10
o’tishning qandaydir eslatilgan algoritmik tili modifikatsiyasi yordamida realizatsiya
qilish nunkin. Modifikatsiya daraxtdan o’tishning qurilishigabog’liq bo’ladi[8].
Rekursiyalarning ijro etilish imkoniyat imavjud bo’lsa, bunday o’tishni rekursiv
protsedura yordamida yozish mumkin.
Mantiqiy ifodalarni qiymatini hisoblashda ularning yozuvidagi qavslardan
qutulish va amallar ketma-ketligini hisoblashda ularning imtiyoziga rioya qilish uchun
uni teskari polyakcha yozuvini (T.P.Y) hosil qilish lozim. Bunda, inkor amalining
imtiyozi 4, konyunksiyaniki 3, dizyunksiyaniki 2, qolgan amallarniniki 1 va ochilgan
qavsniki 0 deb qabul qilinadi.
T.P.Y ga o’tgan ifodalar qiymatini ketma-ket chapdan o’nga tomon hisoblash
mumkin.Mantiqiy ifodani T.P.Y ga almashtirishning ikkita eng ko’p uchraydigan usuli
mavjud.