-mavzu. Materiallar qarshiligi. Asosiy tushunchalar va ta’rifi. Deformatsiyalar. Siljish. Buralish. Egilish. Bo‘ylama egilish (2 soat amaliy, 2 soat laborotoriya)




Download 0.52 Mb.
bet12/25
Sana24.07.2023
Hajmi0.52 Mb.
#77239
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
Bog'liq
1.04. .Modul O‘.U.M.
Ergashev , 7 sinflar-uchun-oylik-testlar, 7-1, 7-1matematika, 7-algebra, paygambarlar tarixi 1 ziyouz com, Arxivlangan fayl, Emotsional holatlar Qurbonova Iroda(PSIXOLOGIYA), Transport masalasi, 2, Mustaqil ish115, oneID, Loyhalashtirish, Taqdimot (4), Loyhalashtirish kitob
6-mavzu. Materiallar qarshiligi. Asosiy tushunchalar va ta’rifi. Deformatsiyalar. Siljish. Buralish. Egilish. Bo‘ylama egilish (2 soat amaliy, 2 soat laborotoriya)
Materiallar qarshiligi fanining mohiyati nimadan iborat,-degan keng qamrovli savolga javob berishdan ilgari, materiallar qarshiligi deganda o‘zi nima tushuniladi, degan oddiy savolga javob berib o‘tsak.
Material - mashina va inshootlarning turli qismlarini va elementlarini ishlashda qo‘llaniladigan po‘lat, cho‘yan, alumin, plastmassa, tosh, yog‘och, beton kabi ashyodir.
Agar materialga tashqi kuch ta’sir ettirilsa, u ma’lum darajada tashqi kuchlarga qarshilik ko‘rsatadi. Po‘lat yoki yog'och chizg‘ichni ikki uchidan ushlab asta eging, so‘ng asta bo‘shating. Kuch qo‘ysangiz, chizg‘ich egiladi, kuchni olsangiz, chizg'ich dastlabki holatiga qaytadi. Chizg‘ichni ega bosh-Iashingiz bilan qoiingizga allaqanday kuch qarshilik qilayotganini his etasiz. Xuddi o‘sha kuch materialning ichki kuch deb atalmish, qarshilik kuchidir.
Fizikadan ma’lumki, qattiq jismlar (materiallar) atom va molekula deb atalgan, mayda zarrachalardan tashkil topadi. Bu zarrachalar o‘zaro ta‘sir kuchlari tufayli sochilib ketmay, yaxlit holatda turadi. Boshlang‘ich ichki kuchlar deb ataluvchi bunday kuchlar qattiq jismga tashqi kuch qo‘yilmaganda ham mavjud boMaveradi. Ammo qattiq jismga tashqi kuch qo'yilsa, qo‘shimcha ichki kuchlar paydo bo‘ladi. Materiallarning qarshilik ko‘rsatish qobiliyati ana shu qo‘shimcha ichki kuchlarga bog‘liq. Mashina va inshoot qismlarining mustahkamligi masalasi asosan, tashqi va ichki kuch­ lar orasidagi munosabatlarga bog‘liq bo’lganligi sababli kursimiz davomida bu mavzuga hali ko‘p marta qaytamiz.
Yuqorida chizg‘ich misolida egilish deformatsiyasini ko‘rib o‘tdik". Qattiq jismlar tashqi kuchlarning qo‘yilishiga qarab cho ‘zilishi, siqilishi, burali-shi va siljishi mumkin. Deformatsiya qanday boMishidan qat’iy nazar ma-terialda bunga qarshilik ko‘rsatuvchi kuchlar paydo bo‘laveradi. Bunday kuchlarni ba’zan elastik kuchlar deb ham yuritiladi.
Agar materialga ta’sir etuvchi tashqi kuchlarning miqdori ortsa, bunga mos ravishda ichki kuchlarning ham miqdori ortadi. Ammo detal yoki elementlarning geometrik olchamlari va materialning xiliga qarab ichki kuch­lar miqdorining ortib borishi ma’lum chegaraga ega. Tashqi kuchlar qiymati materialning yuk ko‘tarish qobiliyati chegarasiga yetganda material yemiriladi (sinadi). Tashqi kuchlar bilan ichki kuchlar muvozanati buziladi. Sodda qilib aytganda, m aterial ko‘targancha ko'taradi, ortiqchasini ko‘tara olmaydi.
Ana shulardan kelib chiqib, materiallar qarshiligi fanining maqsad va vazifalariga o‘tsak bo‘ladi. Materiallar qarshiligi fani inshoot va mashina qism lariga ta’sir etuvchi turli tashqi kuchlar bilan konstruksiya detallarining geometrik olchamlari hamda ichki elastik kuchlar va deformatsiyalar orasidagi matematik bog‘lanishlarini aniqlaydi. Ana shunday tenglamalar yordamida loyihalanayotgan konstruksiya detallarining kerakli olchamlari belgilanadi. Shu yoki bilan konstruksiya va uning detallarining mustahkamligi masalasi hal etiladi.
Mamlakatlamizning siyosiy tuzumi qanday bolishidan qat’iy nazar, mashina va inshootlarning iqtisodiy jihatdan tejam kor bolishiga hamma vaqt birinchi darajali ahamiyat berib kelingan. Loyihalanayotgan mashina yoki inshootning arzon va ayni bir paytda mustahkam bo‘lishi talab etilgan. Biroq bu o‘zaro qarama-qarshi tushunchalar bo'lib , arzonlashtirish mustahkamlikning pasayishiga, mustahkamlikni oshirish esa obyektning qimmatlashuviga olib keladi. Muhandisning vazifasi har ikkalasini «kelishtirib», optimal yechimini topishdan iborat.

Download 0.52 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Download 0.52 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-mavzu. Materiallar qarshiligi. Asosiy tushunchalar va ta’rifi. Deformatsiyalar. Siljish. Buralish. Egilish. Bo‘ylama egilish (2 soat amaliy, 2 soat laborotoriya)

Download 0.52 Mb.