloqa kanallari orqali boshqarma xodimlari tomonidan korrupsiyaviy
xavf-xatarlar va huquqbuzarliklar haqida kelib tushadigan murojaatlarni tahlil qiladi va ularni
belgilangan tartibda koʻrib chiqilishini taʼminlaydi;
Boshqarmada yuritiladigan xizmat tekshiruvlari reestri yoki oʻtkazilgan xizmat
tekshiruvlarini roʻyxatga oladigan boshqa tegishli hujjatda korrupsiya faktlariga doir xizmat
tekshiruvlari boʻyicha maʼlumotlarning toʻgʻri va toʻliq aks ettirib borilishini nazorat qiladi;
davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar toʻqnashuvini tahlil qilishda va Vazirlik
bilan shartnomaviy munosabatlarga (mehnat munosabatlari bundan mustasno) kirishgan har
qanday yuridik yoki jismoniy shaxslarning ishonchliligini tekshirish jarayonida ishtirok etadi;
Boshqarma va tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi xodimlariga korrupsiyaga
qarshi kurashish masalalari boʻyicha tushuntirish va tavsiyalar beradi;
korrupsiya faktlari haqida xabar berishga moʻljallangan maxsus axborot aloqa
kanallarining faoliyat natijalarini tahlil qiladi va tahliliy materiallarni Vazirlikning
|
| |